Tomosha, hasharu ma'rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish, yahshi kunda ham
Download 0.97 Mb. Pdf ko'rish
|
Mahalla 2017 uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm 2017 yilda oilalar va kam taminlangan oilalar haqida umumiy malumotlar
- 3-rasm 2017 yilda nafaqa va moddiy yordam olgan oilalar soni haqida malumot
- 4-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari) dagi hodimlar soni
- 2017 yilda mahalla (fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari) da faoliyat korsatgan hodimlar soni malumoti boyicha
- 7-rasm 2017 yilda mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari tog’risida malumot
- 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari) da mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari tog’risidagi malumotlar hududlar
- Qashqadaryo
- Xorazm
Mahalla azaldan milliy qadriyatlar, ezgu amallar maskani bo'lgan. Mexr-oqibat, aqillik va totuvlik, ehtiyojmand, yordamga muhtoj insonlar holidan habar olish, to'y- tomosha, hasharu ma'rakalarni ko'pchilik bilan bamaslahat o'tkazish, yahshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo'lish kabi xalqimizga hos urf-odat hamda an'analar mahalla muhitida shakllangan. Ammo mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar sobiq ittifoq mafkurasi mahallani rasman tan olmadi, uni jamiyatni boshqarish tizimiga kiritmadi. O'zbekiston Respublikasi Konstituciyasining 105-moddasida shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig’inlari o'zini-o'zi boshqarish organlari bo'lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylanishi ko'rsatib o'tilgan. 1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish organlari to'g’risida”gi 915-HИИ sonli qonuni qabul qilindi. Bu qonun asosida fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish tushunchasi, huquqi, asosiy prinsiplari keltirib o'tilgan. 2017 yilda 8062 mahalla (fuqarolarni o'zini-o'zi boshqarish organlari) faoliyat yuritgan. Shundan Samarqand viloyatida 1086 ta mahalla (12,1%), Farg’ona viloyatida 1028 ta mahalla (11,5%), Toshkent viloyatida 1006 ta mahalla (11,2%) mavjud. Mamlakatimizda oila jamiyatning asosiy bo'g’ini bo'lib, jamiyat va davlat muhofazasiga olingan. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayralarini tashkil etadi. Jamiyat katta kichik oilalardan iborat bo'lib, bu oilalar qanchalik mustahkam bo'lsa, jamiyat va davlat poydevori ham shuncha mustahkam bo'ladi. 2017 yilda jami oilalar soni 8241865 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan kam ta'minlanganlar oilalar soni 271285 tani tashkil etadi 1-rasm 2017 yilda viloyatlar kesimida mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) soni
Farg’ona viloyatida oilalar soni 1021,9 ming birlikni (jami oilalarga nisbatan 12,4%) tashkil etadi, ularning 32,8 mingtasi kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Toshkent shahridagi oilalar soni jami oilalarning 9,5% ni tashkil etadi, oilalarning 0,5% kam ta'minlangan oila hisoblanadi. Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida o'rtacha 9% ni tashkil etadi. Samarqand viloyatida 17,8%, Namangan viloyatida 16% ni tashkil etadi.
2-rasm 2017 yilda oilalar va kam ta'minlangan oilalar haqida umumiy ma'lumotlar Moddiy yordam olgan oilalar soni 232,3 mingtani, 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlash bo'yicha nafaqa olgan oilalar soni 465,3 mingtani, 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqalarni olgan oilalar soni 463,1 mingtani tashkil etadi. Moddiy yordam olgan oilalar Samarqand viloyatida 18,7%ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida 0,6% ni tashkil etadi. 2 yoshgacha bo'lgan bolalarni parvarishlash bo'yicha nafaqa olgan oilalar Surxondaryo viloyatida 16,6% ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent shahrida 0,1%ni tashkil etadi. 14 yoshgacha bolali oilalarga beriladigan nafaqalarni olgan oilalar soni Qashqadaryo viloyati bo'yicha 13%ni tashkil etgan bo'lsa, Toshkent viloyatida 2,6% ni tashkil etgan. 3-rasm 2017 yilda nafaqa va moddiy yordam olgan oilalar soni haqida ma'lumot 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) hodimlar soni 36536 kishini tashkil etdi. Hodimlarning yoshi bo'yicha tahliliga nazar tashlaydigan bo'lsak, 18-29 yoshlilar hodimlar 3373 kishini (yoki jamiga nisbatan 9,2%), 30-39 yoshli hodimlar 8094 kishini (22,2%), 40-49 yoshli hodimlar 11501 kishini (31,5%), 50-54 yoshlilar 8509 kishini (23,3%), 55 yosh va undan katta yoshlilar 5059 kishini (13,8%) tashkil etadi. Hodimlarning 12018 nafari (33%) oliy ma'lumotli, 24422 nafari (67%) o'rta mahsus ma'lumotli hisoblanishadi. Boshqaruv hodimlari soni 8922 kishini tashkil etadi. 4-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) dagi hodimlar soni 5-rasm 2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da faoliyat ko'rsatgan hodimlar soni ma'lumoti bo'yicha 2017 yil boshiga pul mablag’lari 1101,8 mln. so'mni tashkil etgan bo'lsa, pul tushumlari 509849,6 mln. so'mdan iborat bo'lgan. Pul tushumlarining 92% byudjetdan, 4,6% hukumatning maqsadli hamda byudjetdan tashqari mahsus fondlaridan, 1,4% ihtiyoriy badallar va hayr-ehson, boshqa beg’araz tushumlar hisobiga to'g’ri keladi. Foydalanilgan pul mablag’lari 508702,0 mln.so'mni tashkil etgan bo'lib, 59,2% ish haqiga, kompensasiya va rag’batlantirish xarakteridagi to'lovlarga, 10,1% hayriya maqsadlariga, 1,8% material, tovar, ish va xizmatlarni etkazib beruvchilarga to'langan pul hisobiga to'g’ri keladi. 2017 yil oxiriga mahallalarda pul qoldig’i 2249,4 mln.so'mni tashkil etgan. 6-rasm 2017 yilda mahalla (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari)larining asosiy moliyaviy ko'rsatkichlari Mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari)dagi mavjud personal kompyuterlar soni 9745 tani tashkil etgan bo'lib, ulardan stasionar kompyuterlar soni 9615 ta, noutbuk, netbuk, planshetlar soni 130 tani tashkil etadi. Jami personal kompyuterlarning 11,5% Samarqand viloyati, 11,0% Farg’ona viloyati, 9,9% Toshkent shahri hissasiga to'g’ri keladi. Internet tarmog’iga ulangan kompyuterlar soni 993 tani tashkil etadi, ularning 565 tasi (jamiga nisbatan 56,9%) Toshkent shahri, 86 tasi (jamiga nisbatan 8,7%) Navoiy viloyati, 70 tasi (jamiga nisbatan 7,0%) Farg’ona viloyati hissasiga to'g’ri keladi. Boshqa ofis texnikalari 2143 birlikni tashkil etadi. 26,9% ofis tehnikalari Toshkent shahri hisobiga to'g’ri kelgan bo'lsa, 17,3% Farg’ona viloyatiga, 11,6% Qoraqalpog’iston Respublikasi hisobiga to'g’ri kelgan. 7-rasm 2017 yilda mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari to'g’risida ma'lumot 8-rasm 2017 yilda mahallalar (fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari) da mavjud personal kompyuterlar va ofis texnikalari to'g’risidagi ma'lumotlar hududlar kesimida, birlik Personal kompyuterlar Boshqa ofis texnikalari O'zbekiston Respublikasi 9745 2143 Qoraqalpog’iston Respublikasi 553
248 viloyatlar:
Andijon 840
0 Buxoro 600
0 Jizzax 215
48 Qashqadaryo 661
95 Navoiy 486
144 Namangan 755
97 Samarqand 1117
63 Surxondaryo 722
173 Sirdaryo 206
43 Toshkent 914
140 Farg’ona 1071
371 Xorazm 643
144 Toshkent sh. 962
577 Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling