Toksikologiya asoslari doc


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/42
Sana01.11.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1737725
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
Toksikologiya asoslari (B.Ibragimxodjayev va b.)

Hasharotlar va hayvonlar. Ari va qovoqari chaqish orqali o’z zaharini teri ichiga 
yuboradi, bunda ari ignasi jarohatlangan joyda qolishi mumkin. CHumoli va boshqa ayrim 
hasharotlar chaqadi-yu, ignasini qoldirmaydi. CHaqish va tishlash ancha og`riqli bo’ladi, 
lekin kamdan-kam hollarda o’limga olib keladi. Biroq ayrim odamlarda ular og`ir allergik 
reaktsiya beradi, ana shu reaktsiya anafilakgik shokni keltirib chiqarishi mumkin.
Hasharotlar chaqqanida birinchi yordam qo’rsatish.
1.Igna teriga sanchilaganicha turgan bo’lsa, uni tirnoq yoki boshqa bironta buyum bilan qirib 
chiqarib olish. Bunda pintsetdan foydalanmaslik kerak, chunki igna qisilganda teri ichiga 
yanada ko’proq zahar tushishi mumkin. 
2.CHaqilgan joyni yuvib. ifposlanmasliga uchun ustiga biron narsa yopib qo’yish. 
3.Og`riqni va shishni kamaytirish uchun sovuq kompress qo’yish. 
• Jabrlanuvchining ahvolini muntazam kuzatish, allergik reaktsiyani hisobga olib xushyor 
turish.
 
Dengiz hayvonot olami vakillari. 
 Baliq va meduzalarning muayyan turlari, shuningdek dengiz hayvonot olamining boshqa 
vakillari qattiq chaqishi yoki sanchishi mumkin. Bunday chaqish yoki sanchish jiddiy 
muammoni yuzaga keltirishi, hatto anafilakgik shok, falaj, nafas va yurak faoliyatining 
buzilishiga olib kelishi mumkin.
Meduza kuydirganida yoki dengiz hayvoni nish urganida avval suvdan chiqib olish
so’ng zararlangan joyni ishqalamay yaxshilab yuvish kerak. Himoya ko’lqopini kiyib,. suv 
hayvonining paypaslagachini olib tashlash va 10 hissa suv ,bir hissa xo’jalik ammiagi, sirka 
yoki osh sodasidan iborat eritma tayyorlab, zararlangan joyga ko’yish zarur. 
Meduza kuydirganida og`riqni qoldirish uchun zararlangan joyga muz qo’yish 
yaxshi yordam beradi. 
Ilon.
Ilon, odatda, harakatlanayotgan ob`ektga hujum qiladi. Ilon hujum qilganda 
uning uzunligining uchdan ikki qismi oddinda va uchdan bir qismi balandda bo’ladi. 
Ilonni ko’rib qolganda, asta-sekin orqaga, havfsiz joyga qaytish zarur. 
Suvda ilonning hujum qilish zonasi kichikroq bo’ladi, lekin ilon yaxshi suza oladi. 
Ilon suvda chaqqanda ham, quruqlikda chaqqandagidek havfli bo’ladi. Ilon eshitmaydi, 
biroq vibratsiyadan ogoh bo’lib turadi. Binobarin, agar ilon etib oladigan zonada 
bo’lgaeda, qatgiq ovoz chiqarmaslik kerak. 
Ilon chaqqanlign belgilari va alomatlari 
1.Og`riq (zaharli ilon chaqqan bo’lsa, og`riq chilab bo’lmas darajada bo’ladi). 
2.Juft yoki toq tishlangan jarohat. 
3.CHaqilgan joyda teri rangining o’zgarishi hamda shishish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


64 
4.Holsizlanish, nafas olishning buzilishi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling