Toksikologiya asoslari doc


Kimyoviy zararlanish o’chog`i


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Kimyoviy zararlanish o’chog`i deganda kimyoviy qurol ta`siriga uchragan 
barcha odamlar, hayvonlar, ob`ektlar, inshootlar, texnikalar, atmosfera, o’simliklari 
bo’lgan xudud tushuniladi. Kimyoviy zararlanish o’chog`ining o’ziga xos xususiyati 
qaysi zaharlovchi modda qo’llanilganiga, shuningdek uni qo’llash usuliga, yil fasliga, 
ob-havo sharoitiga va ba`zi bir boshqa omillarga bog`liq. 
Kimyoviy zararlanish o’chog`ining kata-kichikligi eng avvalo dushman 
tarafidan zaharlovchi moddalarning qanday agregat holatda qo’llanishi, shuningdek 
qilingan hujumning kuchi bilan belgilanadi. Zaharlovchi moddalarni mo’ljallangan 
joyga etkazish uchun katta kalibrdagi raketalar va aviabombalar qo’llanilgan 
taqdirda, kimyoviy zararlanish o’choqlari juda katta maydonlarda paydo bo’ladi. 
Dushman 
tomonidan 
zaharlovchi 
moddalar 
suyuq-tomchi 
holatda 
qo’llanilganda zararlanish o’chog`ining maydoni dastlabki vaqtda ancha kichik 
bo’ladi. Agar zaharlovchi modda havoning er usti qatlamida bug` yoki tuman holida 
tursa, u holda zararlangan bulut havo oqimi bilan birga shamol esayotgan tomonga 
qarab suzadi. Soatiga 3-6 km tezlikda esayotgan kuchsiz shamolda havo oqimi tik 
ko’tarilmasa, zaharlangan bulut zararlash xususiyatini saqlagan holda 20-50 km 
masofagacha suzib borishi mumkin. Demak, birlamchi kimyoviy zararlanish 
o’chog`iga nisbatan shamol esayotgan tomondagi joy vaqt o’tishi bilan oqib 
kelayotgan zaharlovchi moddalar yo’liga duch kelishi mumkin. Bunda kimyoviy 
zararlanish o’chog`i maydoni kattalashadi. 
Kimyoviy zararlanish o’chog`ining barqarorligi qo’llanilgan zaharlovchi 
moddalarning turi va uning qo’llash usuli bilan belgilanadi. 
Beqaror kimyoviy za ra rla nis h o’c hog`i chidamsiz zaharlovchi modda — 
gaz, bug`. tuman holida qo’llanilganda hosil bo’ladi. Beqaror kimyoviy zararlanish 
o’chog`i zaharlash xususiyatini 3—6 soat mobaynida saqlab turadi, shundan keyin 
www.ziyouz.com kutubxonasi


36 
o’choqda bo’lish havfi juda kamayadi. Protivogazni (gazniqob) signal bilan yoki 
tegishli xabar berilgandan keyin echish mumkin. 
Ba rqa ror kimyoviy za rarla nis h o’c hog`i dushman tomonidan chidamli 
zaharlovchi moddalarni suyuq-tomchi holida yoki yopishqoq suyuqlik holida 
qo’llanilgan takdirda hosil bo’ladi. Yil fasliga, ob-havo sharoitiga va joyning relefiga 
qarab zaharlovchi moddalar zaharlash xususiyatini bir necha soatdan bir necha 
haftagacha va hatto oylargacha saqlab turishi mumkin. 
Zaharlovchi moddalar havo ochiq, issik kunda, o’t-o’lanlar bo’lmagan joydan 
tezroq bug`lanadi. Hatto V-gazlar guruhidagi juda chidamli zaharlovchi moddalar 
ham bunday sharoitlarda zararlash xususiyatini 1—3 sutka mobaynida ushlab turadi. 
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, zo’r berib bug`lanish natijasida zararlangan 
xudud ustidagi havoda zaharlovchi moddalar bug`ining miqdori juda ko’payib ketishi 
mumkin. Havo sovuq bulutli bo’lganda, o’t-o’lanlar qalin joyda yoki o’rmonzorlarda 
suyuq-tomchi holida qo’llanilgan zaharlovchi moddalar ancha uzoq vaqtga qadar 
saqlanib turishi mumkin. Zararlanish havfi bunday holda bir necha kungacha, ba`zan 
esa bir necha haftagacha mavjud bo’ladi. Qish paytida zaharlovchi moddalarning 
zararlash havfi u qo’llanilgan joyda ayniqsa uzoq vaqt turadi. 
Kimyoviy zararlanish o’chog`ida zararlangan harbiy xizmatchilarga tibbiy 
yordam o’tkazishda zaharlovchi moddaning ularga ta`sir qilish vaqtini bilishdan 
tashqari, ularda zaharlanish simptomlarining tez rivojlanishini ham xisobga olish 
kerak. 
Zaharlovchi moddalar tez ta`sir qiladigan va sekin ta`sir qiladigan turlarga 
bo’linadi. 
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`ida 
zararlanish simptomlari bir necha soat ichida, sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi 
moddalar hosil qilgan zararlanish o’chog`ida zararlanish simptomlari esa, bir soatdan 
oshikroq vaqt ichida rivojlanadi. Bu bo’linish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega, 
chunki zararlanish o’chog`ida zararlanish simptomlarining rivojlanish vaqtini 
bilganimiz tufayli, ixtiyorimizdagi vaqtdan foydalanib zararlanganlarga tegishli 
tibbiy yordam miqdorini (hajmini) ko’rsatishni aniqlagan bo’lamiz. 
Hozirgi vaqtda kimyoviy zararlanish o’chog`i to’rt turga bo’linadi (3- jadval).
Tez ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan kimyoviy zararlanish 
o’chog`i birinchi daqiqalarda ko’p kishilarni zararlashi, klinik simptomlarning 
jadallik bilan rivojlanishi va ular orasida ko’p sanitar yo’qotishlar (nobud bo’lishlar) 
vujudga kelishi bilan ta`riflanadi- Bu sharoitda shaxsiy himoya vositalarini o’z 
vaqtida kiyish, zararlanish o’chog`ida ziddi-zaharlar va kimyoga qarshi individual 
paketlar yordamida o’ziga va bir-biriga tibbiy yordam ko’rsatish tadbirlari katta 
ahamiyatga ega. 
Zararlanish alomatlarining tezlik bilan rivojlanishi, ko’pchilik kishilarning 
og`ir darajada (60—70%) zararlanishi, shifokor ko’rsatadigan birinchi tibbiy yordam 
va malakali tibbiy yordam ko’rsatish vaqtlari keskin cheklanganligi zararlanish 
o’chog`ida ularni tezlik bilai evakuatsiya qilishni talab qiladi.
Sekin ta`sir qiladigan zaharlovchi moddalar hosil qilgan kimyoviy zararlanish 
o’chog`i asta-sekinlik bilan sanitar yo’qotishlarning (4—12 soat ichida) jang 
www.ziyouz.com kutubxonasi


37 
maydonida rivojlanishi bilan ifodalanadi. Bu sharoitda tibbiy xizmat kuchlari va 
vositalarini tashkil qilishda, tibbiy saralash o’tkazish va zararlangan kishilarga 
birinchi shifokorgacha bo’lgan tibbiy yordam ko’rsatish hamda evakuatsiya 
tadbirlarini shoshilmasdan o’tkazishga imkoniyat yaratilgan bo’ladi. 
CHidamli zaharlovchi moddalar zarar etkazish xossasini bir necha soatgacha 
saqlab qoladi, shu sababli zararlanish o’chog`ida kishilarning ust-boshlari, yara 
bog`lamlari zaharlovchi moddalarni o’ziga singdirib olish (desorbtsiya) xususiyatiga 
ega. Bunday zararlanganlar yoki zararlanish o’chog`idan kelgan harbiy transport, 
tibbiy vositalar bilan o’zaro aloqda bo’lishi (kontakt) tibbiyot xodimlari va 
yaradorlarni zararlanishga olib kelishi mumkin. 
Zararlanish o’chog`idagi harbiy xizmatchilar va zararlangan kishilarga qisqa 
vaqt ichida sanitar ishlovini o’tkazish kerak bo’ladi. Ular shaxsiy himoya 
vositalaridan tezlik bilan foydalanishini bilishlari kerak Paydo bo’lgan zararlanish 
o’chog`iga qutqaruvchi komandalar yuborilishidan oldin ularga zaharlanishning 
oldini oladigan vositalar (tabletkalar) berilishi lozim va himoya vositalaridan 
foydalanishlari shart bo’lib xisoblanadi. Zararlangan kishilarga tibbiy evakuatsiya 
bosqichlarida takror qisman sanitariya ishlovini o’tkazish va u kerakli vositalar bilan 
ta`minlangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari, texnika va tibbiyot vositalariga ham 
sanitariya ishlovi o’tkaziladi. Tibbiyot xodimlari zararlangan kishilarga tibbiy 
yordam ko’rsatishni tugatmagunicha va ularga sanitariya ishlovini o’tkazmaguncha 
himoya vositalarida bo’lishlari kerak 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling