Тоҳир Маликов


Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

5.4. Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar 
 


140 
5-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish 
chiqimlari, foydasi va rentabelligi 
5.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari: 
mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va 
samaradorligini baholash 
 

“Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” 
tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari 
nimalardan iborat? 

Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab necha guruhga bo‘lish 
mumkin va ular qanday nomlanadi? 

Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar qanday xarajatlarni o‘z ichiga 
oladi? 

Aniq bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan, 
qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari nimalardan iborat? 

XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi qanday 
ta’rif berish mumkin?

“Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasidan qanday farq-
lanadi?

XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga bog‘liq 
ravishda xarajatlar qanday guruhlarga bo‘linadi? 

Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar 
tarkibiga, odatda, nimalar kiritiladi? 

Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
qanday klassifikatsiya qilinishi mumkin? 

XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo‘lgan 
ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga nimalar kiradi? 

Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning qanday belgilar 
bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi? 

Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlarga 
klassifikatsiya qilinadi va ularning mazmuni nimalardan iborat?

Iqtisodiy elementlariga ko‘ra xarajatlarni qanday guruhlarga 
bo‘lish mumkin va ularning tarkibiga nimalar kiradi? 

Kalkulatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar nimalarga bo‘-linishi 
mumkin? 

To‘g‘ri xarajatlar va egri xarajatlarning o‘ziga xos bo‘lgan 
xususiyatlari nimalardan iborat? 


141 

Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar 
qanday xarajatlarga bo‘linadi? 

Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo‘llari mavjud? 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling