2-mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi. Reja


Download 23.84 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi23.84 Kb.
#1474296
Bog'liq
2.Tovar-moddiy zaxiralar hisobi


2-mavzu: Tovar-moddiy zaxiralar hisobi.
Reja:
1. Tovar moddiy zaxiralar nima?
2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi
3. Sof sotish qiymati

1. Tovar moddiy zaxiralar nima?
Tovar-moddiy zaxiralar mahsulotlar va tovarlarning zaxiralarini anglatadi. Ishlab chiqarish faoliyatida, bu odatda xom ashyo, qisman tayyor mahsulotlar (tugallanmagan ishlab chiqarish) va xaridorlarga sotilishi kutilayotgan tayyor mahsulotlardan iborat boʼladi. Chakana savdo yoki ulgurji savdo faoloyatida tovar-moddiy zaxiralar asosan qayta sotish uchun sotib olingan tovarlarning zaxiralarini oʼz ichiga oladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning qiymati umumlashgan daromadlar toʼgʼrisidagi hisobotda koʼrsatiladigan sotish tannarxiga taʼsir qiladi va shu orqali foydaga bevosita taʼsir qiladi.
Bundan tashqari, tovar-moddiy zaxiralarning qiymati koʼpincha salmoqli ahamiyatga ega, shuning uchun ularni baholashdagi kichik xato ham foydani jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.
IAS 2 ta’kidlashicha, TMZlar bu quyidagi aktivlardir:

  1. Odatdagi faoliyat doirasida sotish uchun moʼljallangan

  2. Bunday sotuv uchun ishlab chiqarish jarayonida boʼlgan

  3. Ishlab chiqarish jarayonida yoki xizmatlar koʼrsatilishida foydalanilishi koʼzlangan xomashyo va materiallar koʼrinishidagi aktivlar.

TMZlarning tovarlar, xomashyolar, materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot turlari mavjud.
TMZlar tannarx yoki sof sotish qiymatidan kamrog’i bilan baholanadi.

2. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi
Tovar-moddiy zaxiralar tannarxini quyidagilar tashkil qiladi:

  • Xarid qilish xarajatlari;

  • Qayta ishlash xarajatlari;

  • Boshqa xarajatlar.

Xarid qilish xarajatlariga xarid qilish narxi, import bojlari va boshqa qaytarilmaydigan soliqlar, tayyor maxsulotlar, xizmatlar va materiallarni bevosita olish bilan bog‘liq xarajatlar (tashish va ortish) kiradi, ular savdo chegirmalari va shu kabilar qiymatiga kamaytiriladi.
Qayta ishlash xarajatlariga Bevosita xarajatlar (bevosita material va xomashyo hamda bevosita ish haqi xarajatlari) va Sistematik tarzda taqsimlanadigan
doimiy va o‘zgaruvchan ustama xarajatlar (o‘zgaruvchan ustama xarajatlar va o‘zgarmas ustama xarajatlar) dan tashkil topadi.
O‘zgaruvchan ustama xarajatlar deganda o‘zgaruvchan ustama ishlab chiqarish xarajatlarini haqiqatda foydalanganiga qarab taqsimlash tushuniladi. O‘zgarmas ustama ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarish ob’ektlarining normal quvvatiga qarab taqsimlash zarur.
3. Sof sotish qiymati
Sof sotish qiymati quyidagicha aniqlanadi:
SSQ = Kutilayotgan sotish qiymati - Ishlatiladigan holatga keltirish xarajatlari - Sotish bo‘yicha kutilayotgan xarajatlar
SSQni qanday baholash kerak?
- har bir birlik bo‘yicha. Lekin o‘hshash birliklar guruxlanishi mumkin.
- Sotish narxini belgilayotgan vaktda
- TMZ nima maqsadda ushlab turilgan (shartnoma bo‘yicha yoki umumiy sharoitda)
- har hisobot davri oxiriga qayta ko‘rib chiqish
- hisobdan chiqarish summasini tiklash
Tayanch iboralar
Tovar, tayyor mahsulot, material va xomashyolar, tugalanmagan ishlab chiqarish, sof sotish qiymati, chakana savdo, ulgurji savdo, qayta sotish, qiymat, narx, umumlashgan daromad, odatdagi faoliyat, biologic aktivlar, moliyaviy instrumentlar, qishloq xo’jaligi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar

  1. Tovar-moddiy zaxiralarning mazmuni nimadan iborat?

  2. Tayyor mahsulot va tovarning korxonalarda farqi nima?

  3. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxi qanday aniqlanadi?

  4. Sof sotish qiymati nima?

  5. TMZlarni sotib olishga ularning tannarxiga qanday xarajatlar kiritiladi?



Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (List of used literature)

  1. Bakieva X., Rizaev N. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: Iqtisod-moliya, 2008 y.

  2. Джамбакиева Г. Финансовый учет. Учебное пособие. -T.: “Iqtisod-moliya”, 2012 г.

  3. Jalolova D. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari - T.: Moliya instituti, 2004. - 25 b

  4. Buxgalterskiy uchet po mejdunarodnыm standartam finansovoy otchetnosti. Ucheb. pos. I, II tom/ - T.: “ILM FAN RIVOJ”, 2015.-278 s.

  5. www.mf.uz – Moliya Vazirligi (Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari)

  6. Сотволдиев А.С. Финансовый и управленческий учет. Учебник. -T.: “Iqtisod-moliya”, 2012 г.

Download 23.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling