Toksikologiya asoslari doc


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Klinik manzarasi. Zaharlanish klinikasida engil, o’rta va og`ir darajadagi
zaharlanishlar tafovut qilinadi.
O’tkir zaharlanishlar. Bu turdagi zaharlanish juda kam uchraydi. Ko’pincha 
toza tetraetilqo’rg`oshin va etilli suyuqliklar bilan ishlaganda zaharlanish mumkin. 
Organizmga zaharli modda tushganda xech qanday klinik belgilar ko’rinmaydi, 
yashirin davr, ya`ni 3—5 kundan keyin intoksikatsiya, psixoz holati rivojlanadi, 
uyqusizlik paydo bo’ladi. Psixoz holati ko’pincha alkogolizm oqibatida yuz 
beradigan oq alahlashni eslatadi. Og`ir zaharlanishda psixomotor qo’zg`alishlar 
rivojlanadi va bir necha vaqtdan so’ng komatoz holat paydo bo’ladi. Odamning 
hayotiy muhim a`zolari tufayli o’lim sodir bo’ladi.
Surunkali zaharlanishlar. Etillangan benzin bilan ishlaydigan kishilarda 
(shoferlar, ombor ishchilari va benzin quyuvchilar) bu holdagi zaharlanish ko’p 
uchrab turadi. Zaharlanish asta-sekin sodir bo’ladi, chunki tetraetilqo’rg`oshin 
kumulyativ xususiyatga ega. Bunda bosh og`rishi va tez charchash paydo bo’ladi, 
ishtaha yo’qoladi. Uyqu yuzaki bo’lib, dahshatli tushlar ko’radi. Ko’p terlash 
kuzatiladi. Astenik holat asta-sekin og`irlashib boradi va umumiy loxaslik kuchayadi, 
darmonsizlik, xotira pasayishi, ishlash qobiliyatini yo’qolishi kabi alomatlar paydo 
bo’ladi. Jizzakilik, serjahllik emotsiyaning buzilishi rivojlanadi. Zaharlangan odam 
ishtaha yo’qligi tufayli oriqlab ketadi. Erkaklarda mijoz susayib ketadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


52 
Ayrim vaqtlarda zaharlangan kishilarda paresteziya paydo bo’ladi. Ular qo’l-
oyoklarning uvishib qolishidan, badan jimirlashi, og`izda birorta narsa bordek 
tuyulishi, tishlarning «yumshab» qolganligidan shikoyat qiladilar. Ba`zi kishilarning 
qo’l-oyoqlarida, muskullarida va bug`imlarida og`riq paydo bo’ladi.
Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda ularda uchlik simptomi: bradikardiya, 
gipotoniya va gipotermiya aniqlanadi. Bundan tashqari, ularda gipergidroz
qo’llarning titrashi (tremor), pay reflekslarining taranglashgani kuzatiladi. Moddalar 
almashinuvining buzilishi tufayli odam oriqlab ketadi. YOshiga nisbatan ancha qari 
ko’rinadi. 
Qon tekshirib ko’rilganda xech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi, lekin ba`zan 
leykotsitoz kuzatiladi. Siydik biokimyoviy tekshirilganda siydikda qo’rg`oshin 
borligi aniqlanadi. Siydik tarkibida 0,05—0,07 mg/l miqdorda qo’rg`oshinning 
bo’lishi tetraetilqo’rg`oshindan zaharlanganlikni bildiradi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling