Tolalarning ahamiyati va tahlili


Download 264.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana12.03.2023
Hajmi264.31 Kb.
#1264880
  1   2
Bog'liq
111 (1)



ALOQA LINIYALARIDA QO‘LLANILADIGAN OPTIK 
TOLALARNING AHAMIYATI VA TAHLILI 
Matyokubov O‘, Djumaniyazov O, Muradov M. 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali 
Annotatsiya 
Ushbu ishda aloqa liniyalarida qo‘llaniladigan optik tolalarning texnik 
xarakteristikalari bo‘yicha xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Bunda asosan optik tola 
turlari, xususiyatlari, optik tolali kabelning ustunligi va aloqa liniyalaridagi 
qo‘llaniladigan optik talali kabellardagi yo‘qotishlar tahlil qilingan. 
Annotation 
In this paper, the technical characteristics of optical fibers used in communication lines 
are considered. It mainly analyzes the types and characteristics of optical fibers, the 
advantages of optical fiber cable and the losses in optical fiber cables used in 
communication lines. 
Аннотация 
В данной работе рассмотрены технические характеристики оптических волокон, 
используемых в линиях связи. В основном анализируются типы и характеристики 
оптических волокон, преимущества волоконно-оптических кабелей и потери в 
волоконно-оптических кабелях, используемых в линиях связи. 
Kalit so‘zlar: Optik tola, bir modali, ko‘p modali, kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimer, 
aloqa liniyasidagi yo‘qotishlar. 
Keywords: Losses in optical fiber, one fashion, multi fashion, Quartz, multi- component 
glass, polymer, communication line 
Ключевые слова: Потери в оптическом волокне, одномодовое, многомодовое, 
Кварцевое, многокомпонентное стекло, полимер, линия связи. 
 
KIRISH 
XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanib ko‘plab sohalarda misli ko‘rilmagan 
yutuqlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot texnologiyalarini rivojida 
optik aloqa liniyalari dolzarb o‘ringa ega. Optik aloqa liniyalaridan foydalanayotgan 
foydalanuvchilar juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birgalikda optik 
aloqa liniyalarida aloqaning ishonchliligi, tarmoqning kengligi, shovqinbardoshligi va 
eng asosiysi yuqori tezlikda ma’lumotlarni xavfsiz almashish imkoniyatini ta’minlash 
zarur hisoblanadi. 
Ma’lumki, optik tolalar shisha yoki plastmassadan tayyorlanadi. Yorug‘lik tolaning 
o‘rtasi bo‘ylab bir uchidan ikkinchisiga uzatiladi va signal beriladi. Bitta optik tola 
bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. Optik 
tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi, ma’lumot o‘tkazish oralig‘ining kengligi, 
tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng 
muhim afzalliklaridan biridir [1]. 
Ma’lumki, nurtola tarkibida bir-biridan farq qiluvchi ikki sohadan iborat bo‘lib, o‘zak 
qismi (~8 mm) va atrofdagi qobig‘iga (~125 mkm) ega. O‘zak qobiq bilan taqqoslaganda 
yuqori sindirish ko‘rsatkichiga ega. Bu to‘la ichki qaytish tufayli nurning o‘zak orqali 
sochilishini ta’minlaydi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida nurtolaning kichik tashqi 
diametri uni 1 sm radiusgacha egishga imkon beradi, bu esa deyarli har qanday marshrut 
bo‘ylab tolali kabellarni yotqizishga imkon yaratadi [2]. 
Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 


kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‘nishga ega. 
Shovqin sathini kichikligi ya’ni shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi optik 
tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, ko‘p 
tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni 
induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning 
(elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit 
shovqinlariga ta’sirchan emas. Optik tolaning yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining 
kichikligi mis kabellarga qaraganda ustunligini bildiradi va ancha kichik. 
Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1 sm diametrli bitta optik tola 
bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va 
bron po‘lat lenta bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu 
esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. Uning asosini tabiatda 
keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Tolali optik kabellarni ishlab 
chiqarish uchun qimmat baho rangli metal sarflanmaydi [3]. Mis zahirasi dunyoda 
cheklangani optik tolaning va shunga o‘xshash kabellar yaratilishiga turtki bo‘lmoqda. 
Natijada mis kabellaridan ancha arzon bo‘lgan optik tolali kabellar yaratilmoqda. Bu esa 
optik aloqa liniyalarining rivojlanishiga olib keldi. 
Bir modali optik toladan faqat bir moda (yorug‘lik tashuvchi) uzatiladi. Ko‘p 
modali optik toladan esa apertura burchagi doirasida tolaga turli burchaklar ostida 
kiritiladigan bir necha yuzlab ruxsat etilgan modalarni bir vaqtda uzatish mumkin. 
Bir modali optik tolalarda modalararo dispersiyaning yuzaga kelmasligi sababli 
ular yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega. Optik tolada signallarni uzatish sifatiga 
ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya bu 
yorug‘lik impulslari oxirlarini cho‘zilishi, ya’ni impulslarni kengayishidir. 
Impulslar kengayib, bir birini qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va 
qabul qilishda impulslar ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib 
bo‘lmay qoladi. Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarni ish 
tezligini chegaralaydi [4]. 
Ushbu ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha texnik o‘lchashlar Xorazm viloyati Urganch 
shahar hududida “O‘zbektelekom” AK abonentlarining optik aloqa liniyalarida 
olib borilib yo‘qotishlar sabablari aniqlandi va tahlili olib borildi. Ilmiy tadqiqot 
ishlari EXFO firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan reflektometr (1-rasm) va 
“O‘zbektelekom” AKning Billing sistemasi yordamida amalga oshirildi. 2- rasmda 
Billing sistemasi yordamida olingan natijalar ko‘rsatilgan. 
1- 
rasm. Optik aloqa liniyasidagi yo‘qotishlarni Reflektometr yordamida 
olingan natijalari


2- 
rasm. Optik aloqa liniyasidagi yo‘qotishlarni Billing sistemasi orqali aniqlash
1- 
jadvalda 
olib 
borilgan 
tadqiqotlar 
yordamida 
olingan 
natijalar 
umumlashtirilgan. Bunda 4 ta optik aloqa liniyasiga ulangan abonent liniyalaridagi 
yo‘qotishlar, kabel turi, liniya uzunligi, qurilmalararo ulanishlar soni va bukulish 
graduslari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borildi. Ulanishlar optik payvantlash orqali 
amalga oshirilgan bo‘lib bu jarayon optik aloqa liniyasidagi yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi, 
ya’ni payvantlash paytida optik tola himoya vositalaridan mukammal tozalanib, uni tekis 
kesish va payvantlash jarayonida yuqori aniqlik bilan ishlash talab qiladi. Aks xolda 
payvantlash jarayonida -0.2 dan -0.5 dB gacha yo‘qotishlar vujudga keladi. Qurilmalar 
orasida ulangan tola konnektr orqali ulanadi. Bunda odatda -0.1 dB gacha yo‘qotishlar 
mavjud. Agar optik tolani konnektrga payvantlash jarayoni noto‘g‘ri amalga oshirilsa -
0.3 dan -1 gacha signal yo‘qotishlari vujudga keladi. Yo‘qotishlar optik tola uzunligiga 
qarab emas, optik aloqa liniyasida optik tola ulanish joylari, qurilmalar bilan ulanish 
joylarida va optik kabelni yotqizish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli paydo 
bo‘ladi. Masalan, optik aloqa liniyasiga yotqizilgan tolaning garadusi 45 ° dan oshib 
ketishi sabab bo‘ladi. Agar optik aloqa liniyasida yo‘qotishlar -30 dB dan ortib ketsa liniya 
ishlamay qoladi.
1-jadval. O‘lchashlar orqali olingan natijalar.
T
/r
O‘lchamlar
1-liniya
2-liniya
3-liniya
4-
liniya
1
Liniya uzunligi 
(m)
5092
5137
600
300
2
Yo‘qotishlar 
(dB)
-18.1
-17.6
-17.7
-17.7
3
Optik kabel turi
Gjyxch2B
6a2
Gjyxch2B
6a2
Gjyxch2B
6a2
Gjyxch
2B6
4
Tolaning 
maksimal
bukulish gradus
45° gacha
45° gacha
45° gacha
45° 
gach
5
Qurilmalararo
ulanishlar soni
6
6
4
4
6
Ulanishlar soni
2
2
-
-

Download 264.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling