Toksikologiya asoslari doc


Metil spirti. Fizik va kimyoviy xossalari


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Metil spirti. Fizik va kimyoviy xossalari. Metil spirti — SN
3
ON (metanol, 
karbinol, yog`och spirti) rangsiz suyuqlik bo’lib, mazasi va hididan etil spirtiga 
o’xshaydi. Qaynash harorati 65°S, solishtirma og`irligi (20°S da) 0,792. Sintetik yo’l 
bilan (uglerod oksidi va vodorod) hamda yog`ochni quruq xaydash (tarkibiy 
qismlarga ajratish) yo’li bilan olinadi. Texnik mahsulot tarkibida aralashmalar 
sifatida atseton, sirka metilen efirlari va boshqa moddalar bo’ladi. Suv va spirtda 
yaxshi eriydi, yog`larni va boshqalarni eritish xususiyatiga ega. Kimyo sanoatida 
chumoli kislota va formalin ishlab chiqarilishida, lak va bo’yoqlar ishlab 
chiqarilishida, ichki yonish dvigatellari va raketalar yonilg`isi sifatida ishlatiladi.
Zaharli miqdori. Metanoldan zaharlanish ko’pincha kishilar mast bo’lish 
maqsadida ichgan vaqtda sodir bo’ladi. Har bir odamning metanolga sezuvchanligi 
turlicha. Hayot uchun havfli miqdori 50 ml dan 100 ml gachani tashkil qiladi 
(o’rtacha miqdori 100 ml), o’limning oz-ko’pligi metanolning qancha miqdorda 
kabul qilingani va kishining unga sezuvchanligiga bog`liq bo’ladi. Guruh-guruh 
bo’lib zaharlangan vaqtda letallik 30—40% ni tashkil qiladi.
Ta`sir qilish mexanizmi. Metil spirti me`da-ichaklarda tezda so’riladi, lekin 
etil spirtiga qaraganda sekinroq so’riladi Organizmda oksidlanadi va organizmdan 
uzoq muddat ichida (5—8 sutka) chiqariladi. Oksidlanish mahsuloti bo’lmish 
formaldegid parchalanib chumoli kislotani va boshqa organik kislotalar (sut, 
glyukuron va boshqalar) ni hosil qiladi. Metanol va uning mahsulotlari organizmdagi 
hujayralarning nafas olish fermentlarini va oksidlanish reaktsiyalarini bloklashi 
natijasida atsidoz vujudga keladi. SHuni ta`kidlab o’tish kerakki, formaldegidni 
chumoli kislotaga oksidlanish reaktsiyasi tezlik bilan o’tadi, chumoli kislotaning 
oksidlanishi to ohirgi mahsulot hosil bo’lguncha davom etadi.
Zaharlanish natijasida organizmda paydo bo’lgan oksidlanish reaktsiyalari 
buzilishini organizmdagi S va V
1
vitaminlari tanqisligini ancha tezlashtiradi. 
Umuman olganda metanol nerv-tomir va protoplazmatik zahar bo’lib hisoblanadi va 
nerv tolalariga tanlab ta`sir qilish xususiyatiga ega. Metil spirt organizmga ta`sir 
etganda eng avvalo ko’rish nervi zararlanadi. Ko’rish nervida paydo bo’lgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


47 
birlamchi o’zgarishlar asosan metanolning metabolizm mahsulotlari ta`sirida sodir 
bo’ladi. Ikkilamchi ambliopiya ko’rish nervi atrofiyasi tufayli yuzaga keladi.
Metanolning organizmga toksik ta`siri ikki bosqichdan iborat. Boshlang`ich 
bosqichda asosan organizmga narkotik ta`sir ko’rsatadi, keyinchalik esa ko’rish 
nervlarida va kuz tur pardasida distrofik o’zgarishlar yuzaga chiqadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling