Toksikologiya asoslari doc


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Hol-hol muxomor. Hol-hol muxomor ham qizil muxomor bilan bir joyda o’sadi, 
u ham zaharli. Bu qo’ziqorigg`ning qalpoqchasi odatda qizil muxomornikiga nisbatan 
kichikroq bo’ladi, rangi to’q qizil yoki binafsha rang aralash kulrang-qo’ng`ir, yo’qolib 
boradigan pag`alar tarzidag`i oq dog`lari, siyrak oq plastinkalari bor.
www.ziyouz.com kutubxonasi


60 
Badbo’y muxomor. Badbo’y muxomor archazorlar va qarag`ayzor o’rmonlarda 
uchraydi. Qalpog`i sharsimon, qonus shaklida (tepasi uchli), oq, ba`zida sariq 
rangda, po’sti yomg`ir yoqqanda shilimshiq bo’lib qoladi. Quruq o’rmonda yaltirab 
turadi. Plastinkalari oq. Poyasi oq, paxmoq, halqali bo’ladi.
Sariq shampinon. Ko’pchilik shampinon iste`mol qiladi. biroq uning zaharli
sariq turi borligini ko’pchilik bilmaydi. Qo’ziqorinning qalpog`i qo’ng`iroqsimon, 
xo’rakisiniki esa sharsimon bo’ladi. Qo’ziqorin go’shti qo’ng`ir-oqish rangda bo’ladi, 
xo’rakisinikidan farqli ravishda, u ezilsa, sarg`ayadi. Qo’ziqorinda «dori hidi» bor. 
Poyasi oq, g`ovak, asosi shishgan bo’ladi. Etilgan zaharli qo’ziqorinning plastinkasi 
jigarrang.Xo’raki shampinonning go’shti doim oq bo’ladi, yosh qo’ziqorinning 
plastinkalari och-pushti, etilganiniki -binafsha - pushti rangdan to’q binafsha ranggacha 
bo’ladi.
Soxta tunka zamburug`i. Soxta to’nka zamburug`i har xil bo’ladi. Qalpog`i 
qizg`ish-sarg`ish rangda, dastlab dumaloq-do’mboq bo’lib, keyinchalik yarim yoyiladi, 
qizil-qo’ng`ir, sargish-qizil, och qizil-jigarrangga kiradi. Qalpog`ining` markazida 
rang to’qroq bo’ladi, qalpog`ida (tangasimon) qoplama bo’lmaydi. Go’shti sarg`ish, hidi 
yoqimsiz. Plastinkalari yopishib o’sgan, yosh qo’ziqorinda bo’g`iq sariq rangda
etilganlarida — qo’ng`ir-yashil rangda bo’ladi. Poyasi ostiga karab ingichkalashib ketadi, 
quyisida qo’ng`ir rangga kiradi. Qung`ir qalqa qoldig`i sezilmay ketadi. Xo’rakiga 
o’xshaydi-yu, undan kichikroq bo’ladi. Guruh-g`uruh bo’lib o’sadi.
Dojdevik. Qo’ziqorin yig`uvchilar orasida eng mashhuri — dojdevikdir. Uni 
soxga dojdevikdan farqlay olish lozim. Soxta dojdevik yoqimli hid taratadi. Mevali tanasi 
sharsimon yoki tug`unaksimon shaklda bo’ladi, soxta poyasi bo’lmaydi. Qobig`i bir 
qavat. Qo’ziqorin yo’g`on, po’sti qalin, buqog`li, kamdan-kam hollarda qoplamali, 
oqish-sarg`ish, kamdan-kam hollarda sarg`ish-qizil rangda bo’ladi. YOsh qo’ziqorin 
yorilsa, qobiq ostida dastlab sarg`ish-oqish go’shti ko’rinadi, so’ng u binafsha qora 
rangga kiradi, etilganida esa jigarrang-kulrang kasb etib, oqish yo’llari bo’ladi, 
marmarsimon jilva qiladi, bu uni haqiqiy dojdevikdan farqlovchi asosiy jihatidir.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling