V BO’LIM. SELLYULOZA VA UNING HOSILALARI
Tabiiy yuqori molekulyar moddalar orasida glyukozaning chiziqli polimeri
bo’lgan sellyuloza alohida o’rin tutadi. Tabiiy organik moddalarning hammasi ichida
miqdor jihatidan eng ko’pi sellyulozadir, u er yuzidagi barcha o’simlik
hujayralarining asosiy qismini tashkil etadi. Sellyuloza daraxt va boshqa
o’simliklarda boshqa moddalar bilan birga uchraydi va ularning 60 % ini tashkil
etadi. Sellyulozaning eng tozasi paxta tolasida bo’lib, u 96 % dan iborat. Odatda
sellyulozaning ikki xil strukturada bo’lishi aniqlangan: tabiiy sellyuloza va gidrat
sellyuloza.
Gidrat sellyuloza tabiiy sellyulozadan quyidagi usullar bilan olinishi mumkin:
1. Tabiiy sellyulozani eritish, so’ngra eritma holida qayta cho’ktirish.
2. Tabiiy sellyulozaga ishqorning kontsentrlangan eritmasini ta’sir ettirib,
hosil bo’lgan murakkab efirni gidrolizlash.
3. Tabiiy sellyulozaning karbon kislotalar bilan efirini hosil qilib, hosil
bo’lgan murakkab efirlarni gidrolizlash.
27
Sellyulozani gidrolizlash usullari quyidagilardan iborat:
1. Sellyulozani kontsentrlangan kislotalar ta’sirida gidrolizlash
2. Sellyulozani suyultirilgan kislotalar ta’sirida gidrolizlash
3. Sellyulozani suvsiz mineral kislotalar ta’sirida gidrolizlash
Gidroliz jarayonini asosiy sharoitini, ya’ni kislotalar kontsentratsiyasini,
haroratni, bosim hamda vaqtni o’zgartirish natijasida o’rtacha polimerlanish darajasi
va ishqoriy eritmalarda eruvchanligi jihatidan sellyulozadan farq qiladigan xilma
xil
moddalar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |