Toksikologiya asoslari doc


Etil spirti. Fizik va kimyoviy xossalari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Etil spirti. Fizik va kimyoviy xossalari. Etil spirti —S2N5ON (etanol), 
o’ziga xos hidga ega, rangsiz tiniq suyuqlik. Qaynash harorati +78,4 S, juda 
uchuvchan modda. Suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Etanol organik 
erituvchi, yoqilgi sifatida hamda ba`zi moddalarni ajratib olishda ishlatiladi. 
Narkotik ta`sirga ega bo’lgan zaharli moddalar qatoriga kiradi. Me`da va ichak shilliq 
qavatlari orqali tez so’riladi. Och qoringa ichilganda spirtning maksimal 
kontsentratsiyasi qonda 40—80 daqiqa ichida to’planadi.
Zaharli miqdori. Intoksikatsiyaning og`irligi ichilgan etil spirtining miqdoriga 
va organizmning xususiyatlariga bog`liq bo’ladi. Intoksikatsiya sodir bo’lishida spirt 
ichilgan sharoit alohida o’rin tutadi. Spirtning (hayot uchun havfli) og`ir 
zaharlanishga sabab bo’luvchi miqdori 300—500 ml ni, ba`zi vaqtlarda esa undan 
yuqorini tashkil qiladi. Intoksikatsiyaning og`irligi qon tarkibidagi spirt miqdoriga 
bog`liq bo’ladi (4-jadval).
www.ziyouz.com kutubxonasi


49 
4-jadval 
Qon tarkibidagi etil spirti kontsentratsiyasi va intoksikatsiya belgilari 
(katta yoshdagilarda) 
 
Etil 
spirtining 
qondagi 
kontsent-
ratsiyasi (g/l) 
Klinik belgilarning ko’rinishi 
0,02-0,99 
Idrok 
va 
kayfiyatning 
engil 
o’zgarishi, 
harakat 
muvozanatining buzilishi, sensor funktsiyalarning buzilishi, 
fe`l-atvorning o’zgarib turishi (sergaplik va boshqalar.) 
1,00-1,99 
Aqliy qobiliyat faolligining yaqqol buzilishi, harakatlarning 
buzilishi, ataksiyaning rivojlanishi 
2,00-2,09 
Ataksiya holatining chuqurlashishi, ko’ngil aynishi, qusish, 
kuzga narsalarning ikkita bo’lib ko’rinishi (diplopiya) 
3,00-3,99 
Tana haroratining pasayib ketishi, anesteziyaning 1 
bosqichi, amneziya holatining rivojlanishi 
4,00-7,00 
Koma, nafas olishning buzilishi, o’lim yuz berishi 
kuzatiladi. 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling