Тоҳир Маликов


Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodi


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodida 
XyuSning tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish haqiqiy xara-
jatlari asosiy tayanch nuqta sifatida qabul qilinadi. Baholarni shakllanti-
rishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi va eng ishonchli hisob-
lanadi. Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya 
qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan xarajat-
laridan iborat bo‘lgan haqiqiy kategoriya yotadi. Ma’lum darajada bun-
day yondashuvning obro‘si baholarni shakllantirishni barcha xarajatlarga 
normal daromadlarni to‘liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar 
o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda 
tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali qo‘llab-quvvatlanishi bilan belgilana-
di. Biroq baholarni shakllantirishning xarajatli metodi ba’zi bir kam-
chiliklarga ega. Xususan, ko‘p hollarda mahsulot birligiga to‘g‘ri keluv-
chi xarajatlarning salmog‘ini, bu narsa ushbu yondashuvga ko‘ra baho-
ning asosi bo‘lishiga qaramasdan, baho o‘rnatilgunga qadar uni aniq-
lashning iloji yo‘q. 
Mahsulotni bozorda realizatsiya qilishni tashkil etishdagi bahoning 
darajasini ishlab chiqarish masshtabi va sotish hajmi aniqlab beradi. 


175 
Iqtisodiy nazariya va buxgalteriya hisobiga ko‘ra, mahsulot birligini 
ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning salmog‘i ishlab chiqarish mas-
shtabiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi 
ortsa, bir buyumga to‘g‘ri keluvchi doimiy xarajatlar summasi va uni 
ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy miqdori kamayadi. 
Baholarni shakllantirishga yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosani 
chiqarishga imkon beradi: savodli menejer, bu sohadagi uning qarori 
haqiqiy xarajatlarni qoplash va faoliyatning tarkib topgan sharoitlarida 
ko‘zda tutilgan foydaning tegishli o‘lchamini olishning zarurligi bilan 
belgilangan bir paytda, baholarni shakllantirishning passiv yo‘liga tur-
masligi kerak. Bu yerda passiv baholarni shakllantirish deyilganda 
baholarni qat’iy tarzda xarajatlar metodi asosida yoki raqobatchilarning 
bahoviy qarorlari ta’siri ostida o‘rnatilishi nazarda tutilayapti. 
Hozirgi sharoitda baholarni shakllantirishdagi eng oqilona yonda-
shuvlardan biri baholarni faol shakllantirish hisoblanadi. U realizatsiyani 
boshqarish siyosati doirasida eng foydali ishlab chiqarish hajmi, ishlab 
chiqarishning o‘rtacha xarajatlari va operatsiyalar foydaliligining maq-
sadli darajasiga erishish maqsadida baholarning o‘rnatilishini ko‘zda 
tutadi. Baholarni boshqarish orqali realizatsiyaning kerakli hajmi va 
unga mos keladigan o‘rtacha xarajatlarning miqdoriga erishiladiki, bu 
narsa oxir-oqibatda, XYuSni operatsiyalar foydaliligining ko‘zda tutil-
gan darajasiga olib chiqadi. 
Muammoni hal etishga bunday yondashuv baholarni shakllantirish 
xarajatli metodining “kasal” joyidan – “kuchsiz” bozorlarda (konyun-
kturasi yomonlashib borayotgan bozorlarda) juda yuqori baholarni yoki 
“kuchli” bozorlarda (talab o‘sib borayotgan bozorlarda) juda past baho-
larni o‘rnatishdan – qochishga imkon beradi. 
Baholarni shakllantirishning xarajatli metodidan voz kechish oson 
ish emas. Chunki bu narsa XYuSlarning menejerlaridan yangi mahsu-
lotni ishlab chiqarishga investitsiyalar boshlangunga qadar baho bo‘yi-
cha ularning pozitsiyalarini aniqlashni taqozo etadi. Buning uchun yangi 
buyumlarni yaratish algoritmini to‘liq o‘zgartirish, baholarni shakllanti-
rishning qimmat yondashuviga o‘tish kerak. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling