Toksikologiya asoslari doc
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
Klinik manzarasi. Zaharlanish klinikasida quyidagi davrlar tafovut qilinadi:
mastlik-o’zni soxta bardam tutish yoki yashirin davr (1—2 kun davom etadi), zaharlanishning asosiy belgilarini namoyon bo’lishi va tuzalishdan iborat. Zaharlanishlar darajasiga qarab engil, o’rtacha og`irlikdagi oftalmik va og`ir generallashgan turlarga farqlanadi. Zaharlanishning engil darajasida yashirin davrdan so’ng umumiy darmonsizlik, ko’ngil aynishi, qusish, bosh aylanishi, bosh og`rishi va qorin sohasida og`riq paydo bo’lishi bilan ifodalanadi. Ko’pincha yuqorida ko’rsatilgan alomatlarga ko’rishning buzilishi qo’shiladi Bunda zararlanganlar «kuz oldida tuman paydo bo’lishidan» shikoyat qiladilar. Bu belgilar 2—3 kundan so’ng xech qanday iz qoldirmasdan o’tib ketadi. O’rta darajadagi zaharlanishda yuqorida ko’rsatilgan klinik simptomlar kuchli darajada rivojlangan bo’ladi, lekin ko’rishning buzilishi asta-sekin rivojlanib boradi. Ba`zan shunday hollar ro’y beradiki, kechqurun metanol ichgan kishi ertalab turganda xech narsani ko’rmaydigan bo’lib qoladi, bir-ikki kundan so’ng ko’rish qobiliyati asta-sekin tiklana boshlaydi Bu bosqich barqaror xususiyatga ega emas, tuzalishdan bir necha kun o’tgach ko’rish yana yomonlashadi. Kuz oftalmoskopiya qilinganda zaharlanishning boshlang`ich davrida kuz to’r pardasining va ko’rish nervining shishi kuzatiladi, kuz venalari kengayib, qon quyilishlar aniqlanadi. Ba`zan ko’rish nervining nevriti qayd etiladi. Og`ir zaharlanishda klinik simptomlar yashirin davrsiz tezda yuzaga chiqadi. Birdaniga darmonsizlik, ko’ngil aynishi, qayt qilish, qorin sohasida kuchli og`riq paydo bo’ladi. Keyinchalik uyquchanlik, hushdan ketish kuzatiladi. Nafas olishning buzilishi tufayli gipoksiya holati paydo bo’ladi, tsianoz kuzatiladi, yurak-tomirlar etishmovchiligi paydo bo’ladi. Tana harorati pasayib, sovuq ter bosadi. Ayrim hollarda kuchli qo’zg`alishlar bilan birga klonik talvasalar yuzaga keladi. Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda kuz qorachig`i kengaygan bo’ladi, yorug`likka sezgirlik yo’qoladi. Tananing ko’karagan yoki qizargani aniqlanadi. Nafas olish, uning soni va chuqurligi o’zgarib, boshqacha bo’lib qoladi, hansirash paydo bo’ladi . Puls zarbi daqiqasiga 100—120 ni tashkil qiladi. YUrak auskultatsiya qilinganda tonlarining bo’g`iq bo’lib qolganligi aniqlanadi. Sistolik bosim 80 mm simob ustunini tashkil qiladi. Beixtiyor siyib quyish va ich ketishi kuzatiladi- Kollaps holati rivojlanishi tufayli o’lim yuz berishi mumkin. Davosi. Metanolning ziddi-zahari yo’q. Og`iz orqali zaharlanish yuz berganda tezlik bilan me`dadan zaharni chiqarib tashlashga harakat qilish kerak SHuning uchun zaharlanganlarni bir necha marta qayt qilishga majbur qilish zarur. Iloji bo’lsa me`da zond orqali toza suv bilan yoki 1—2% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yuviladi. Bir necha vaqtdan so’ng shilliq qavatlar ajratgan metanolni chiqarib tashlash uchun me`dani qayta yuvish lozim bo’ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 48 Metanol oksidlanishida, etil spirti oksidlovchi fermentlar (katalazalar, alkogol- degidrogenazalar) ishtirokida o’tganda va metanol oksidlanishi natijasida hosil bo’lgan mahsulotlar metanol molekulasiga qaraganda ko’proq toksik ta`sirga ega ekanligini hisobga olgan holda zaharga qarshi ziddi-zahar sifatida etil spirti qo’llaniladi. Etil spirti metanol bilan fermentlar uchun raqobat reaktsiyasiga kirishadi va buning natijasida metanolning oksidlanishini to’xtatishga erishiladi. Zaharlanishlarga davo qilishda etil spirtining 30% li eritmasi (40% li eritmasiga qaraganda yaxshi so’riladi) 100 ml dan beriladi, keyinchalik har 2-4 soatda 50-100 ml dan berib turiladi. Engil mastlik belgisi etil spirtining etarli darajadagi miqdori bo’lnb hisoblanadi. Og`ir zaharlanishlarda va etil spirtini ichirishning imkoniyati bo’lmaganda 5% li etil spirti 5% li glyukoza eritmasiga aralashtirilgan holda venaga tomchilab yuboriladi (har bir kg tana vazniga 1 ml toza etil spirti hisobida olinadi). Zaharlangan kishilarga osoyishtalik yaratilishi, kerak bo’lganda oksigenoterapiya, yurak-tomir vositalarn, transfuzion terapiya o’tkaziladi. Atsidozga davo qilish uchun ko’p miqdorda suyuqlik ichiriladi, venaga tomchilab natriy gidrokarbonatning 3—4% li eritmasi (birinchi sutkalarda 1—2 litrgacha, siydikdagi rN va qondagi bikarbonatlarni nazorat qilgan holda) yuboriladi. Vitaminlar o’rnini to’ldirish uchun katta miqdorda (V1 — 5 ml 5% li eritmasi, S — 10—20 ml 5% ertmasi, V6 — 2 ml 1 % li eritmasi, RR - 4 ml 1% li eritmasi sutkasiga) vitaminlar yuboriladi. Glutamin kislota ichishga 1 g dan sutkasiga 3—6 mahal buyuriladi yoki 1% li glutamin kislota eritmasi venaga 500—1000 ml dan tomchilab yuboriladi. PrTBnizolon 60—120 mg dan venaga yuboriladi. Ko’rish yomonlashganda yoki karlik holati rivojlanganda degidratatsion terapiya o’tkaziladi, venaga 20 ml 40% li glyukoza eritmasi, 20 ml 0,25% li novokain eritmasi yuboriladi, lyumbal punktsiyalar har 3—4 kunda o’tkazib turiladi. Bunda 10—15 ml qilganda likvor suyuqligi chiqariladi. Og`ir koma holati rivojlanganda siydik xaydovchi vositalar buyurish lozim Arterial bosim pasayganda yurak-tomir vositalari (strofantin, kordiamin, metazon va boshqalar) beriladi. Iloji boricha gemodializ, peritoneal dializ va gemosorbtsiya qilinadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling