6.2. Optik toladagi dispersiya jarayoni va uning turlari
Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya bu yorug‘lik impulslari frontlarining cho‘zilishi, ya’ni impulslarning kengayishidir. Qo‘shni impulslar kengayib, bir birini qoplaydi, natijada simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar ketma-ketligidan uzatilgan foydali axborotni ajratib bo‘lmay qoladi (10.6-rasm).
10.6 –rasm. Optik tolada impulslarning kengayishi
Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarning uzatish tezligini chegaralaydi. Dispersiya – impulslarning kengayishi L uzunlikli kabelning kirish va chiqishidagi impulslar davomiyligining kvadratik farqi sifatida quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
(10.10)
Dispersiya odatda bir kilometr hisobida me’yorlashtiriladi va ps/km da o‘lchanadi. Dispersiyaning quyidagi turlari mavjud:
6.2.1. Modalararo dispersiya
Modalararo dispersiya tola bo‘ylab modalarning turli yo‘nalishlarda turli vaqt davomida tarqalishi bilan bog‘liq. Ko‘p modali tolaga apertura burchagi doirasida bir necha ruxsat etilgan modalar kiritilishi mumkin (10.8-rasm) [5]. Modalar turli yo‘nalishlarda tarqaladi va uzatuvchi manbadan qabul qilgichga turli vaqtlarda etib keladi. 10.8-rasmda eng katta to’lqin uzunlikli moda 2 ta qaytishga ega bo‘lsa, eng kichik tÿlqin uzunlikli moda tolaning shu kesimida 7 ta qaytishga ega. Natijada kichik tÿlqin uzunlikli moda energiyasi katta to’lqin uzunlikli moda energiyasiga qaraganda kechikadi.
10.8-rasm. Ko‘p modali optik tola kesimida yorug‘lik manbaidan uzatilayotgan uchta modaning tarqalish jarayoni (ideallashtirilgan rasm)
Qabul qilingan impulslar yig‘indisida bir impulsning qo‘shni impuls intervaliga tushishidan qo‘shni impuls xato qabul qilinadi. Modalararo dispersiya ko‘p modali optik tolalarning kamchiligi hisoblanadi. Bu turdagi dispersiya buzilishlarini bir modali tolalarni qo‘llash orqali bartaraf etish mumkin. Chunki undan faqat bitta asosiy moda uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |