Toksikologiya asoslari doc
-BOB ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
9-BOB
ZAHARLI O’SIMLIKLARDAN ZAHARLANISH Zaharli o’simliklardan zaharlanish xollari zaharli xayvonlardan zararlanishga qaraganda ancha ko’proq uchraydi. O’simliklarning mevasi, ildizi, urug`i, poyasi va boshqa qismlari zaharli bo’lishi mumkin. O’simlik zaharlari odam organizmiga asosan og`iz orqali tushadi, shuning uchun ham toksik gastroenterit birinchi navbatda rivojlanadi. Zaharlar oshqozon va ichakning shilliq qavatiga qo’zg`atuvchi ta`sir ko’rsatishi oqibatida qorinda og`riq, ko’ngil aynash, qusish, ich ketish alomatlari kuzatiladi. Patomorfologik belgilar oshqozon va ichak devoriga qon quyilishi ko’rinishida (gemorragik gastrit, enterit) yuzaga chiqadi. Ko’pchilik o’simlik zaharlari qonga ingichka ichakning quyi bo’limlarida so’riladi. Dalada qishda qolib ketgan yoki ko’karib chiqqan kartoshka tarkibida solanin alkoloidi ko’pligi sababli yaqqol dispeptik o’zgarishlarni chaqiradi. SHunga o’xshash ko’rinishlar ovqatga ham oq no’xot, shuningdek xom yong`oq ishlatilganda ham kuzatiladi. Zaharli changlarga ega o’simliklardan yig`ilgan asalari asali ham toksik bo’lishi mumkin. Bunday asalni istemol qilganlarning tana harorati oshadi, qusadi va ichi ketadi, allergik toshmalar toshishadi . Nerv tizimining shikastlanishi ko’pchilik zaharli o’simliklardan zararlanishda etakchi o’rinlardan birini egallaydi. Markaziy nerv tizimi funktsiyasining buzilishi atropinga o’xshagan sindromlar (yurak o’ynashi, og`iz qurishi, kuz qorachig`ining kengayishi, so’lak ajralishini to’xtashi, bronxlarning bo’shashishi, ichak tonusi va qisqarishining kamayishi, terni chiqmay qo’yishi) yuzaga chiqadi. Intoksikatsion psixoz karaxtlik va koma bilan birgalikda kuzatiladi. Tarkibida yurak glikozidlari bo’lgan o’simliklar (misol uchun angishvona gul) yurak o’tkazuvchanligi va ritmining buzilishiga olib keladi. Ayrim o’simliklar tarkibida «jigar zaharlari» bo’lib, jigar funktsiyasini ishdan chiqaradi. Bunday bemorlarda jigarning kattalashishi kuzatilib, teri sarg`ayadi, gemorragik toshmalar toshadi. Zaharli o’simliklar orasida zaharli qo’ziqorinlar alohida ahamiyatga ega, ular jigar va buyrakka zaharli ta`sir ko’rsatadi. Qichitqi o’t toksik dermatitni chaqiradi, shunday bo’lsada ayrim xollardan tashqari bunday ko’rinishdagi zararlanish ishsiz yo’qoladi. O’simlik zaharlaridan o’tkir zaharlanishda ekzogen toksikozga qarshi kurash usullari qo’llaniladi. Birinchi navbatda, o’z vaqtida organizmning ekstren detoksikatsiyasi, simptomatik terapiyasi o’tkazilishi lozim. Og`iz orqali zaharlanganda kasalxonaga borguncha oshqozonni zont orqali yuvish va oshqozonga 80-100mg aktivlangan ko’mirning suv bilan yuborish katta ahamitga ega, chunki ko’pchilik o’simlik zaharlari sorbtsiyalanish xususiyatiga ega. YUrak zaharlari bilan zaharlanganda (ritm va o’tkazuvchanlikning yaqqol buzilishlarida) gemosorbtsiya elektrostimulyatsiya bilan birgalikda ishlatiladi.Gemosorbtsiya barcha og`ir zaharlanishlarda qo’llanilishi shart, chunki bunday zaharlar yirik yoki og`ir molekulali bo’lib, biologik muhitdan sorbent yordamida yaxshi tozalanadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 59 Simptomatik davo choralari a`zolar funktsiyasini ta`minlab turishga asoslangan bo’lib, ayrim hollarda antidot terapiyasi ham ishlatiladi. O’simlik zaharlari bilan zaharlanganda 1-2 stakan osh tuzi qo’shilgan iliq suv (0,5 choy qoshiq osh tuzi 1 stakan suvda eritiladi) va qayt qilinadi. Bu muolaja 3-4 marta qaytariladi. Sorbent sifatida 8%-100gr qotgan non yoki karbolen (4-5 tabletka) ishlatish mumkin. Keyin ichni suruvchi ingliz tuzi eritmasi ( 30 gramm magniy sulfat 100ml suvda eritilib) beriladi. O’simlik zaharlari bilan o’tkir zaharlanishni oldini olish uchun quyidagi qoidalarga amal qilish kerak: notanish o’simlik va qo’ziqorinlarni, dalada qolib ketgan kartoshka, don, loviya, no’xotlarni ovqatga ishlatmaslik, uyda vrach ruxsatisiz o’simliklardan tayyorlangan damlama va qaynatmalarni ishlatmaslik, vrach buyurgan dori vositalarining miqdorini o’zboshimchalik bilan oshirmaslik, bolalarga qo’ziqorin va rezavorlarni terishga ruxsat bermaslik, odam o’z sog`ligini «ajoyib o’simliklar»ni davo sifatida ishlatadigan tabiblarga ishonmasliklari zarur. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling