Tolali optik uzatish tizimlarining ikki tomonlama liniya traktlarini tuzish prinsiplari


Download 272.73 Kb.
bet6/10
Sana22.01.2023
Hajmi272.73 Kb.
#1109638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-AI OAT (2)

6.2.2. Xromatik dispersiya

Xromatik dispersiya ham dispersiyaning boshqa turlari kabi impulslarning kengayishi tufayli hosil bo‘ladi. Xromatik dispersiyani material va to‘lqin uzatgich (tola)ning tuzilishi bilan bog‘liq dispersiyalarning yig‘indisi tashkil etadi:


Dx = Dm+ Dt. (10.11)
Xromatik dispersiya pikosekund/nanometr*kilometr (ps/nm·km) larda o‘lchanadi. (1 ps = 1·10-12 s, 1 nm = 1·10-9 m ). Bu degani 1 nm kenglikdagi impulsni 1 km uzunlikdagi tola orqali uzatilganida uning necha ps ga kengayishi demakdir. Masalan: bir modali standart tolalarda 1550 nm to‘lqin uzunligida xromatik dispersiya qiymati 17 ps/nm*km atrofida bo‘ladi. Dispersiyaning bu turi bir modali tolalarga ham, ko‘p modali tolalarga ham xos. Biroq u bir modali optik tolalarda ko‘proq namoyon bo‘ladi.
6.2.2.1. Material dispersiya

Material dispersiya to‘lqin uzunligining tola materialining sindirish ko‘rsatkichiga bog‘liqligi bilan aniqlanadi. Natijada tola materiali orqali turli to‘lqin uzunliklari turlicha tezliklarda uzatiladi.


Optik tola asosan kvars shishasidan (SiO2) tayyorlanadi. Har bir to‘lqin uzunligi tola materialidan turlicha tezlikda uzatiladi. 1-“shaffoflik darchasi”da katta to‘lqin uzunliklari katta tezlikda, qisqa to‘lqin uzunliklari kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan: 865 nm to‘lqin uzunligi 835 nm ga nisbatan katta tezlikda uzatiladi.
Bunga teskari tarzda 3-“shaffoflik darchasi”da qisqa to‘lqin uzunliklari katta tezliklarda, uzun to‘lqin uzunliklari esa, nisbatan kichik tezliklarda uzatiladi. Masalan: 1535 nm to‘lqin uzunligi 1560 nm ga qaraganda tezroq uzatiladi.
2-“shaffoflik darchasi”ning 1310 nm to‘lqin uzunligi nol dispersiyali to‘lqin uzunligi deyiladi. Chunki 1310 nm to‘lqin uzunligida kvars shishasini sindirish ko‘rsatkichi minimal qiymatga ega.
Material dispersiyasi bir modali optik tolalarda dispersiyaning asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Uzatish tizimlarining tezliklari oshgan sari bitlar orasidagi interval kamayadi, natijada dispersiya oshadi.



Download 272.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling