Tolali materiallar va qog’oz kimyoviy texnologiyasi va dizayni kafedrasi udk 541. 64+53
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
polimerlar fizikasi va kimyosi fanidan laboratoriya mashgulotlari boyicha uslubiy korsatma
II BO’LIM. POLIMERLANISH
Bir qancha molekulalarning o’zaro kovalent bog’lar bilan birikib, yuqori molekulyar modda hosil qilish reaktsiyasi polimerlanish deb ataladi.
Polimerlanish natijasida polimerdan boshqa modda ajralib chiqmaydi, ya’ni monomerning boshlang’ich tarkibi o’zgarmay qoladi. Polimerlanish reaktsiyasini umumiy holda quyidagicha yozish mumkin: nA (A) n Tarkibida qo’sh bog’lari bo’lgan yoki siklik tuzilishga ega bo’lgan moddalar polimerlanish reaktsiyasiga kirisha oladi va monomerlar deb ataladi. To’yinmagan uglevodorodlarni polimerlab, karbozanjirli polimerlar olinadi. Polimerlarning sanoat ahamiyatiga ega bo’lganlaridan: polietilen, polipropilen, polibutilen, polivnilxlorid,
17
poliviniliden xlorid,
polistirol, poliakrilatlar, polivinilasetat, polibutadien, polixloropren, poliizopren va ularning qo’shma polimerlari ishlab chiqariladi.
Polimerlanish reaktsiyasiga karbonil, oksim va qo’sh bog’lari bo’lgan boshqa xil moddalar ham kirisha oladi va natijada geterozanjirli polimerlar hosil bo’ladi; poliformaldegid ana shular jumlasidandir: 2 = O
CH 2 – O – CH 2 – O
Polimerlanish reaktsiyasi o’z tezligiga qarab, zanjirsimon va bosqichli bo’ladi. Bosqichli polimerlanish natijasida monomer molekulalarining o’zaro birikishi va uzayishi sekin – asta davom etadi. Bunday reaktsiyani istalgan vaqtda to’xtatish va hosil bo’lgan dimer, trimer va tetromer kabi oraliq birikmalarni sof holatda ajratib olish mumkin. Zanjirsimon polimerlanish uchta elementar reaktsiyadan: faol markazning paydo bo’lishi, zanjirning o’sishi va zanjirning uzilishidan iborat.
1. Faol markazning hosil bo’lishi anchagina energiya talab qiladi va sekin boradi. Tashqi energiya yordamida faollashtirilgan monomerlarning bir qismi o’sib, bir qismi boshlang’ich holatga qaytadi: A 1
A 1
2. Polimer zanjirining o’sishi juda ham oz faollanish energiyasini talab qiladi va katta tezlik bilan boradi: A 1 + A 1
A 2 A 2
1
A 3 A n-1
+ A 1
A n
bu erda:
A 1
monomer molekulasi; A 1
monomerning faol markazi; A 2 , A 3 , A n-1
o’sayotgan radikallar; A n
3. Polimer zanjirning uzilishi katta faollanish energiyasini talab qilmaydi va ancha tez boradi: A
A n
18
Polimer zanjirining o’sish tezligi polimer zanjirining uzilish tezligidan qanchalik yuqori bo’lsa, vujudga kelgan polimer molekulasi ham shunchalik uzun bo’ladi.
Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling