To’plovchi muallifdan


Download 127.07 Kb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi127.07 Kb.
#1010364
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirfayozov 2022


TO’PLOVCHI MUALLIFDAN
Musiqa bu – inson qalbini go’zallikka chorlaydi, nafosatga undaydi, nozik ҳis-tuyg’ularini barq urib rivojlanishiga ko’mak beradi, mа’naviy dunyosini boyitadi.
Hozirgi davrda musiqa ijrochiligi san’atini targ‘ib qiluvchi tarbiyachi ustozlarga katta talablar qo‘yilmoqda, yosh musiqa ijrochilari kelajagini hal etishdek buyuk vazifalarni bajarish masuliyati yuklanmoqda.
Shunday ekan, ijrochilik san’ati kasbiy ta’limida quyidagi rivojlanish jarayonlarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  • cholg‘u ijrochiligi san’ati sohasini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan jarayonlarni tashkil etish, kasbiy ta’lim yuzasidan amaliy qobiliyat va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mukammal o‘zlashtirishni;

  • muayyan dars olish vaziyatlarda ta’limning yangi yechimlarini va g‘oyalarni taklif eta olish hamda yangisini yechish usullarini topa olishni;

  • barcha bilimlarni egallash va tarbiya usullarini yangi o‘qituvchilik faoliyati sharoitida ham qo‘llay olishni;

  • pedagoglarda ta’lim sifatini oshirish mazmuni va mohiyati haqida tushunchani shakllantirishni.

Mazkur qo’llanmani yaratilishidan ko‘zlangan maqsad - xalq cholg‘ularida yuqori malakali, zamon talabiga javob beradigan sozanda - ijodkorlarning yangi avlodini tarbiyalash, amaliy qobiliyat va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Bu borada muayyan vazifalarni rejalashtirish talab etiladi. Jumladan, zamonaviy, keng dunyoqarashga ega, yangi ijro talqinlarini yaratishga moyil, ansambl yoki orkestr badiiy jamoalarida, madaniyat va san’at ta’lim muassasalarida ijodiy faoliyat olib boradigan malakali sozanda-ijrochilarni tarbiyalash lozim. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalar o‘zlashtirilishi zarur:

  • milliy va jahon musiqa san’ati rivojining tarixiy bosqichlari, uning xalq kasbiy merosi va ijodi bilan bog‘liqligi;

  • musiqachi - ijodiy shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi yo‘nalishlar, shakllar, usullar va uslublar;

  • ansambllarning turli tarkiblari, yakka ijrochilik, ansambl ijrochiligi;

  • cholg‘ularning badiiy va texnik imkoniyatlari, registrlar va shtrixlarning xususiyatlari, ijrochilik san’ati va musiqiy ta’lim;

  • xalq musiqasini yig‘gan musiqashunoslar, etnograflar hamda mazkur musiqa namunalaridan o‘z ijodida foydalangan kompozitorlar tajribasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • o‘zbek xalq musiqasi va boshqa xalqlar musiqasini;

  • orkestrlar uchun yaratilgan zamonaviy partituralar tuzilishini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • cholg‘uni kasbiy o‘zlashtirish, oddiydan murakkabga qadar musiqiy materiallarni nota bo‘yicha erkin o‘qiy olish;

  • o‘zbek xalq musiqasini, o‘zbek va jahon kompozitorlari ijodiga xos katta va kichik shakldagi xilma-xil janrdagi musiqiy asarlarni yuqori darajada mohirona ijro etish;

  • cholg‘uda yuksak ijrochilik texnika san’atini mukammal va chuqur o‘zlashtirish;

  • turli tarkibdagi jamoalar (orkestr, ansambllar) bilan ishlash;

  • mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik va kasbiy faoliyat olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.

Xalq cholg‘ularida ijrochilik yo‘nalishi bo‘yicha ta’limning maqsadi bir qancha yuqori malakali mutaxassislarni, xususan konsert ijrochisi, xalq cholg‘ulari orkestri dirijori, ansambl va orkestr ijrochilari, shuning bilan birga, badiiy estetik dunyoqarashga va ma’naviy-siyosiy bilimga ega faol ilmiy-ijodiy faoliyat olib boradigan, mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy pedagogik, boshqaruvchilik va kasbiy faoliyat olib boradigan yosh tarbiyachilarni voyaga yetkazishdan iborat


Download 127.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling