Birikish reaksiyasini aniqlang. A) HgO→Hg+O2 B) Zn+HCl→ZnCl2+H2 C) FeF3+KF→K3[FeF6] D) CaCl2+K2CO3→CaCO3+KCl
Qaysi moddaning qizdirilishidan hosil bo’ladigan moddaning boshqa agregat holatga o’tishi fizik bo’lmasdan, u qaytar kimyoviy jarayon bo’ladi? A) yod B) naftalin C) ammoniy xlorid D) oq fosfor
X, Y, Z elementlaridan iborat birikma
tarkibida ularning massa nisbatlari mos
ravishda 1:3:1 bo‟lsa, X element massa
ulushini (%) hisoblang.
A) 30 B) 20 C) 40 D) 50
64,0 g SO3 gazi normal sharoitda necha litr
hajmni egallaydi?
A) 22,4 B) 17,92 C) 15,68 D) 26,88
K2CrO4 ning molekulyar massasini (m.a.b)
aniqlang.
A) 123 B) 158 C) 162 D) 194
X elementning IV valentli ftoridi tarkibida
elementlar massa nisbatlari mos ravishda
12:19 ni tashkil qilsa, X elementni aniqlang.
A) S B) Si C) C D) Ti
Rombik oltingugurt ham plastik oltingugurt
ham aynan oltingugurtning allotropiyasi
ekanligini (ikkalovi ham oltingugurt
atomlaridan tashkil topganligini) qanday
aniqlash mumkin?
A) nisbiy atom massasidan
B) kislorodda yoqib ko‟rib
C) fizik xossalariga ko‟ra
D) tashqi belgilariga ko‟ra
Rasmda berilgan labaratoriya jihozini nomlang.
A)filtrlash asbobi B)Bug’latish uskunasi C)dekantatsiya usuli D)tindirish uskunasi
Chinni kosachalar shtativdagi … ga
qo‟yiladi?
A) asbest to‟rli taglik B) halqa
C) tutqichlar D) o‟zak
Bitta dona atomning haqiqiy massasi uning …
massasi deyiladi?
A) nisbiy molekulyar massasi
B) absolyut massasi
C) massa atom birligi
D) nisbiy atom massasi
Moddalar tarkibiga qarab necha guruhga
bo‟linadi?
A) 5 B) 4 C) 2 D) 3
Cu, O, H, C dan iborat birikmada atomlar
soni mos ravishda 2,5,2,1 bo‟lsa, birikma
molekulyar massasini (m.a.b) aniqlang.
A) 260 B) 254 C) 222 D) 258
To‟rt valentli element oksidining molyar
massasi 64 g/mol bo‟lsa, elementni aniqlang.
A) uglerod B) oltingugurt C) marganets
D) kremniy
CuXO4 tarkibida kislorodning massa ulushi
25% bo‟lsa, X elementni aniqlang.
A) Cr B) Mn C) S D) Te
Moddalar orasida necha xil va qaysi agregat holatlar mavjud? A) 4; gaz, suyuq, amorf va qattiq B) 4; gaz, suyuq, plazma va kristall C) 4; gaz, suyuq, plazma va qattiq D) gaz, suyuq va qattiq
Shakar bu:
A) atom B) molekula
C) jism D) kimyoviy modda
94,8 g natriy tiosulfat tarkibidagi atomlar
soni necha g KMnO4 da bor?
A) 126,4 B) 118,5 C) 79,0 D) 110,6
Do'stlaringiz bilan baham: |