Toksikologiya asoslari doc


-BOB  KUYDIRUVCHI MODDALAR BILAN O’TKIR ZAHARLANISH


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

8-BOB 
KUYDIRUVCHI MODDALAR BILAN O’TKIR ZAHARLANISH. 
 
Kuydiruvchi moddalar bilan o’tkir zaharlanish. 
O’tkir maishiy zaharlanishlar orasida kuydiruvchi moddalar bilan zararlanish 
asosiy o’rinlardan hisoblanadi. Organik moddalar: sirka(uksus), shavel kislotasi bilan 
zaharlanishlar kuydiruvchi zaharlar bilan shikastlanishlarning 70% ni, noorganik 
kislotalar bilan zaharlanish 7% ni, ishqorlar bilan zararlanish (nashatir spirti, 
o’yuvchi kaliy va natriy) – 15% ni, oksidlovchilar (vodorod peroksidi, kaliy 
permanganat) – 8% ni tashkil qiladi.
Sirka kislotasi teri va tekstil sanoatida organik bo’yoqlar bilan birga, plastit 
massa, gerbitsid, kimyoviy reaktiv, xushbo’y moddalar, dori vositalari, organik 
modda erituvchilari, eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. 
Vodorod peroksid. Fizik va kimyoviy xossalari. Vodorod peroksid 
(N2O2)—rangsiz suyuqliq Molekulyar og`irligi 34,01. Qaynash harorati +15,.4°S, 
erish harorati—0,46°S. Kam uchuvchan modda. SHuning uchun nafas yo’llari orqali 
zararlanishlar kam uchraydi. Zararlanish asosan suyuqlik yoki aerozol ko’rinishidagi 
moddaning ta`siri tufayli yuz berishi mumkin. Vodorod peroksid tarkibida kislorod 
miqdori 90—93% ni tashkil qilib, kuchli oksidlovchi modda bo’lib hisoblanadi. 
Ta`sir mexanizmi Vodorod peroksid organizmga tushganda asosan qon 
gemolizi ro’y beradi va ko’p miqdorda metgemoglobin hosil bo’ladi. Organizmdan 
moddalar almashinuvi natijasida ajralib chiqadi va uning organizmda ko’plab 
yig`ilishiga va to’planishiga peroksidaza va katalaza fermentlari to’sqinlik qiladi. 
Vodorod peroksiddan zaharlanganda ushbu fermentlar faolligi keskin pasayib ketadi, 
shu bilan birga eritrotsitlar membranasi butunligini ushlab turuvchi qaytarilgan 
glutation (G—5N) miqdori kamayib ketadi. Natijada gemoliz rivojlanadi. Qonga 
tushgan vodorod peroksid gemoglobin tarkibidagi temirni uch valentli holga 
o’tkazadi va u bilan birikib metgemoglobinni hosil qiladi. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling