Toksikologiya asoslari doc
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surunkali zaharlanishlar
Klinik manzarasi. Zaharlanish klinikasida engil, o’rta va og`ir darajadagi
zaharlanishlar tafovut qilinadi. O’tkir zaharlanishlar. Bu turdagi zaharlanish juda kam uchraydi. Ko’pincha toza tetraetilqo’rg`oshin va etilli suyuqliklar bilan ishlaganda zaharlanish mumkin. Organizmga zaharli modda tushganda xech qanday klinik belgilar ko’rinmaydi, yashirin davr, ya`ni 3—5 kundan keyin intoksikatsiya, psixoz holati rivojlanadi, uyqusizlik paydo bo’ladi. Psixoz holati ko’pincha alkogolizm oqibatida yuz beradigan oq alahlashni eslatadi. Og`ir zaharlanishda psixomotor qo’zg`alishlar rivojlanadi va bir necha vaqtdan so’ng komatoz holat paydo bo’ladi. Odamning hayotiy muhim a`zolari tufayli o’lim sodir bo’ladi. Surunkali zaharlanishlar. Etillangan benzin bilan ishlaydigan kishilarda (shoferlar, ombor ishchilari va benzin quyuvchilar) bu holdagi zaharlanish ko’p uchrab turadi. Zaharlanish asta-sekin sodir bo’ladi, chunki tetraetilqo’rg`oshin kumulyativ xususiyatga ega. Bunda bosh og`rishi va tez charchash paydo bo’ladi, ishtaha yo’qoladi. Uyqu yuzaki bo’lib, dahshatli tushlar ko’radi. Ko’p terlash kuzatiladi. Astenik holat asta-sekin og`irlashib boradi va umumiy loxaslik kuchayadi, darmonsizlik, xotira pasayishi, ishlash qobiliyatini yo’qolishi kabi alomatlar paydo bo’ladi. Jizzakilik, serjahllik emotsiyaning buzilishi rivojlanadi. Zaharlangan odam ishtaha yo’qligi tufayli oriqlab ketadi. Erkaklarda mijoz susayib ketadi. www.ziyouz.com kutubxonasi 52 Ayrim vaqtlarda zaharlangan kishilarda paresteziya paydo bo’ladi. Ular qo’l- oyoklarning uvishib qolishidan, badan jimirlashi, og`izda birorta narsa bordek tuyulishi, tishlarning «yumshab» qolganligidan shikoyat qiladilar. Ba`zi kishilarning qo’l-oyoqlarida, muskullarida va bug`imlarida og`riq paydo bo’ladi. Zaharlanganlar tekshirib ko’rilganda ularda uchlik simptomi: bradikardiya, gipotoniya va gipotermiya aniqlanadi. Bundan tashqari, ularda gipergidroz, qo’llarning titrashi (tremor), pay reflekslarining taranglashgani kuzatiladi. Moddalar almashinuvining buzilishi tufayli odam oriqlab ketadi. YOshiga nisbatan ancha qari ko’rinadi. Qon tekshirib ko’rilganda xech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi, lekin ba`zan leykotsitoz kuzatiladi. Siydik biokimyoviy tekshirilganda siydikda qo’rg`oshin borligi aniqlanadi. Siydik tarkibida 0,05—0,07 mg/l miqdorda qo’rg`oshinning bo’lishi tetraetilqo’rg`oshindan zaharlanganlikni bildiradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling