Tok va kuchlanish transformatorlari
-rasm. Uzgarmas tok mashinasining magnit zanjirini sxemasi
Download 110.13 Kb.
|
Ток ва кучланиш трансформаторлари uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xavo bo‘shlig‘idagi magnit maydon va magnit yurituvchi kuch
33-rasm. Uzgarmas tok mashinasining magnit zanjirini sxemasi
Magnit zanjirni hisoblash uchun to‘la tok qonunini qo‘lash mumkin: (10-3) bu yerda, N - magnit maydon kuchlanganligi; d - magnit kuch chiziqlarini elementar uzunligi; i - magnit chizig‘i bilan qamrab olingan to‘la tok. Bu integralni hisoblash murakkab bo‘lganligi sababli, o‘zgarmas tok mashinasining magnit zanjirini elementar bo‘laklarga bo‘lib hisoblash usuli qo‘llanilishi mumkin. Bu usulda mashinaning magnit zanjirini havo bo‘shlig‘iga, yakor tishlari, yakor magnit o‘zagiga, qutb o‘zaklari va yarmo kabi bo‘laklarga bo‘linib, murakkab yechimga ega bo‘lgan integral mashinaning har bir bo‘lagidagi magnit maydon kuchlanganliklarini yig‘indisi bilan almashtiriladi. Bunda har bir bo‘lakdagi magnit maydon kuchlanganligi shu bo‘lakni har bir nuqtasida bir xil qiymatga ega deb hisoblanadi. 2N + 2Hzhz + 2HaLa + 2Hmhm + 2HyaLya = 2Wqiq (10-4) bu yerda: , hz, La, hm, Lya - lar havo bo‘shlig‘i, tishlar zonasi, yakor magnit o‘zagi, asosiy qutb o‘zagi va yarmodagi magnit kuch chiziqlarining o‘rtacha uzunligi; N Nz, Ha, Hm, Hya - havo bo‘shlig‘i, tishlar zonasi, yakor magnit o‘zagi, asosiy qutb o‘zagi va yarmodagi magnit maydon kuchlanganligi. Bo‘laklarning magnit yurituvchi kuchlari F - magnit maydon kuchlanganligi orqali quyidagicha aniqlanadi: F = HL (10-5) Bundan foydalanib mashinaning magnit yurituvchi kuchi uchun biz quyidagi ifodani yozishimiz mumkin: 2F + 2Fz + 2Fa + 2Fm + 2Fya=2Fq= 2Wqiq (10-6) bu yerda:Wq- qo‘zg‘atish chulg‘amlarining o‘ramlar soni; iq- qo‘zg‘atish toki. Xavo bo‘shlig‘idagi magnit maydon va magnit yurituvchi kuchXavo bo‘shlig‘idagi magnit yurituvchi kuch to‘la magnit yurituvchi kuchining (60¸70%) ni tashkil etadi. `avo bo‘shlig‘idagi magnit maydonning tarqalishi juda murakkab xarakterga ega. `avo bo‘shlig‘idagi magnit maydon formasiga yakor va qutb o‘zaklarining yuzalarini tekisligi, yakor va qutb o‘zaklaridagi pazlar (34-rasm) sovutish kanallari (35-rasm) katta taosir ko‘rsatishadi. Yakorning tashqi yuzasidagi chulg‘amning seksiyalarini joylashtirish uchun hosil qilingan pazlar havo bo‘shlig‘ining magnit o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Yakorning magnit o‘zagini sovutish uchun paketlarga bo‘lingan bo‘lsa (34-rasm) va qutb o‘zaklarida kompensatsiyalovchi chulg‘am seksiyalarini joylashtirish uchun pazlar hosil qilinganda havo bo‘shlig‘idagi magnit maydon formasi yana murakkab xarakterda bo‘ladi. Shuningdek yakorni sovutish uchun magnit o‘zakdagi aksial kanallar ham magnit oqimga taosir ko‘rsatadi. Download 110.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling