To’plam tushunchasi. Haqiqiy sonlar to’plamining xossalari. Sonlar o’qi. Haqiqiy sonlarni sonlar o’qida tasvirlash. Haqiqiy sonlar absolyut qiymati, xossalari


To’plamlar va ular ustida amallar


Download 89.5 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi89.5 Kb.
#200003
1   2   3   4   5
Bog'liq
To’plam tushunchasi. Haqiqiy sonlar to’plamining xossalari. Sonl

To’plamlar va ular ustida amallar.

Ta’rif. Agar A to’plam chekli yoki cheksiz sondagi juft-jufti bilan o’zaro kesishmaydigan A1, A2,..., An,... to’plamlarning birlashmasidan iborat bo’lsa, A to’plam A1, A2,..., An,... sinflarga ajratilgan deyiladi.

Demak to’plamni sinflarga ajratishning 2 sharti bor ekan:


  1. A=A1ÈA2È...ÈAnÈ...

  2. AiÇAjbu yerda i,j=1, 2, ..., n, ... va i¹j.

To’plamni sinflarga ajratish masalasi fanda klassifikats*iya deb ataladi.

Masalan: barcha natural sonlar to’plami bir necha usul bilan sinflarga ajratilishi mumkin:



  1. Tub sonlar va murakkab sonlar sinfi.

  2. Juft va toq sonlar sinfi.

  3. Bir xonali, ikki xonali, ... sonlar sinfi.

  1. va 2-holda sinflar soni chekli bo’lsa, 3-holda sinflar soni cheksizdir.

  1. To’plamni sinflarga ajratishga oid 3 xil masalani ko’rib chiqaylik. I. D to’plam va biror a xossa berilgan bo’lsin. D to’plam elementlari a xossaga ega bo’lishi ham, ega bo’lmasligi ham mumkin. Bu holda D to’plam 2 ta o’zaro kesishmaydigan A va V qism to’plamlarga ajraladi. A to’plam D to’plamning a xossaga ega bo’lgan elementlari to’plami, V-D to’plamning a xossaga ega bo’lmagan elementlari to’plami. AÈV=D va AÈV=Æ ekanligi ravshan. Agar D to’plamning hamma elementi a xossaga ega bo’lsa, V=Æ, agar D to’plamning birorta ham elementi a xossaga ega bo’lmasa, A=Æ bo’ladi.

Agar A va V to’plamlar bo’sh bo’lmasa, D to’plamni quyidagicha tasvirlash mumkin:

D

A V

a a emas


Masalan: D-sinfdagi o’quvchilar to’plami, a-uy vazifani bajarganlik xossasi bo’lsa, A-uy vazifani bajarib kelgan va V-uy vazifani bajarmagan o’quvchilar to’plami bo’ladi.

  1. D to’plam va uning elementlari ega bo’lishi ham, bo’lmasligi ham mumkin bo’lgan a va b xossalar berilgan bo’lsin. Bu 2 xossa D to’plamni ko’pi bilan 4 sinfga ajratishi mumkin.

1-sinf: a xossaga ega bo’lgan va b xossaga ega bo’lmagan elementlar to’plami.

2-sinf: a xossaga ega bo’lmagan va b xossaga ega bo’lgan elementlar to’plami.

3-sinf: a va b xossalarga ega bo’lgan elementlar to’plami.

4-sinf: a va b xossalarga ega bo’lmagan elementlar to’plami.

Bu sinflarning birortasi bo’sh to’plam bo’lishi ham mumkin. Umumiy holda D to’plamni 2 ta xossaga ko’ra quyidagicha sinflarga ajratish mumkin:



D

A 3 V


1 2

4

Bu yerda A-a xossaga ega bo’lgan, B-b xossaga ega bo’lgan elementlar to’plami.



Savollar:

  1. To’plamlarni qism to’plamlarga ajratish qaysi holda sinflarga ajratish deyiladi?

  2. To’plamni sinflarga ajratishga misol keltiring.

  3. To’plamni bitta, ikkita, uchta xossaga ko’ra sinflarga ajratishda hosil bo’ladigan sinf elementlarini ta’riflang.


Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling