Toksikologiya asoslari doc


Ilon chaqqanda birinchi yordam ko’rsatish


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Ilon chaqqanda birinchi yordam ko’rsatish:
1. Birinchi yordam ko’rsatishning asosiy qoidalariga amal qilish kerak. 
2.Jabrlanuvchiga qulay o’rnashib olishiga yordam berib, hamda, agar imkon bo’lsa, 
zahar so’rilishini sekinlashtirish uchun, tananing chaqilgan qismini yurak sathidan 
pastroq tushirish. 
3.CHaqilgan joyga muz qo’yish. 
4.Jabrlanuvchini tinchlantirish hamda unga harakatsiz yotishni maslahat berish. 
Ilon chaqishi kamdan-kam hollarda o’limga olib keladi. Biroq bemorga iloji 
boricha tezroq vrach yordamini ko’rsatish kerak. Kichik bolalar, tana massasi kichik 
bo’lgani uchun. havf-xatarda qolib ketishi mumkin.
Zaharni og`iz bilan so’rib olishga urinmaslik, jarohatni ishqalamaslik hamda jgut 
bog`lamaslik zarur. 
 
 
11-BOB 
ZAHARLOVCHI MODDALAR BILAN ISHLASH QOIDALARI 
Zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda yoki unga shubxa qilinganda 
himoya choralariga qat`iy rioya qilish kerak. Dala sharoitida tortuvchi ventilyatsiya 
moslamalari, gaz, suv tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarining yo’qligi kimyoviy 
tekshirishlar o’tkazish uchun ma`lum qiyinchilik tug`diradi. SHuning uchun 
tekshirish o’tkazilayotgan vaqtda quyidagi havfsizlik texnikasi qoidalariga rioya 
qilish zarur:
1.namuna bilan qilinadigan barcha operatsiyalar, ya`ni ob`ektlardan olib kelingan 
namunalar kuzdan kechirilayotganda, ularni boshqa idishlarga solish, aniq miqdorni 
olish, qismlarga bo’lish va boshqa ishlar bajarilayotgan vaqtda protivogaz, himoya 
qo’lqopi kiyilgan bo’lishi, fartuk taqilishi kerak;
2.tahlil o’tkazilayotgan joyda oziq-ovqat, suv iste`mol qilish va ularni saqlashga 
ruxsat berilmaydi.
3 tahlil o’tkazilayotgan joyda begona kishilarning bo’lishi mumkin emas;
www.ziyouz.com kutubxonasi


65 
4.berk joylarda, xandaqlarda, ish olib borilayotgan vaqtda vaqti-vaqti bilan shu 
joylarni shamollatib turishga harakat qilish kerak, ma`lum vaqtdan so’ng ishlayotgan 
joyning havosi tozaligi indikator naychalari yordamida tekshirib turilishi lozim;
5.juda ko’p namunalar bilan ishlashga to’g`ri kelib qolganda, ularni zich yopiladigan 
maxsus yashiklarda yoki maxsus ajratilgan joylarda saqlash kerak;
6.ochiq joyda ishlayotgan vaqtda tekshirish ishlarini o’tkazayotgan kishi shamol 
esadigan tarafda turib ishlashi kerakki, esgan shamol zaharlovchi modda bug`larini 
boshqa tomonga olib ketishi uchun;
7.tahlil o’tkazib bo’lgandan so’ng namuna qoldiqlari, laboratoriya idishlari va 
apparatlar ichida qolgan narsalar mahsus tayyorlangan joyga ko’milishi kerak;
8.asboblar, ishlatilgan maxsus jihozlar va boshqalar zaharlovchi moddaning turiga 
qarab degazatsiya qilinadi;
9.tahlil ishlarini olib borgan kishi ish tugagandan so’ng sanitariya ishlovidan o’tishi 
kerak. 
Dala sharoitida suvni degazatsiya va dezaktivatsiya qilish uchun muhandislar 
xizmati bo’limi tabelidagi filtrlar: MAFS-6000—bir soatda 6000 litr suvni 
tozalaydigan mexanizatsiyalashgan avtofiltrlash stantsiyasi va TUF-200 — bir soatda 
200 litr suvni tozalaydigan to’qima-ko’mir filtrdan foydalaniladi (5-jadval). 
www.ziyouz.com kutubxonasi


66 
5-jadval. 

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling