Толали материаллар кимёвий технологияси


Download 0.85 Mb.
bet17/18
Sana03.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1150487
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
YEN.SAN.KIM.TEX. ЛАБОРОТОРИЯ

Ishni bajarish tartibi: Zanglamaydigan metaldan tayyorlangan idish, yumshatilgan suv quyuladi. Elektr pechka elektr tokka ulanadi 50x50 sm o’lchamda xom surib matosi qirqib olinadi va og’riligi elektr tarozida o’lchanadi.
Suvni xarorati 40 gradusga yetganda mato og’riligiga bog’liq ravishda kimyoviy moddalar idishga solinadi va eritma aralashtiriladi Qirqib olingan namuna idishga solinadidi va xarorat 100 gradusgacha ko’tarilib shu xaroratda 1 soat qaynatiladi songra qizitish toxtatilib elektr pechka elektr tokkidan uziladi suv tokib tashlanadi.
Qaynatilgan namuna oldin iliq suvda keyin esa sovuq suvda chayilib suv tokib tashlanadi idishga yangidan suv olib suvni xarorati 30 gradusgacha kotariladi mato ogirligiga nisbatan uxsus kislotasi idishga solinadi 10 min davomida netrollanadi.Netrollash jarayoni tugagandan keyin namuna sovuq suvda yuviladi so’ng namuna suvi siqilib dazmol yordaminda quritiladi,tayyor bolgan sifat korsatgichlari “yumshoqligi, oqliq darajasi suv shimuchanligi nitrolligi tekshiriladi
Xulosa


9-LABORATORIYA ISHI
Mersellash jarayonini o‘rganish
Ishdan maqsad: Merserlash jarayonini o’rganish jarayonlarini o’rganish
Kerakli uskuna va reaktiflar: Elektr pechka, zanglamaydigan metaldan tayyorlangan idish, yumshatilgan suv, pinset, shisha tayoqchalar, sirka kislotasi, elektr dazmol, koustik soda, sovun, vodorot pereoksidi, optik oqartiruvchilar, ip gazlamalar
Nazariy qism: Merserlash –bu sellyulozali materiallarga tarang tortilgan holatda tolaga konsentrlangan natriy ishqori bilan ishlov berishdir. Bunda tola o‘ziga xos yaltiroqlik, ipaksimonlik xususiyatiga ega bo‘ladi, uning gigroskopikligi, mustahkamligi va adsorbsion qobiliyati ortadi. Odatda merserlash ishqorning 225-300 g/l li eritmalari bilan 15-200°Ϲ 30-40 min. shimdirish va yuvish yo‘li bilan olib boriladi. Oxirgi 30 yil davomida o‘ta effektiv qaynoq merserlash ham amalga oshirilmoqdaki, bunda merserlashni qaynatish bilan birgalikda olib borish imkoni tug‘iladi. Sellyulozaga ishqor eritmasi bilan ta’sir etganda qator kimyoviy va fizik-kimyoviy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
Ishqorning kuchsiz eritmalari sellyulozaga kimyoviy ta’sir etmaydi. Agar temperatura 130-140°Ϲga ko‘tarilsa, sellyulozani havo kislorodi ta’sirida oksidlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Konsentrlangan ishqor ta’sirida ishqoriy sellyuloza hosil bo‘ladi.
Fizik-kimyoviy jarayonlar esa sellyulozani bo‘kishi va pastmolekulyar fraksiyalarni erishi bilan bog‘liqdir. Bo‘kish darajasi NaOH konsentratsiyasiga va temperaturaga bog‘liq. 12% li NaOH eritmasi ta’sirida temperatura, °Ϲ paxta tola diametrini o‘sishi, % 18 6,0-10, 66,0. Merserlangan tolaning cho‘zilishga pishiqligini oshishi toladagi bo‘shashgan joylarni bo‘kish natijasida yo‘qotilish xisobiga bo‘ladi. Toladagi namlik fibrillar yuzasini moylovchi rolini o‘ynagani sababli ular bir-biriga nisbatan qayta joylanishi mumkin. Natijada tola kristallik tuzilishidagi tartibsizlanish bilan bir qatorda uning fibrillarini tartiblanishi ortib boradi. Merserlangan tolani kristallik qismlari kamaygani sababli tolaning ichki xajmi oshadi, shu sababli merserlangan tolani adsorbsion qobiliyati yuqori bo‘ladi va turli kimyoviy reagentlar ta’siriga yuqori reaksion qobiliyat namoyon etadi. Merserlangan paxta tolasini adsorbsion qobilyatini o‘sishi faqat barit soniga ta’sir qilmay, balki material bo‘yaluvchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sorblangan bo‘yovchi moda miqdori 15-30% ga ortishi bilan bir qatorda uning koloristik ko‘rsatgichlari: rang shiddati, tiniqligi, ravshanligi, xattoki turli ta’sirlarga chidamliligi va nurbardoshligi oshadi. Buning sababi merserlash sellyulozani qaytar bo‘kishiga, ustmolekulyar qurilmasini bo‘shashiga, tola effektiv xajmini ortishiga olib keladi, natijada bo‘yovchi moddaning tolani ichki qismiga kirishishi ta’minlanadi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling