Tok kuchi. Kuchlanish, eyuk, om va joul-lens qonunlari. Tokning ishi va quvvati tarmoqlangan zanjirlar. Kirxgoff qonunlari. Turli muhitlarda elektr toki.”


Download 318.67 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2020
Hajmi318.67 Kb.
#143332
  1   2
Bog'liq
M-102 ochiq dars - 2 semestr EFTB



NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
“Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” kafedrasi

o‘qituvchisi E.B.Xujanovning

“Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi”

ta’lim yo‘nalishining 1-kurs 102 - guruh talabalari bilan


TOK KUCHI. KUCHLANISH, EYUK, OM VA JOUL-LENS QONUNLARI. TOKNING ISHI VA QUVVATI TARMOQLANGAN ZANJIRLAR. KIRXGOFF QONUNLARI. TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI.”

mavzusidagi



ochiq dars materiallari


Toshkent-2018

E ‘ L O N
2018-yil 28-fevral soat 12-20 (1-smena,3-juftlik) da Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
Xujanov Erkin Berdiyevich

“Fizika va astronomiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo’nalishi 1-kurs 102- guruh talabalari bilan


TOK KUCHI. KUCHLANISH, EYUK, OM VA JOUL-LENS QONUNLARI. TOKNING ISHI VA QUVVATI TARMOQLANGAN ZANJIRLAR. KIRXGOFF QONUNLARI. TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI”
mavzusida 3-10-xonada ochiq mashg‘ulot o‘tkazadi.
Ochiq darsga barcha xoxlovchilar va professor-o‘qituvchilar taklif etiladi
Mavzu:

TOK KUCHI. KUCHLANISH, EYUK, OM VA JOUL-LENS QONUNLARI. TOKNING ISHI VA QUVVATI TARMOQLANGAN ZANJIRLAR. KIRXGOFF QONUNLARI. TURLI MUHITLARDA ELEKTR TOKI

Doimiy tok qonunlari
1. Seminar mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi


Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 18 nafar


O’quv mashg’ulotining shakli

Axborot vizual ma’ruza, muammoli vaziyatlarni yechish


Ma’ruza mashg’ulotining rejasi

  1. Tok zichligi va tok kuchi tushunchalari. Ularning birliklari

  2. Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni

  3. O’tkazgichning qarshiligi

  4. Joul – Lens qonuni

  5. Om va Joul – Lens qonunlarining differensial shakllari

  6. Doimiy tok zanjiridagi ish va quvvat

O’quv mashg’ulotining maqsadi: Doimiy tok qonunlari bo’yicha bilimlarni shakllantirish va shu sohaga doir masalalar yechish malakalarini shakllantirish

Pedagogik vazifalar:


  1. Tok zichligi va tok kuchi tushunchalarini kiritadi.

  2. Om qonuni kashf etilishi tarixi bilan tanishtiradi

  3. Om qonuni va undan kelib chiqadigan xulosalar haqida ma’lumot beradi

  4. Joul – Lens qonuni va uning differensial shakli haqida ma’lumot beradi.

  5. Tok zanjiridagi ish va quvvat haqida ma’lumot beradi.

O’quv faoliyatining natijalari.

Talaba:


  1. Tok zichligi va tok kuchi haqida, ularni bog’lanishi va birliklari haqida ma’lumot oladi.

  2. Om qonuni kashf etilishi haqida ma’lumot oladi.

  3. Om qonunining matematik ifodasi va undan kelib chiqadigan hullosalarni o’zlashtiradi. Qarshilikni o’tkazgich geometrik shaklidan tashqari material turi va temperaturaga bog’liqligini o’rganadi.

  4. Joul – Lens qonuni, elektr zanjiridagi ish va quvvat haqida bilimlarni egallaydi.

  5. Olgan bilimlarini maktab va kollejlarda o’qitishi kerakligini biladi.

O’qitish uslubi va texnikasi

Ma’ruza, muammoli holatlarni yechish, grafik organayzer: klaster, konseptual jadval.

O’qitish vositalari

Proyektor, tarqatma material, grafik organayzerlar.

O’qitish shakli

Individual, frontal, umumjamoa

O’qitish shart-sharoiti

Proyektor va kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya


2. Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi



Bosqichlar,

vaqti



Faoliyat mazmuni


O’qituvchi

Talaba


1-bosqich.

kirish (5 min.)





1.1. Mavzu, maqsad va rejalashtirilgan o’quv natijalarini e’lon qiladi.

1.2. Reja va muammoli holatlarni ifodalovchi savollarni ekranga chiqaradi.




1.1. Eshitadilar, yozib oladilar.

1.2. E’tibor

beradilar.


2-bosqich.

Bilimlarni

faollashtirish

(10 min.)




2.1. Asosiy kategoriya va tushunchalarni va ma’ruza ohirida yechiladigan masalalarni namoyish qiladi.

2.2. O’quv faoliyatini baholash mezonlari ma’lum qilinadi.



2.1. Aniqlik

kiritadilar.

Savollar beradilar

2.2.Baholash mezonlari bilan tanishadilar



3-bosqich.

Asosiy


(55 min.)


3.1. Quyidagi savolni o’rtaga tashlaydi:

Aytingchi, o’tkazgichdan o’tadigan tok kuchi nimalarga bog’liq bo’lishi mumkin ?

3.2. Om qonunining mazmuni va undan kelib chiqadigan hullosalar bilan tanishtiradi. Qonunning differensial shakli bilan tanishtiradi. Qarshilikni o’tkazgich turi, shakli va temperaturaga bog’liqligini bayon etadi.

3.3. Murakkab zanjirlarni qarshiligini hisoblash haqida tavsiyalar beradi.

3.4. Zanjirlardagi elektr tokini ishi va quvvati haqida bilimlarni yoritadi.


3.1. Guruhlash mezonini

tushuntiradilar.

3.2. Om qonunini mazmuni va undan chiqqan hullosalar bilan tanishadilar. Qarshilikni nimalarga bog’liqligini o’rganadilar.

3.3. Murakkab zanjir qarshiligini hisoblash bo’yicha tavsiyalarni o’zlashtiraldilar

3.4.Elektr tokining ishi va quvvati qonunlarini o’zlashtiradilar


4-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)



4.1. Mavzuga xulosa yasaydi. O’quv jarayonida faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi.

4.2. Mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun savolarni beradi.



4.1. Eshitadi.

Aniqlashtiradi.

4.2. Topshiriqni yozib

oladilar.






Vizual materiallar
1-ilova.

Mavzu: Doimiy tok qonunlari

Reja:

1.

Tok zichligi va tok kuchi tushunchalari. ularning birliklari

2.

Zanjirning bir qismi uchun Om qonuni

3.

O’tkazgichning qarshiligi

4.

Joul – Lens qonuni

5.

Om va Joul – Lens qonunlarini differensial shakli

6.

Tok zanjiridagi ish va quvvat


Darsning maqsadi: Doimiy tok qonunlari bo’yicha bilimlarni shakllantirish va shu sohaga doir masalalar yechish malakalarini shakllantirish
O’quv faoliyatining natijalari:


1.

Tok zichligi va tok kuchi haqida, ularni bog’lanishi va birliklari haqida ma’lumot oladi.

2.

Om qonuni kashf etilishi haqida ma’lumot oladi.

3.

Om qonunining matematik ifodasi va undan kelib chiqadigan hullosalarni o’zlashtiradi. Qarshilikni o’tkazgich geometrik shaklidan tashqari material turi va temperaturaga bog’liqligini o’rganadi.

4.

Joul – Lens qonuni, elektr zanjiridagi ish va quvvat haqida bilimlarni egallaydi. Olgan bilimlarini maktab va kollejlarda o’qitishi kerakligini biladi.



2-ilova
Elektr toki: Zaryadli zarralarning tartibli harakati – elektr toki deb ataladi. Tok kuchi elektr tokining asosiy xarakteristikasidir. Tok so‘zi rus tilidan kirib kelgan bo‘lib, oqim ma’nosiga ega. Biz tabiatdagi suvning, havoning oqimini (shamol) kuzatamiz. Zaryadli zarralarning oqimi ko‘zga ko‘rinmasa ham, o‘zining issiqlik, magnit va ko‘plab boshqa ta’sirlari bilan namoyon bo‘ladi. Qo‘zg‘almas zaryadlarga nisbatan harakatdagi zaryadlarning xossalari murakkab va qiziqarlidir. Ularni o‘rganib, inson talablariga bo‘ysindirish - fanning asosiy maqsadidir. Zamonaviy texnikadagi elektrni behisob qo‘llanishlari aynan elektr toki bilan bog‘liq.

Massa va tezlik ko‘paytmasi – impuls deb ataladi, va bu tushuncha mexanikada muhim axamiyatga ega. Elektr jarayonlarda zaryad va uning tezligining ko‘paytmasi ham shunday muhimdir. Birlik hajmdagi zaryadlarning harakatini xarakterlovchi tok zichligi tushunchasini quyidagicha ifodalaymiz:



. (1)

Yig‘indida faqat erkin zarralar hisobga olinadi. Erkin zarralar ham muhitdagi barcha zarralar kabi betartib issiqlik harakatida bo‘lgani uchun odatda bo‘ladi. Biron tashqi ta’sir tufayli tartibli harakatga kelgan zarralar uchungina noldan farqli tok zichligi vujudga keladi.

Tok zichligining birligi bo‘lib, vaqt birligida o‘ziga tik birlik yuzadan o‘tayotgan zaryadlar miqdorini, ya’ni birlik yuzaga to‘g‘ri keladigan tok kuchini bildiradi. Biron yuzadan o‘tayotgan elektr toki tok kuchi bilan xarakterlanadi:

. (2)

Eng sodda holda, sirt yassi bo‘lganida va tok zichligi bir jinsli bo‘lganida integralga zaruriyat bo‘lmaydi, yaa’ni bo‘ladi. Tok kuchi (Amper) birligida o‘lchanadi va vaqt birligida biron sirt orqali o‘tayotgan zaryadlar miqdorini bildiradi.



Tok kuchi raqamli yoki strelkali ampermetrlarda o‘lchanadi (1-rasm).

1-rasm
Zaryadlarning saqlanish qonunida sistemaning yopiq sirti orqali tok kuchi sistemadagi zaryadlar miqdori bilan (1.1) tenglik vositasida bog‘lanadi:



. (3)

Birlik hajm uchun esa zaryadlarning saqlanish qonuni uzluksizlik tenglamasi bilan ifodalanadi:



. (4)

statsionar sharoit uchun



, , (5)

o‘rinli bo‘ladi. Yopiq sirt uchun tenglik kirxgofning birinchi qoidasiga asos bo‘ladi.

Turli muhitlardagi tokning mexanizmlari turlicha bo‘lib, ularni nafaqat 19-20 asr fizikasi, balki zamonaviy fizika ham o‘rganmoqda va yangi yutuqlarga erishmoqda. Bu masala modda tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lib, buning qanchalik murakkabligini o‘quvchi 7-§ da ham sezgan. Ushbu kitobda turli muhitlardagi elektr toklarning mexanizmlari 5-bobda o‘rganiladi.


Download 318.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling