Tomirlar devorining ichki tuzilishi


Qon tomirlarning solishtirma xossalari


Download 326.95 Kb.
bet2/2
Sana28.01.2023
Hajmi326.95 Kb.
#1136470
1   2
Qon tomirlarning solishtirma xossalari

Qon tomir tipi

Diametri

Ichki parda

O’rta parda

Tashqi parda

Ahamiyati

Elastik tipdagi arteriyalar

10 mm

Endoteliy, subendoteliy, elastik tola qavati

Darchali elastik membranalar, oz miqdorida mushak tolasi

Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima, tomirlarning tomiri va nervi

Elastik xususiyati tufayli qonning yuqori bosimidan keyin shaklini qayta tiklay oladi.

Mushak tipidagi arteriyalar

10-1 mm

Endoteliy, subendoteliy, elastik membrana

Spiral yo’nalgan muskul tolalaridan

Siyrak tolali shakllanmagan biriktiruvchi to’qima, tomirlarning tomiri va nervi

Ko’p miqdordagi muskul tolalari a’zolarning to’liq qon bilan ta’minlaydi va qonni arteriolalarga o’tkazib beradi

Mayda arteriyalar

1-0,1 mm

Endoteliy, biriktiruvchi to’qima, muskul hujayralari

3-10 qavat mushak hujayralari

Shakllanmagan biriktiruvchi to’qima, lekin tomirlarning tomirlari yo’q

Qonni arteriolalarga o’tkazib beradi

Arteriolalar

100-10 µm

Endoteliy, biriktiruvchi to’qima

1-3 qavat mushak hujayralari

Yupqa shakllanmagan biriktiruvchi to’qima

Kapillyarlarga qon o’tishini ta’minlaydi

Kapillyarlar

10-4 µm

Faqat endoteliy

Faqat peritsitlar

Yo’q

Moddalar almashinuvi sodir bo’ladi

Venullalar

10-100 µm

Faqat endoteliy

Siyrak muskul tolalari

Yo’q

Kapilyarlar ularga quyiladi, Leykotsitlarni biriktiruvchi to’qimadan ajratadi

Mayda venalar

0,1-1 mm

Endoteliy, biriktiruvchi to’qima, muskul tolalari

2-3 qavat mushak tolalari

Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima

Qonni venullalardan qabul qiladi

O’rta kattalikdagi venalar

1-10 mm

Endoteliy, biriktiruvchi to’qima, mushak hujayralari, klapanlar mavjud

3-5 qavat mushak tolalari

Bo’ylama yo’nalgan mushak hujayralari

Qonni mayda venalardan yig’adi

Yirik venalar

10 mm

Endoteliy, biriktiruvchi to’qima, mushak hujayralari, klapanlar mavjud

5 qavat mushak hujayralari, ular orasidagi kollagen tolalar

Siyrak tolali biriktiruvchi to’qima, ko’ndalang yo’nalgan mushak hujayralari

Qonni yurkka haydaydi


Kapillyarlarning qaysi a’zoda joylashishiga ko’ra bir necha xil bo’ladi. Birinchi turi uzluksiz kapillyarlar bo’lib, uzluksiz joylashgan endoteliy va bazal membranadan iborat. Ular terida, mushakda va nerv sistemasida bo’ladi. Ikkinchisi fenestrlangan kapillyarlar bo’lib, devori kichik teshikchalar tutgan endoteliy va uzluksiz bazal membranadan iborat. Fenestrlangan kapillyarlar ichak vorsinkalarida, endokrin bezlarida va buyrak koptokchalarida bo’ladi. Uchinchisi sinusoid kapillyarlar bo’lib, ilma-teshik endoteliy va uzuq-yuluq bazal membrana tutadi. Bu turdagi kapillyarlar suyak ko’migida, taloqda va ba’zi endokrin bezlarida uchraydi. Jigar hujayralarida sinusoid kapillyarlarning maxsus turi uchraydi. Ularning bazal membranasi umuman yo’q.
Arteriol-venulyar anastomozlar, u shunday tizimki, arteriyalarda oqayotgan qon kapillyarlarga quyilmasdan to’g’ridan to’g’ri venalarga o’tib ketadi. Tomirlardagi qon oqimining boshqarilishida va qon bosimini me’yorida ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ular tufayli qon a’zolarga keraklicha yetkaziladi.


A- uzluksiz;
B- fenestrlangan;
C- sinusoid.
Download 326.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling