Qo’ziqorinlar. Qo’ziqorinlar xo’raki va zaharli bo’lib, eng mashhur xo’raki
qo’ziqorinlar — oq qo’ziqorin, qizil qo’ziqorin, qayinzorda o’sadigan qo’ziqorn,
siroejka bilan bir qatorda ko’pincha « oddiy qo’ziqorin» deb ataladigan boshqalari ham
ma`lum. Qo’ziqorinlar qaloqchasidan va poyasidan bilinadi. Biroq noma`lum
qo’ziqorinni zaharlimi ,- yo’qmi, aniqlab olish juda qiyin.
Qo’ziqorin yig`ar payitda qatiy qoidaga amal qilish: qanaqaligi ma`lum
bo’lmaganini termaslik zarur, chunki, u zaharli bo’lsa, zaharlanishga olib kelishi
mumkin. YAna bir qoidani yodda tutish zarur: kerak bo’lmagan qo’ziqorinni uzmaslik
kerak.Ko’pincha odamlar muxomorni, (zaharli qo’ziqorin) zaharli bo’lgani uchun
qayirib qo’yishadi. Biroq u odam uchun zaharli, tabiatan esa o’zining muhim vazifasini
bajaradi, chunki dov-daraxt, o’t-o’lanlar qo’ziqorinda kechadigan jarayonlar bilan
o’zaro bog`liq.
Zaharli oq poganka. Barcha ma`lum qo’ziqorinlar orasida bo’z qo’ziqorin eng
zaharlisidir. Bu taram-taram (plastinkali) qo’ziqorin bo’lib, quyi tomonida radiusi
bo’ylab tarqaladigan oppoq osma plastinkatar joylashgan bo’ladi. Qalpog`ining yuqori
qismi mayin, oq yoki yashil-jigarrang bo’lib, markazga qarab qorayib boradi.
Qo’ziqorinning chetlari silliq bo’ladi. Uning poyasida alohida belgilari bor: u ko’pshncha
ingichka bo’lib, ildiz yonidan yuqoriga qarab, tugunaksimon yo’g`onlashib boradi,
poyasida qoplama, yuqori qismida esa oq eki yo’l-yo’l halqa bor. Bu tur qo’ziqorin
tilog`ochzor yoki aralash o’rmonda uchrab, ochiq joyda o’sadi.
Qizil muxomor.Qizil muxomor rangi qovoq-sariq rangdan to’q qizil ranggacha
bo’ladi. YOsh qo’ziqorinning qalpoqchasi sharsimon bo’lib, keyinchalik «zontik» kabi
ochiladi, plastinkasi oq rangda bo’ladi. Qalpog`ining ustida oq yoki kul rang, bo’qog`i
kuzga tashlanib turadi. Poyasi oq yoki sarg`ish, yuqori qismida halqasi bo’ladi, quyisi
tugunaksimon yo’g`onlashib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |