Tolali ekinlar yetishtirish texnologiyasi o‘quv amaliyoti


Download 1.96 Mb.
bet22/32
Sana22.01.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1110123
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32
Bog'liq
01-20 tolali ekinlar yetishtirish

Tezkor savol javob
1. Kanopni ivitish usullari
2Kanopni sovuq suvda ivitish
3. TMM-200K titish-yuvish mashinasining ishlash tartibi va tuzilishi
4 ALV-rusumli titish-ezish mashinasining tuzilishi va ishlash tartibi

3-ilova
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari



Guruh

Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Topshiriqni
misollar
bilan
yoritish 0-5 ball

Guruh a’zolarming faolligini. 0­5 ball

Jami
ball

1-gr













2-gr













3-gr













1ball - “qoniqarli”
2ball - “yaxshi”
3ball - “a’lo”
1 -Amaliy topshiriq:
ALT rusumli titish-yuvish mashinasining texnologik sxemasinio‘rganish.
2Amaliy topshiriq:
ALV mashinasining sxemasini o`rganish
3 Amaliy topshiriq:
Kanop po`stlog`ini issiq suvda ivitishnio`rganish
4-Ilova

Uyga vazifa


Kanopni titish-yuvish mashinasi ishlashini o`rganish
7 Mavzu Kanopni titish-yuvish mashinalari

Tolaning yuvilishini yaxshilash, mashinaning titish barabanlariga o`ralib qolmasligini ta`minlash, uzun tolaning chiqindisi qo`shilib ketishini kamaytirish, mashina konstruktsiyasini soddalashtirish aa massasini TMM-200-K mashinasinikiga nisbatan kamaytirish maqsadida biologik usulda ivitilgan po`stloqni ishlaydigan ALV rusumli mashina yaratildi. ALV mashinasi bir protsessli bo`lib, TMM-200-K mashinasidan printsipial farq qiladi. Bu mashina ham statsionar, ikki sektsiyali, har qaysi sektsiyasida bittadan barabani bor.





ALV mashinasining sxemasi


1-ta`minlovchi transportyor; 2,3-titish barabanlari; 4,5-siqib olib yuruvchi transportyor; 6-siquvchi moslama; 7-chiqaruvchi transportyor; 8-truboprovod sistemalari.
Mashina quyidagi asosiy qismlardan iborat; yuklagich stol, qiya ta`minlovchi transportyor 1 titish barabanlari 2 va 3, qisib olib yuruvchi transportyorlar 4 va 6, qisuvchi moslama 6 va chiqaruvchi transportyor 7 (3.9-rasm). Mashinada po`stloqni yuvish uchun suv beradigan truboprovodlar sistemasi 8, tolani mashinadan ezuvchi pressga o`tkazadigan mexanizm ham bor. Po`stloq qo`yiladigan stol ivigan po`stloqdan uzluksiz qatlam hosil qilish uchun xizmat qiladi. Materialning ta`minlovchi transportyorga surilishini osonlashtirish hamda suvning oshib tushishini ta`minlash maqsadida stol transportyor tomonga gorizontga 8, qiya qilib ishlangan. Stol yuzasiga silliq po`lat tunuka qoplangan. Ta`minlovchi transportyor 1 beshta blok ustida o`rnatilgan (har qaysi blokda ikkitadan yulduzcha bor) kalibrlangan, ikkita parallel joylashgan SK-7-21 rusumli dumaloq zvenoli zanjirdan iborat. transportyorga stoykalar montaj qilib o`rnatilgan bo`lib, yon tomoniga tunuka qoplangan. Ta`minlovchi transportyor zanjirida do`ngliklar bo`lib, ular po`stloqni olib yurishga va birinchi sektsiya titish barabani zonasiga kiritishga imkon beradi. Mashina birinchi va ikkinchi sektsiyasining materialni olib yuruvchi transportyorlari bir-birlariga o`xshash bo`lib, pastki ponasimon va yuqorigi fason tasmalardan tuzilgan. Birinchi va ikkinchi sektsiyada pastki tasmalar uchtadan shkivlarga o`rnatilgan. Blok zvenolari oralig`iga birinchi sektsiya transportyorining erkin aylanadigan shkiv o`rnatilgan. Ponasimop tasmali transportyorning yuqorigi tarmog`i po`lat yo`lakchaga tayanadi, pastki tarmog`i mashinaning yon tomonidan tituvchi baraban tagidan o`tadi. Mashinaning har qaysi sektsiyasidagi yuqorigi tansportyorning ish organi ikkitadan shkivlarga o`rnatilgan uzluksiz tasmadan iborat. Birinchi va ikkinchi sektsiyalarda uzatilayotgan materialning yanushi siqilishini ta`minlash uchun yuqoriai transportyorlarning pastki tarmog`i richagli roliklar orqali pastki transportyorning yuqorigi tarmog`iga siqilib turadi. Yuqorigi transportyorda ikkita yo`naltiruvchi rolik bor. Birinchi va ikkinchi sektsiy transportyorlarining o`qlari parallel joylashgan va bir-biriga nisbatan 300 mm siljitib o`rnatilgan. Birinchi va ikkinchi sektsiyalarning yuqori va pastki transportyorning tezligi bir xil (16,20 yoki 24 m/sek)
ALT rusumli titish-yuvish mashina

ALT rusumli titish-yuvish mashinasining texnologik sxemasi


1-ta`minlovchi transportyor; 2-qayiruvchi mexanizm (poya uchun); 3, 6-titish barabanlari; 4,7-birinchi va ikkinchi sektsiyadagi qisib olib yuruvchi transportyorlar; 5-sektsiyalararo uzatuvchi mexanizm; 8-pressga o`tkazuvchi transportyor; 9-siquvchi press.


Po`stloq va poyadan maksimal va yuqori sifatli uzun tola olish maqsadida hamda TMM-200-K, ALV titish -yuvish mashinalarining po`stloq ishlashdagi kamchiliklarni hisobga olingan holda yangi ALV rusumli titish-yuvish mashinasi yaratildi. Bu mashina hozir deyarli hamma kanop zavodlarida muvaffaqiyatli ishlatib kelinmoqda. ALV rusumli titish-yuvish mashinasi ivib tayyor bo`lgan hoe og`ochligi ko`p bo`lgan kanop po`stlog`i hamda poyasidan uzun tola ajratish uchun ishlatiladi. Mashina ikkita ketma-ket joylashgan titish-yuvish sektsiyalari, suv taqsimlovchi sistema va yuritmadan iborat. Mashinaning asosiy qismlari: ta`minlovchi transportyor, egib sindiruvchi mexanizm, birinchi titish-yuvish sektsiyasi, birinchi sektsiya bo`ylab kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, uzatib turuvchi mexanizm, ikkinchi titish-yuvish sektsiyasi, ikkinchi sektsiya bo`ylab kanopni qisib olib yuruvchi transportyor, mashinani suv bilan ta`minlovchi truboprovod sistemasi hamda mashinani harakatga keltiruvchi elektr dvigatellardan iborat.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling