Tomirlar devorining ichki tuzilishi
Qon tomirlarning solishtirma xossalari
Download 326.95 Kb.
|
1 2
Qon tomirlarning solishtirma xossalari
Kapillyarlarning qaysi a’zoda joylashishiga ko’ra bir necha xil bo’ladi. Birinchi turi uzluksiz kapillyarlar bo’lib, uzluksiz joylashgan endoteliy va bazal membranadan iborat. Ular terida, mushakda va nerv sistemasida bo’ladi. Ikkinchisi fenestrlangan kapillyarlar bo’lib, devori kichik teshikchalar tutgan endoteliy va uzluksiz bazal membranadan iborat. Fenestrlangan kapillyarlar ichak vorsinkalarida, endokrin bezlarida va buyrak koptokchalarida bo’ladi. Uchinchisi sinusoid kapillyarlar bo’lib, ilma-teshik endoteliy va uzuq-yuluq bazal membrana tutadi. Bu turdagi kapillyarlar suyak ko’migida, taloqda va ba’zi endokrin bezlarida uchraydi. Jigar hujayralarida sinusoid kapillyarlarning maxsus turi uchraydi. Ularning bazal membranasi umuman yo’q. Arteriol-venulyar anastomozlar, u shunday tizimki, arteriyalarda oqayotgan qon kapillyarlarga quyilmasdan to’g’ridan to’g’ri venalarga o’tib ketadi. Tomirlardagi qon oqimining boshqarilishida va qon bosimini me’yorida ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ular tufayli qon a’zolarga keraklicha yetkaziladi.
A- uzluksiz; B- fenestrlangan; C- sinusoid. Download 326.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling