Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni kafedrasi udk 541. 64+53


-vazifa. Sellyulozani to’la gidrolizlash


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana09.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#268879
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
polimerlar fizikasi va kimyosi fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy korsatma

3-vazifa. Sellyulozani to’la gidrolizlash 

Reaktiv  va  asboblar:sellyuloza  (5  g),  sulfat  kislotaning  80  %  li  eritmasi  (50 

ml), sodaning 10 % li eritmasi (3 ml), 150 ml sig’imli stakan (1dona), 500 ml sig’imli 

qaytarma sovutgich bilan jihozlangan kolba (1 dona), suv hammomi (1 dona). 

Stakanga  5  g  sellyuloza  solinib,  stakan  tuzli  kristallizatorga  joylashtiriladi. 

Stakandagi sellyulozani aralashtirib turgan holda uni ustiga sulfat kislotaning 80 % li 

eritmasidan  50  ml  asta

sekin  quyiladi.  Kislota  quyib  bo’lingach,  stakan  tuz  ichidan 



olinib, uy haroratida 2 soat saqlanadi. Bu vaqt ichida stakandagi quyuq aralashmani 

vaqti


vaqti  bilan  qorishtirib  quyish  kerak.  Stakandagi  qovushqoq  eritma  kolbaga 

solinadi. Stakan har gal 100 ml distillangan suv bilan 6 marta chayilib, yuvindi ham 

kolbaga  quyiladi.  Kolba  qaynab  turgan  suv  hammomida  5  soat  isitiladi,  so’ngra 

sovutilib, sodaning 10 % li eritmasi bilan neytrallanadi. Neytral holga kelgan eritma 

o’lchov  kolbasida  suyultiriladi.  Hosil  bo’lgan  eritmadan  10  ml  olinib,  o’lchov 

kolbasining  100  ml  li  belgisigacha  distillangan  suv  bilan  suyultiriladi,  50  ml  dan 

ikkiga  bo’linib,  yod  soni  aniqlanadi.  Eritmaning  yod  soni  aniqlangach,  eritmadagi 

glyukozaning  miqdori  hisoblab  topiladi.  Bunday  hisobda  180  g  glyukozani  titrlash 

uchun yodning 1 n li eritmasidan 201 ml ketishi nazarga olinishi kerak. 

1–topshiriq.  Sellyulozaning  gidrolizi  natijasida  hosil  bo’lgan  glyukoza 

eritmasining yod soni aniqlansin. 




Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling