Toluolni isitish uchun gorizontal issiqlik almashinish qurilmasini hisoblang va loyihalang


Download 198.63 Kb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi198.63 Kb.
#1572067
  1   2   3   4
Bog'liq
IbrohimovLazizbek


Курс лойиҳасини бажариш учун намуна

FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI


“Kimyo texnologiya” fakulteti
“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi
“Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” fanidan


KURS LOYIHASI
MAVZU: Toluolni isitish uchun gorizontal issiqlik almashinish qurilmasini hisoblang va loyihalang. Berilgan: unumdorligi G =10.4 t/soat. Toluolni harorati: tb=340S, to=590S, suvning harorati. Рaбc=0,20 MPa
Bajardi: S 24-20 guruh talabasi
Ibrohimov Lazizbek
Raxbar: Ergashev Azizjon
Taqrizchi: Umrzaqova

Kafedra mudiri: Usmanov Botir


Farg‘ona 2023
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI


FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“Kimyo texnologiya” fakul’teti
“Oziq-ovqat texnologiyasi” kafedrasi
“Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar” fanidan
KURS LOYIHASINI TUShUNTIRISh XATI
Bajardi: S 24-20 guruh talabasi
Ibrohimov Lazizbek

Raxbar: Ergashev Azizjon


Taqrizchi: Umrzaqova.Sh

Kafedra mudiri: Usmanov Botir


Farg‘ona 2023


MUNDARIJA


1.Kirish 5
2.Berilgan mahsulotlar tavsifi 7
3.Texnologik sxema bayoni 11



1.Kirish


Kimyo va oziq-ovqat sanoati korxonalarida turli texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Bu jarayonlar davomida xom-ashyo va materiallarning ichki strukturasi, tarkibi, agregat holatlari o‘zgaradi. Kimyoviy texnologik jarayonlar kimyoviy reaksiyalardan tashqari turli fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat. Bunday jarayonlarga quyidagilar kiradi: suyuqlik va qattiq materiallarni uzatish, qattiq moddalarni maydalash va saralash, gazlarni siqish va uzatish, moddalarni isitish va sovitish, suyuqliklarni aralashtirish, har xil jinsli aralashmalarni ajratish, eritmalarni bug‘latish, ho‘l materiallarni quritish va boshqalar. Demak, turli kimyoviy materiallar va mahsulotlar (kislotalar, ishqorlar, tuzlar, mineral o‘g‘itlar, lak-buyoq, polimer va sintetik materiallar) ishlab chiqarish texnologiyasi umumiy qonuniyatlar bilan ifodalangan bir tipdagi fizik va fizik-kimyoviy jarayonlardan iborat bo‘ladi. Bu texnologik jarayonlar turli ishlab chiqarishlarda ishlash prinsiplari bir xil bo‘lgan mashina va qurilmalarda olib boriladi.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida o‘rganiladigan asosiy jarayonlar 5 ta guruxga bo‘linadi:
1. Gidromexanik jarayonlar.
2. Issiqlik jarayonlari.
3. Moddalar almashinuvi jarayonlari.
4. Kimyoviy jarayonlar.
5. Mexanik jarayonlar.
1. Gidromexanik jarayonlarda suyuqlik va gazlarning harakati o‘rganiladi. Jarayonning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish, gazlarni siqish va uzatish, turli jinsli gaz va suyuqlik aralashmalarini ajratish, suyuqliklarni aralashtirish gidromexanik jarayonlarga kiradi.
2. Issiqlik jarayonlari haroratlar farqi mavjud bo‘lganda bir (harorati yuqori) jismdan ikkinchi (harorati past) jismga issiqlikning o‘tishidir. Jarayonning tezligi issiqlik uzatish qonunlari bilan ifodalanadi. Bu guruxga isitish, sovitish, bug‘latish,
kondensatsiyalash va sun’iy sovuq hosil qilish jarayonlari kiradi. Issiqlik jarayonlarining harakatiga ham bog‘liq.
3. Moddalar almashinuvi jarayonlari bir yoki bir necha komponentlarning bir fazadan, fazalarni ajratuvchi yuza orqali ikkinchi fazaga o‘tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga molekulyar va konvektiv diffuziyalar yordamida o‘tadi. Shu sababli bu jarayonlar diffuzion jarayonlar ham deyiladi. Jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik harakatiga bog‘liq bo‘lib, moddalar almashinuv qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Bu guruxga absorbsion, adsorbsion, ekstraksiya, suyuqliklarni haydash, quritish va kristallizatsiya jarayonlari kiradi.
4. Kimyoviy jarayonlar - moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida yangi birikmalar hosil bo‘lishidir. Kimyoviy reaksiya vaqtida, odatda, issiqlik va moddalar almashinuvi jarayonlari ham sodir bo‘ladi. Bu grupadagi jarayonlarning tezligi kimyoviy qonuniyatlar bilan ifodalanadi. Reaksiyaning tezligi, ayniqsa, sanoat miqyosida, moddalarning gidromexanik harakatiga ham bog‘liq bo‘ladi.
5. Qattiq moddalarni maydalash, saralash, uzatish va aralashtirish mexanik jarayonlar jumlasiga kiradi. Bu jarayonlarning tezligi qattiq jismlarning mexanik qonuniyatlari bilan ifodalanadi.

Download 198.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling