2
Malikov T.S. Moliya: xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
(o‘quv
qo‘llanma) / Toshkent moliya instituti. – Toshkent, 2010. – 276 bet.
Iqtisod fanlari doktori, professor A.V.Vahobovning
umumiy tahriri ostida
O‘quv qo‘llanma “Moliya” fani dasturi asosida yozilgan bo‘lib,
unda xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi
davlat moliyaviy salo-
hiyatining asosi, xo‘jalik yurituvchi subyekt XYuSlarni moliyaviy isloh
qilish, ularning moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy
aylanishining moliyaviy jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish-
lab chiqarish xarajatlari, foydasi va rentabelligi, xo‘jalik yurituvchi sub-
yekt marketing strategiyasining moliyaviy yo‘nalishlari,
ishlab chiqa-
rishni modernizatsiya qilish va yangilash investitsion
dasturlarini mo-
liyalashtirish, XYuSlarning moliyaviy barqarorligi kabi masalalar o‘z
aksini topgan. Ularning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri tushunish hamda tez
va oson o‘zlashtirib olish maqsadida qo‘llanmada o‘ziga xos bo‘lgan ju-
da ko‘plab turli chizmalar keltirilgan. Har bir
bobning oxirida keltiril-
gan bahs-munozara yoki nazorat shaklidagi
savollar ham xuddi shu
maqsadlar uchun xizmat qiladi.
Qo‘llanma talabalar, magistrantlar, aspirantlar, iqtisodiy yo‘nalish-
dagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari,
mamlakatning
moliya tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi
mutaxassislar va
XYuSlar moliyasi muammolari bilan qiziquvchi
barcha kitobxonlarga
mo‘ljallangan.
Toshkent Moliya institutining uslubiy
kengashi qaroriga muvofiq
o‘quv qo‘llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan (2009-yil 16-apreldagi
3-sonli kengash qarori).
Taqrizchilar: – i.f.d., prof. N.H.Haydarov
– i.f.d., prof. O.K.Iminov
ISBN 978-9943-13-131-6
©
“IQTISOD-MOLIYA”, 2010