Toksikologiya asoslari doc
Zaharlovchi moddalar qo’llanilgan zararlanish o’choqlarinnng tibbiy-
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6- BOB FOSFOORGANIK ZAHARLOVCHI MODDALARNING ORGANIZMDA TAQSIMLANISHI, O’ZGARISHI VA CHIQISH YO’LLARI
- Organizmga tushish yo’llari
Zaharlovchi moddalar qo’llanilgan zararlanish o’choqlarinnng tibbiy-
taktik tavsifi Kimyoviy zararlannsh o’chog`ining xillari Zaharlovchi moddalar Zaharlovchi moddalarning organizmga kirish yo’llari Zararlanish o’chog`ida sanitar yo’qolishlar hosil bo’lish davomiyligi Zaharlovchi moddaning o’ldiradigan miqdori bilan zaharlanganda ulardan o’lishning ehtimol vaqti Zararlanish o’chog`ida zararlanish havfining saqlanib qolish vaqti CHidamli tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`i Zarin, zoman, V-gazlari, CS Zarin, zoman Nafas yo’llari Teri orqali 5-15 daqiqa 20-40 daqiqa 5-30 daqiqa 30-60 daqiqa Soatlar, sutkalar CHidamsiz tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan TSianid kislota, xlortsian Nafas yo’llari Nafas yo’llari 1-5 daqiqa 1-30 daqiqa 5-60 daqiqa Bir soatdan kam www.ziyouz.com kutubxonasi 38 zararlanish o’chog`i Xloratsetofenon Bir soatdan kam CHidamli sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`i V-gazlari, iprit Teri orqali Nafas yo’llari 1-30 soat (V-gazlari) – 30-60 daqiqa (iprit) – 12-48 soat Soatlar, sutkalar CHidamsiz sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`i BZ, fosgen, difosgen Nafas yo’llari 1-6 soat Bir soatdan kam www.ziyouz.com kutubxonasi 39 6- BOB FOSFOORGANIK ZAHARLOVCHI MODDALARNING ORGANIZMDA TAQSIMLANISHI, O’ZGARISHI VA CHIQISH YO’LLARI Hozirgi vaqtda fosfororganik birikmalarning 12 mingdan ortig`i sintez qilingan, bu moddalar qishloq xo’jaligida va sanoatda keng ko’lamda qo’llaniladi. Masalan, qishloq xo’jaligida insektitsid va akritsidlar sifatida metafos, metilnitrofos, karbofos, tsidal, bosqichlon, sayfos, intration va boshqalar ishlatib kelinmoqda. Sanoatda rudalarni flotatsiyalashda, polimerizatsiyalashda, plastifikatorlar ishlab chiqarishda, yonmaydigan plastmassalar ishlab chiqarishda va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Fosfororganik birikmalarning hosilalari tibbiyotda dori-darmon sifatida glaukoma, miasteniyalar , ichak atoniyasi , tuberkulez(sil), nerv-psixik va boshqa kasalliklarni davolashda ham ishlatiladi. Organizmga tushish yo’llari. Zaharlovchi moddalar organizmga teri va shilliq pardalar orqali tushganda zararlanishning klinik belgilari bir necha vaqtdan keyin paydo bo’ladi, agar yarali yuzalarga tushgan bo’lsa, unda zaharlovchi moddaning tez so’rilishi natijasida zararlanishning klinik belgilari tezda rivojlanadi. Teriga tushgan zaharlovchi moddalar lipidlar va yog`larda yaxshi eriganligi tufayli teri ostida ko’p vaqtgacha saqlanib qoladi va buning natijasida zararlanish asta- sekinlik bilan rivojlanadi va uzoq. muddatga cho’zilib ketadi. Agar zaharlovchi moddaning yuqori kontsentratsiyasi ta`sir etsa, ko’plab o’lim hodisalari sodir bo’ladi. Zaharlovchi moddaning suyuq-tomchi holida kuzga tushishi juda ham havfli xisoblanadi, chunki kuzga tushgan zaharlovchi moddalar shilliq pardalar orqali juda tezlik bilan organizmga so’riladi. Bunda zaharlovchi moddaning o’rta darajadagi kontsentratsiyasi ham o’limga olib keladi. Kuzga zaharlovchi modda tushganda o’sha zahotiyoq yuvib tashlash kerak ,aks holda buning xech qanday foydasi bo’lmaydi. Hazm, yo’llari orqali zararlanish sodir bo’lganda zaharlovchi moddalar faqat zaharlangan suv yoki oziq-ovqatlar iste`mol qilinganda sodir bo’ladi. Klinik belgilari bir daqiqadan yoki bir necha soatdan so’ng paydo bo’ladi. Zaharli miqdorlari. Fosfororganik zaharlovchi moddalar juda kuchli zaharlilik va tezda o’lim chaqiruvchi xususiyatga ega. YUqorida ko’rsatib o’tilganidek bu moddalarning kishiga ta`siri ularning havodagi kontsentratsiyasiga, miqdoriga, ta`sir qilish vaqtiga, organizmga tushish yo’llariga va himoya vositalarini o’z vaqtida ishlatishga bog`liq bo’ladi Fosfororganik zaharlovchi moddalarning havodagi juda ham oz kontsentratsiyasi (0,0001—0,001 mg/l) bilan uzoq muddatda nafas olinsa og`ir zararlanishga olib keladi. Masalan, zarinning havodagi 0,001 mg/l qontsen- tratsiyasidan 15 daqiqa nafas olinsa og`ir zararlanish mumkin. CHet el mutaxassislarining ma`lumotlariga qaraganda 1 m 2 maydonda zaharlovchi moddaning 0,1—0,2 g kontsentratsiyasi hosil qilinsa, ushbu atmosfera kishilarning o’limiga sabab bo’ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling