Tolalarning ahamiyati va tahlili
Download 264.31 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq111 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Annotatsiya
- Kalit so‘zlar
- Ключевые слова
ALOQA LINIYALARIDA QO‘LLANILADIGAN OPTIK TOLALARNING AHAMIYATI VA TAHLILI Matyokubov O‘, Djumaniyazov O, Muradov M. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali Annotatsiya Ushbu ishda aloqa liniyalarida qo‘llaniladigan optik tolalarning texnik xarakteristikalari bo‘yicha xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Bunda asosan optik tola turlari, xususiyatlari, optik tolali kabelning ustunligi va aloqa liniyalaridagi qo‘llaniladigan optik talali kabellardagi yo‘qotishlar tahlil qilingan. Annotation In this paper, the technical characteristics of optical fibers used in communication lines are considered. It mainly analyzes the types and characteristics of optical fibers, the advantages of optical fiber cable and the losses in optical fiber cables used in communication lines. Аннотация В данной работе рассмотрены технические характеристики оптических волокон, используемых в линиях связи. В основном анализируются типы и характеристики оптических волокон, преимущества волоконно-оптических кабелей и потери в волоконно-оптических кабелях, используемых в линиях связи. Kalit so‘zlar: Optik tola, bir modali, ko‘p modali, kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimer, aloqa liniyasidagi yo‘qotishlar. Keywords: Losses in optical fiber, one fashion, multi fashion, Quartz, multi- component glass, polymer, communication line Ключевые слова: Потери в оптическом волокне, одномодовое, многомодовое, Кварцевое, многокомпонентное стекло, полимер, линия связи. KIRISH XXI asr axborot texnologiyalari asri hisoblanib ko‘plab sohalarda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Axborot texnologiyalarini rivojida optik aloqa liniyalari dolzarb o‘ringa ega. Optik aloqa liniyalaridan foydalanayotgan foydalanuvchilar juda katta imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birgalikda optik aloqa liniyalarida aloqaning ishonchliligi, tarmoqning kengligi, shovqinbardoshligi va eng asosiysi yuqori tezlikda ma’lumotlarni xavfsiz almashish imkoniyatini ta’minlash zarur hisoblanadi. Ma’lumki, optik tolalar shisha yoki plastmassadan tayyorlanadi. Yorug‘lik tolaning o‘rtasi bo‘ylab bir uchidan ikkinchisiga uzatiladi va signal beriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi, ma’lumot o‘tkazish oralig‘ining kengligi, tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalliklaridan biridir [1]. Ma’lumki, nurtola tarkibida bir-biridan farq qiluvchi ikki sohadan iborat bo‘lib, o‘zak qismi (~8 mm) va atrofdagi qobig‘iga (~125 mkm) ega. O‘zak qobiq bilan taqqoslaganda yuqori sindirish ko‘rsatkichiga ega. Bu to‘la ichki qaytish tufayli nurning o‘zak orqali sochilishini ta’minlaydi. Telekommunikatsiya tarmoqlarida nurtolaning kichik tashqi diametri uni 1 sm radiusgacha egishga imkon beradi, bu esa deyarli har qanday marshrut bo‘ylab tolali kabellarni yotqizishga imkon yaratadi [2]. Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‘nishga ega. Shovqin sathini kichikligi ya’ni shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Optik tolaning yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining kichikligi mis kabellarga qaraganda ustunligini bildiradi va ancha kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1 sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat lenta bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun qimmat baho rangli metal sarflanmaydi [3]. Mis zahirasi dunyoda cheklangani optik tolaning va shunga o‘xshash kabellar yaratilishiga turtki bo‘lmoqda. Natijada mis kabellaridan ancha arzon bo‘lgan optik tolali kabellar yaratilmoqda. Bu esa optik aloqa liniyalarining rivojlanishiga olib keldi. Bir modali optik toladan faqat bir moda (yorug‘lik tashuvchi) uzatiladi. Ko‘p modali optik toladan esa apertura burchagi doirasida tolaga turli burchaklar ostida kiritiladigan bir necha yuzlab ruxsat etilgan modalarni bir vaqtda uzatish mumkin. Bir modali optik tolalarda modalararo dispersiyaning yuzaga kelmasligi sababli ular yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega. Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya bu yorug‘lik impulslari oxirlarini cho‘zilishi, ya’ni impulslarni kengayishidir. Impulslar kengayib, bir birini qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib bo‘lmay qoladi. Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarni ish tezligini chegaralaydi [4]. Ushbu ilmiy tadqiqot ishi bo‘yicha texnik o‘lchashlar Xorazm viloyati Urganch shahar hududida “O‘zbektelekom” AK abonentlarining optik aloqa liniyalarida olib borilib yo‘qotishlar sabablari aniqlandi va tahlili olib borildi. Ilmiy tadqiqot ishlari EXFO firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan reflektometr (1-rasm) va “O‘zbektelekom” AKning Billing sistemasi yordamida amalga oshirildi. 2- rasmda Billing sistemasi yordamida olingan natijalar ko‘rsatilgan. 1- rasm. Optik aloqa liniyasidagi yo‘qotishlarni Reflektometr yordamida olingan natijalari 2- rasm. Optik aloqa liniyasidagi yo‘qotishlarni Billing sistemasi orqali aniqlash 1- jadvalda olib borilgan tadqiqotlar yordamida olingan natijalar umumlashtirilgan. Bunda 4 ta optik aloqa liniyasiga ulangan abonent liniyalaridagi yo‘qotishlar, kabel turi, liniya uzunligi, qurilmalararo ulanishlar soni va bukulish graduslari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borildi. Ulanishlar optik payvantlash orqali amalga oshirilgan bo‘lib bu jarayon optik aloqa liniyasidagi yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi, ya’ni payvantlash paytida optik tola himoya vositalaridan mukammal tozalanib, uni tekis kesish va payvantlash jarayonida yuqori aniqlik bilan ishlash talab qiladi. Aks xolda payvantlash jarayonida -0.2 dan -0.5 dB gacha yo‘qotishlar vujudga keladi. Qurilmalar orasida ulangan tola konnektr orqali ulanadi. Bunda odatda -0.1 dB gacha yo‘qotishlar mavjud. Agar optik tolani konnektrga payvantlash jarayoni noto‘g‘ri amalga oshirilsa - 0.3 dan -1 gacha signal yo‘qotishlari vujudga keladi. Yo‘qotishlar optik tola uzunligiga qarab emas, optik aloqa liniyasida optik tola ulanish joylari, qurilmalar bilan ulanish joylarida va optik kabelni yotqizish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tufayli paydo bo‘ladi. Masalan, optik aloqa liniyasiga yotqizilgan tolaning garadusi 45 ° dan oshib ketishi sabab bo‘ladi. Agar optik aloqa liniyasida yo‘qotishlar -30 dB dan ortib ketsa liniya ishlamay qoladi. 1-jadval. O‘lchashlar orqali olingan natijalar. T /r O‘lchamlar 1-liniya 2-liniya 3-liniya 4- liniya 1 Liniya uzunligi (m) 5092 5137 600 300 2 Yo‘qotishlar (dB) -18.1 -17.6 -17.7 -17.7 3 Optik kabel turi Gjyxch2B 6a2 Gjyxch2B 6a2 Gjyxch2B 6a2 Gjyxch 2B6 4 Tolaning maksimal bukulish gradus 45° gacha 45° gacha 45° gacha 45° gach 5 Qurilmalararo ulanishlar soni 6 6 4 4 6 Ulanishlar soni 2 2 - - Download 264.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling