Topishmoq janri haqida ma'lumot va ularning turlari
Download 26.44 Kb.
|
TOPISHMOQ
TOPISHMOQ Topishmoq janri haqida ma'lumot va ularning turlari Topishmoqlar dunyo xalqlari folkloridagi eng qadimiy kichik janrlardan biri xisoblanadi. Bu o’zbek topishmoqlariga xam xos xususiyatdir. Biroq “kichik” atamasini nisbiy ma’noda kabul qilish zarur. Zero, xalq o-gzaki ijodida shunday Topishmoqlar borki, ularning mazmunini butun boshli ertak yoxud dostonga teng deb karashimiz mumkin. Topishmoqlarimiz borasida kator izlanishlar mavjud. Birok bularning orasida Zubayda Xusainovaning tadkikoti aloxida ajralib turadi. Olima ilk bor uzbek Topishmoqlarini monografik planda urganib, mazkur janrning uziga xos xususiyatlari, tasnifiy belgilari va boshka janrlar bilan munosabatini yaxshi ochib bergan. "Topishmoq, - deb yozadi Zubayda Xusainova, - xalq og’zaki ijodining boshqa janrlari: doston, ertak, kushik, makol kabi xalqning ma’naviy boyligi va kollektiv ijodi maxsulidir. U inson ijtimoiy xayot, tabiat xodisalarining mavjud tomonlari bilan keng bo-glangan bulib, xamma vakt real zaminga asoslanadi. Unda atrofimizni kurshab turgan real, moddiy dunyodagi turli ob’ektlar aks etadi. Xar bir Topishmoq uziga xos shakl va mazmunga ega bulgan mustakil bir butun badiiy asardir. Unda falsafiy, tarixiy, etnografik belgilar, tushunchalar, xodisalarning moxiyati guzal obrazli ifodalarda aks etadi”. O’zbek Topishmoqlarining tadkiki olimaning bu fikrlarini tula tasdiqlaydi. Ushbu tadkikotdan maksadimiz Topishmoq xamda ertak va dostonlarimizda keladigan tush xodisasini uzaro kiyoslashdan iborat. Dunyoda tush kurmaydigan odam bulmaganidek, Topishmoqlari bulmagan xalq xam mavjud emas. Tush kanchalik umuminsoniy xodisa bulsa, Topishmoqlar xam dunyoning barcha xalqlariga xos bulgan xalqaro janrdir. Xar ikkalasining tarixiy asoslari ibtidoiy ajdodlarimizning mifologik tafakkuri bilan chambarchas bo-glik. Shunday ekan, tushlarning xam, Topishmoqlarning xam yuzaga kelishida uxshash konuniyat mavjud. Xush, bu uxshashlik nimalarda kurinadi? Bizning nazarimizda, u xar ikki manbaning kadim tasavvurlar va metaforaga asoslanganligidadir. Topishmoqlarda biror bir jism (xarakat yoki xolat) ikkinchi bir jismga majoziy kiyoslanib, “bu nima”, degan savol kuyiladi va yakunida uning javobi beriladi. Bu janrning zaruriy sharti, muxim spesifik xususiyati, uzgarmas konuniyati xisoblanadi. Misol: 198. K,ator, kator kora nor, U ne buldi bolkantuz? Uy ortida kush terak, U ne buldi bolkantuz. (Soch urimi). Yoxud: 1603. Kizning chechasiga aytib turgani: Och gazadan chang chikdi, U nimadir, chechajon? Jura otli bir chikdi, U nimadir, chechajon? Yolgiz otli bir chikdi, U nimadir, chechajon? Adir uti changidi, U nimadir, chechajon? Turt oyogi bovriga, U nimadir, chechajon?..Chechasining kizga javobi: Och gazadan chang chiksa, Sovchi kelar, ona kiz. Jura otli bir chik,sa, Kuda kelar, ona kiz. Yolgiz otli bir chiksa, Kuyov kelar, ona kiz. Adir uti changisa, Kuy keladi, ona kiz. Turt oyogi bovriga, Tuya kelar, ona kiz. Demak, Topishmoqlar uz kurilishiga kura ikki kismdan iborat: savol va javob. Savol kismida guyo bir-biriga alokasiz, mantikan uzok bulgan biror bir xarakat yoki xolat (jism, narsa) ikkinchi bir narsaga uxshatiladi, kiyoslanadi. Bir parcha patir, olamga tatir (oy), Kichkina kuchukcha uy kuriklar (kulf), Tof ustida urmon (soch). Yuzaki karaganda, patirning oyga, kuchukning kulfga, sochning urmonga uxshatilishi -galati tuyulmasa-da, birok kuchukning vazifasi uy kuriklash bulganidek, kulf osilgan uyga begonalarning kirolmasligi, patir (non)ning kurinishi oyga uxshash ekanligi, kuyuk usgan soch urmondagi daraxtlarni eslatishi xam tabiiydek tuyuladi. Topishmoqlardagi bunday uxshatish, metaforalar ertak va dostonlarimizdagi tush motivida keladigan ramzlarni yodimizga soladi. Ertak va dostonlarimizdagi tush bilan bog‘lik parchalar xam, asosan, xuddi Topishmoqdagidek ikki kism: biror bir kaxramonning tushdagi xolati va uning ta’biridan iborat buladi. Xatto bu tushdagi xolatlar, kupincha, xuddi Topishmoqlardagidek savol tarzida keladi. "Rustamxon" dostonida kelgan tush bayoni buning isbotidir: Download 26.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling