Tok transformator xatoliklarini hisoblagich ko`rsatkichiga ta’siri erkinov Sh. R. Andijon mashinasozlik instituti, Elektrotexnika fakulteti


Download 27.73 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi27.73 Kb.
#1435213
Bog'liq
Tok transformator xatoliklarini hisoblagich ko`rsatkichiga tasiri



TOK TRANSFORMATOR XATOLIKLARINI HISOBLAGICH KO`RSATKICHIGA TA’SIRI
Erkinov Sh.R. Andijon mashinasozlik instituti,
Elektrotexnika fakulteti,
Energiya tejamkorligi va energoaudit3-kurs talabasi.
Elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojni ortishi bilan, uni ishlab chiqarishni va isteʼmolini aniq va to‘liq xisobga olishni taqazo qilmoqda.
Induksion xisoblagichlarni aniqlik sinfi yuqori bo‘lgan yarim o‘tkazgich elementlari asosida bajarilgan hisoblagichlarga almashtirish bilan ishlab chiqarilayotgan va isteʼmol qilinayotgan elektr energiyani yetarli darajada aniq xisobga olish imkoniyati mavjud emas.
Yuqori kuchlanishli elektr qurilmalar orqali o‘tayotgan elektr energiyani xisobga olish, tok transformatorlari va kuchlanish transformatorlari yordamida amalga oshirilishini eʼtiborga olsak, ulardagi hatoliklar xam hisoblagich ko‘rsatkichiga taʼsir qilishi maʼlum bo‘ladi.
To`k transformatorlari (TA) - o`lchov asbobi va himoya aparatlarini yuqori kuchlanish zanjiridan izolyatsiya qilish uchun va himoya zanjirini tarmoqdagi tok bilan taminlash uchun qo`llaniladi.

1-rasm. Tok transformatorining ulanish sxemasi
Tok transformatori hatoliklari tok va burchak bo‘yicha hatoliklardan iborat. Ushbu hatoliklarni kelib chiqish sabablarini yuqori kuchlanishli tok transformatorlarini ish rejimlari tahlilida bayon qilinadi.
Tok transformatorlari xatoliklarining kelib chiqishi quyidagi omillarga bog‘liq:
1) Yuklama tokining tok transformatori nominal tokidan ortib ketishi yoki nominal tokni 20% dan kamayib ketishi.
2) Qisqa tutashuv toklari o‘tishi natijasida tok transformatori o‘zagining to‘yinish xolatiga kelib qolishi.
3) Tok transformatori ikkilamchi zanjiriga ulanayotgan yuklamaning belgilangan meʼyordan ortib ketishi.
Ushbu maqolada yuklama tokining nominal miqdordan ortib ketishi va keskin kamayib ketishi xamda ikkilamchi zanjirga ulangan yuklamaning turli xarakterli bo‘lgan xolatlari uchun tok va burchak bo‘yicha xatoliklarini kelib chiqish sabablari taxlil kilingan.
Tok transformatorlarining birlamchi toki ikkilamchi zanjirdagi tok va uni birdamchi zanjirdan ikkilamchi zanjirga transformatsiya qilish uchun sarf bo‘lgan tokdan iborat. Bu holda tok transformatorida tok bo‘yicha yuzaga keladigan xatolik quyidagi ifoda orqali izohlanadi;

Bu yerda:
tok transformatorining birlamchi toki.
tok transformatorining ikkilamchi toki.
tok transformatori transformatsiya koeffitsenti.
tok transformatorining tok bo‘yicha hatoligi.
Ikkilamchi tokni birlamchiga keltirilgani birlamchi tok qiymatidan miqdor jixatdan katta bo‘lsa tok bo‘yicha xatolik musbat xarakterga ega, agar bu kattalik miqdor jixatdan kichik bo‘lsa xatolik manfiy xarakterga ega.
Tok transformatordagi burchak xatoligi ikkilamchi zanjirdagi tokni birlamchi zanjirdagi tokdan kancha burchakka farq qilishi ifodalaydi.
Agar tok transformatori ikkilamchi zanjiridagi 180° ga burilgan tok vektori birlamchi zanjirdagi tok vektoridan ilgarilab ketsa xatolik musbat xarakterga, aksi bo‘lsa manfiy xarakterga ega.
Tok bo‘yicha va burchak bo‘yicha xatolik ikkilamchi zanjir yuklamasi ortishi bilan ortib boradi, bunda ikkilamchi zanjir kuchlanishi ortadi va mos xolda magnitlovchi tok xam o‘sib boradi.
Birlamchi tok yuklama tokining nominal qiymatini 0 dan 5% gacha bo‘lgan xolatida burchak xatoligi o‘zining eng katta kiymatiga erishadi, ikkilamchi zanjirdagi tok va kuchlanish orasidagi burchak xam o‘zini eng yuqori qiymatiga erishadi yaʼni birlamchi va ikkilamchi zanjirdagi tok va kuchlanish o‘rtasidagi burchak bir-biridan farqli natijada hisoblagich o‘lchayotgan elektr energiya birlamchi zanjirjan o‘tayotgan elektr energiyasi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Tok transformatorining birlamchi toki, yuklamaning tokining nominal qiymatinining 5% orta borishi bilan burchak xatoligi xam kamayib boradi va nominal qiymatni 100% dan ortgan qiymatlarida burchak xatoligini ko‘payib borishi kuzatilgan.
Bundan ko‘rinib turibdiki tok transformatorlarining ikkilamchi zanjiriga ulanayotgan yuklamaning isteʼmol quvvati tok tok transformatorinig pasportida belgilanganidan ortib ketmasligi va ulanayotgan yuklama xarakteriga bog‘liq ekan.
Xulosa;
1. O‘lchov tok transformatori ikkilamchi zanjir bo‘yicha kichik quvvat zapasiga ega, ikkilamchi zanjirdagi yuklamani oz miqdorda o‘zgarishi xatolikni meʼyordan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
2. Birlamchi tokni 5% gacha bo‘lgan kichik miqdorida tok va burchak bo‘yicha xatoligi tez surʼatlarda ortib ketadi.
3. Tok transformatori birlamchi tokini nominal tokidan ortib ketishi tok va burchak bo‘yicha xatoligi ortib ketishiga olib keladi.
4. O‘tkazilgan elektr energiyani aniq va to‘laqonli xisobga olishni amalga oshirish uchun yuklama tokining va ikkilamchi zanjir yuklamasi meʼyordan ortib ketmasligi kerak.
5. Tok transformatorini yukini kamaytirish uchun ikkita tok transformatorini ketma –ket ulash mumkin ya’ni ular bir fazada o`rnatiladi va bir xil transformatsiya koeffitsiyentiga ega bo`ladi
Ilmiy rahbar katta o‘qituvchi D.A. Egamov
Adabiyotlar.
1. D.D. Alijanov, D.A.Egamov, O.B.Parpiyev. Nazariy elektrotexnika nomli o`quv qo`llanmasi.
2.V. Sopyanin. d.t.n. katta ilmiy xodim. Minsk. O‘lchov tok transformatorlarini xatoliklari
3. Raskulov R.F. Tok transformatorlari ikkilamchi zanjirida yuklamani ortishi taʼsirida xatolikni ortishi.
4. Shabad.M.A. Transformatori toka v sxemax releynix zashiti. NTF “Energoprogress” 1998.g
5. D.A. Egamov, M. Nuryog‘diyev. Elektr energiya istemolini xisoblashda, tok transformatori xatoliklarining xisoblagich ko‘rsatkichiga taʼsiri.63-66 betlar.
Download 27.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling