Toksikologiya asoslari doc
O’simlikdan zaharlanish belgilari va alomatlari
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10-BOB HAYVON ZAHARLARI BILAN ZAHARLANISH
O’simlikdan zaharlanish belgilari va alomatlari.
1. O’simlik zahari ovqat hazm qilish yo’lining shilliq pardasini qattiq zararlantiradi. O’simlik zahari bilan zaharlanganlik alomatlari 1-2 soatdan so’ng ko’rinadi. 2.Ko’ngil ayniydi, qayt qilish, ich ketishi boshlanadi. 3.Kuchli suvsizlanish umumiy madorsizlanishni keltirib chiqaradi. 4.Mingdevona bilan zaharlanganda bosh aylanib, kuzga har xil narsa ko’rina boshlaydi. O’simliklar bilan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish. 1.Og`iz orqali zaharlanishdagi kabi ko’rsatmalarga amal qilish. 2.Jabrlanuvchiga absorbent, masalan, qotgan non berish mumkin. 3.Jabrlanuvchini o’rniga yotqizish. 4.Tez yordam chaqirish. 10-BOB HAYVON ZAHARLARI BILAN ZAHARLANISH Dunyoda zaharli hayvonlarning 5000dan ortiq turi mavjud. Har yili dunyoda 10 milliondan ortiq kishini hayvonlar chaqadi, ularda yarim millioni zaharli ilonlar tufayli a`ziyat chekadi, o’lim bilan tugash hollari 30 mingdan 50 minggacha. Turli baliq toksik zaharlanish holatlar 20 ming kishida uchrab, tahminan 200 holatda inson o’limi bilan tugaydi. Zootoksilarning kimyoviy tarkibi xilma xil bo’lib, ular o’ta zaharli va og`ir patologik sindromlarni chaqiradi. Zootoksiklar hayvonlarning turli sinflarida ,sodda hayvonlardan sut emizuvchilar sinfiga qadar bo’ladi. Ko’pchilik zaharli hayvonlar suvda yashashadi. O’rgimchaklar amfibiyalar, reptiliya vakillarining ko’pchiligi zaharlidir. www.ziyouz.com kutubxonasi 62 Zahar dushman organizmiga asosan nishlar (asalari, arilar, o’rgimchaklar), zaharli tishlar (ilonlar) yoki suzgichlar (baliqlarda) yordamida yuboriladi. Bazi bir a`zolar va to’qimalarda yig`ilgan zootoksinlar tufayli, bu mahsulotlar ovqatga ishlatilganda o’tkir zaharlanishga sababchi bo’ladi. Hayvon zaharlarining asosiy tarkibiy qismi proteinlardan iborat bo’lib, ular ferment va polipeptidlardir. Toksinlar murakkab kimyoviy tuzilishga ega bo’lib, har- xil turdagi zaharli hayvonlarda turli birikmalar ko’rinishida uchraydi. Eng zaharli bo’lgan hayvon toksini- tetrodoksindindir (fugu balig`ida). Bu zahar periferik nerv tizimining o’tkir shikastlanishiga sababchi bo’ladi. Ko’pchilik hayvon zaharlari tarkibida fermentlar bo’ladi. Fosfolipaza A 2 letsitinni faollashtiradi. Letsitin gemolitik va tsitolitik xususiyatlarga ega bo’lib, ilon chaqqanda qon va to’qimalarni shikastlaydi. L-aminooksidaza aminokislotalarni ketonga aylantiradi, keton to’qima peptidazasini faollashtiradi, oqibatda to’qimalar destruktsiyasi kuchayadi. Ayrim hayvon zaharlarida glikozidlar bo’lib, avtonom nerv oxirlariga ta`sir qiladi va bir paytning o’zida nerv, yurak-qon tomir tizimlari va ovqat hazm qilish tizimini shikastlanishi simptomlarini keltirib chiqaradi. Ko’pchilik hasharotlar chaqqan paytda kuchli organik kislotalar ajratadi, oqibatda kimyoviy quyish tipidagi toksik dermatitni rivojlantiradi. Zaharli hayvonning jinsi va yoshi, uning oziqlanishi va rivojlanish sharoiti, yil fasllari va yashash muhiti zaharlanishning toksikligiga ta`sir qiladi. Hayvonlarning og`zi orqali ajraladigan zaharlar odatda xujum qilish uchun xizmat qiladi va og`riqqa sababchi bo’ladi. Bu zahar hayvonning boshqa qismlaridan ajraladigan zaharlarga qaraganda kuchliroq bo’ladi. Hayvon zaharlarining tarkibi asosan oqsildan iboratligi, ularning neyrotoksikligi – markaziy va periferik nerv tizimini shikastlashi, yurak ritmi va o’tkazuvchanligini buzilishi, qon tizimi, shu jumladan, eritrotsit va trombotsitlarning ishdan chiqishi bilan kuzatiladi. Ilon zaharining odam organizmiga ta`siri zaharli hayvonlar toksinining tipik ta`siri sifatida ko’rib chiqish mumkin. Markaziy nerv tizimining shikastlanishi karaxtlik, intoksikatsion psixoz simptomlari, tomir tortishi, tutqanoq sindromlari, periferik parezlar ko’rinishida bo’ladi. Og`ir zaharlanish nafas olishning buzilishi, xushdan ketish, gemodinamikani buzilishi (kollaps) va tana temperaturasining ortishi bilan xarakterlanadi. Toksikozning asorati trombogemorragik sindrom (teriga qon quyilishi, qon ketish, anemiya) ko’rinishida bo’ladi. Ilgari ilon chaqqan yoki zaharlanganlarda anafilaktik shok bo’lishi mumkin. Toksikozlar bolalarda juda og`ir kechadi. Zaharli hayvonlar chaqqan joyda to’qimalarning shishi, giperemiya, gematoma juda tez rivojlanib, oyoq-qo’l ishdan chiqadi va kuchli og`riq bo’ladi. Hayvon zaharlari bilan zaharlanganda kompleks davo choralari qo’llaniladi (simptomatik, detoksikatsion va spetsifik). Asosiy spetsifik tez yordam spetsifik mono- va polevalenili zardoblar yuborishdan iborat. www.ziyouz.com kutubxonasi 63 Ilon chaqqanda 500-1000 TBda ilon zahariga qarshi zardob muskullar orasiga yuboriladi. Og`ir xollarda esa – ikki marta. Eng yaxshi samara zardob ilon chaqqandan so’ng birinchi kuni yuborilganda kuzatiladi. Zaharli xasharotlar (qoraqurt, chayon, tarantul) chaqqanda qoraqurtga va chayonga qarshi zardob 500-2500 TBda yuboriladi. Agar bu zardob bo’lmasa, ilon zahariga qarshi zardobni yuborish mumkin. Bundan tashqari ilon chaqqanda qoqsholga qarshi zardob (profilaktika maqsadida) va (1000 TB/1 sutkada) geparin buyuriladi. Detoksikatsion samara venaga albumin eritmasi va gemodez yuborilganda yuqori darajada bo’ladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling