61
O’simliklar. O’simliklardan kuchli zaharlanish tez-tez uchrab turadi. Bu holat
ko’pincha issiq kunlarda noma`lum o’simliklarni ziravor sifatida ovqatga qo’shib
eydigan turistlar hamda yozgi ta`tilda lagerga va dala-hovlilarga
ketadigan bolalar
orasida uchraydi. Ba`zan odamlar «bilag`onlar» maslahatiga ko’ra giyoh ekstraktlari va
qaynatmalarini ichib, o’zlarini davolamoqchi bo’lganlarida o’simlikdan qattiq
zaharlanish sodir bo’ladi. Ayrim zaharli o’simliklarga tegilsa, ular terini hamda og`iz
shilliq pardasini qattiq kuydirib, allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi.
Tabiatda beladonna, oddiy zirk, bangidevona, mingdevona, kanakunjut, qarg`a
kuz mevasi, taflon, it uzum uchraydi.
Profilaktikasi.O’simlikdan zaharlanishning oldini olish. Kishi o’zida va
farzandlarida noma`lum o’simliklarni chetlab o’tishdek
yaxshi odat hosil qilishi
kerak.
1.Noma`lum o’simliklarni ovqatga ishlatmaslik.
2.Bolalarga mevani o’zlari terishlariga ruxsat bermaslik.
3.Uy sharoitida, vrach maslahatisiz tayyorlangan giyoh ekstraktlarini ichmaslik.
4.Giyoh ekstraktlari va qaynatmalarining vrach tayinlagan miqdorni o’zicha
oshirmaslik.
5.Sayohatga ketayotganda, birinchi yordam dori qutisini o’zi bilan olishni hamda
zaharlanish hollarining oldini qanday olishni bilib olishni unutmaslik.
Do'stlaringiz bilan baham: