To’plovchi muallifdan


Cholg‘u ijrochiligining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 127.07 Kb.
bet3/5
Sana28.12.2022
Hajmi127.07 Kb.
#1010364
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mirfayozov 2022

Cholg‘u ijrochiligining o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbek musiqa san’ati cholg‘u ijrochiligi alohida yo‘nalish sifatida rivojlanib, o‘zining muhim taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi va o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ldi.
Ma’lumki, o‘zbek xalq cholg‘ularini takomillashtirilishi natijasida o‘zbek xalq kuylari bilan birga, barcha xalqlarning musiqa asarlarini ijro etish imkoniyati yaratildi. Jahon kompozitorlari asarlarini ijrosi o‘zbek san’atini yangi bosqichlarga ko‘tarib, ijrochilik san’atida yangi uslub - zamon ruhi bilan yo‘g‘rilgan ijod namunalarini yaratilishiga hissa qo‘shdi. Mazkur yo‘nalishdagi ijodiy faollashuv jarayoni cholg‘uda ijrochilik mahoratini yanada yuksak darajaga olib chiqdi, bu esa o‘z o‘rnida o‘zbek musiqa madaniyatini targ‘ib qilish uchun zamin hozirladi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasasining (yuqori - magistratura bosqichi) mutaxassisligi bo‘yicha cholg‘u ijrochiligini takomillashtirish quyidagilarni taqozo etadi, xususan:
musiqa ta’lim muassasalarini oliy ma’lumotli mutaxassislar bilan ta’minlash

  • ;cholg‘uda turli ijro yo‘llariga asoslangan maktabni yaratish, ijro uslublarini tadbiq etish;

  • cholg‘u ijrochiligining tarixiy, nazariy va amaliy asoslarini tadqiq etish hamda cholg‘u uchun maxsus-original yangi asarlar yaratish;

  • har bir ijrochida o‘zining ijro uslubini yaratishga erishish va mukammal ijro etish darajasiga ega bo‘lgan iste’dodli cholg‘u ijrochilari avlodini tarbiyalash;

  • milliy musiqa madaniyatini, xalq cholg‘ularida ijrochilik san’atini xorijiy mamlakatlarda targ‘ib qilish.

Xalqimizning madaniy saviyasi, san’atga bo‘lgan talabi va ehtiyoji kun sayin yuksalib bormoqda. Shunday ekan, har bir sozanda musiqa asarini o‘zlashtirish jarayonida, tinglovchining talabini, musiqiy saviyasini e’tiborga olishi, mazmunan to‘la-to‘kis tushunib, mukammal darajada ijro etishi uchun tinmay o‘rganmog‘i lozim.
Ko‘pgina o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlaridan tuzilgan repertuar ijrosi yordamida ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan iste’dodli yoshlarimiz cholg‘uda ijrochilik san’ati sirlarini o‘rganadilar, turli ijro ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar, qolaversa, o‘zbek sozandachilik san’ati va madaniyatini targ‘ib qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ayni paytda, o‘zbek xalq cholg‘ularida ijrochilik nazariyasi va amaliyoti quyidagilarni talab etadi:

  1. cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha ustoz-shogird an’analarini takomillashtirish;

  2. yosh ijrochilarni cholg‘u ijrochiligiga oid tarixiy-musiqiy asarlarni o‘rganishga jalb etish;

v) mamlakatimizda va xorijda cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlarini tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish;
g) cholg‘u ijrochiligi sohasida ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash ko‘lamini kengaytirish va bu jarayonda sifatli natijalarga erishish;
d) cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarni tashkil etish va ularni muntazam jahon andozalari darajasida o‘tkazib borish.
Cholg‘uda ijrochilik san’atining yanada yuksalishi, rivojlanishi va ularni targ‘ibot etish imkoniyati yuqorida qayd etilgan vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirish jarayonida yaratiladi. Cholg‘u ijrochiligida muvaffaqiyatga erishishda amaliy natijalar va nazariy bilimlar uyg‘unlashishi muqarrarligini qayd etishimiz lozim. Shunday ekan, cholg‘u ijrochiligiga xos bo‘lgan tajribalarni mujassam etgan holda keng ko‘lamli izlanishlar olib borish hamda mukammal o‘rganishni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Oliy ta’limning Magistratura bosqichiga qadar ijro etish jarayoni bilan bog‘liq masalalar, jumladan cholg‘uni ijro paytidagi ushlash holati, chap qo‘l barmoqlarining harakatlari, cholg‘uni sozlash ko‘nikmasi, mizrobni tutish holati to‘liq hal etilgan va bu borada barcha malakalar mustahkam o‘zlashtirilgan bo‘lishi lozim. Magistratura bosqichida asarni badiiy jihatdan ifoda etish, muallif maqsadini idroklash va mazmun, mohiyatni tajribali ijrochi nuqtayi nazaridan tahlil etish ko‘nikmalariga ega bo‘lib, keyingi bosqichda ilmiy-ijodiy faoliyat olib borish darajasida izlanish ishlarini olib borishi kerak. Shunday bo‘lsa-da, magistraturada tahsil olayotgan talaba yosh mutaxassis sifatida sohasi bo‘yicha rivojlanish tamoyillari asosida tarbiyalanishi talab etiladi. Ijroning mukammal bo‘lishi esa cholg‘uda muntazam shug‘ullanishni taqozo etadi. Shu nuqtayi nazardan ijrochilik ta’limini mustahkamlash zarurati doimo dolzarbligini qayd etishimiz o‘rinlidir.
O‘quvchi dars jarayonida cholg‘u, uning ijro imkoniyatlari, muayyan cholg‘uning boshqa cholg‘ulardan farqi va ular orasidagi o‘rni, uning ijrochilikdagi ahamiyati, cholg‘u uchun yozilgan asarlar, ularning mualliflari, ustozlar haqida ma’lumotlar bilan tanishadi. Talablardan kelib chiqib, darsga tayyorlanishda, bilimni o‘zlashtirishda ma’lum tartibga amal qilinishi lozim bo‘ladi.
Oliy ta’limning yuqori bosqichi (magistratura) da tahsil olish jarayonlari ham
ijro etishda bevosita me’yorga solinadigan tartibni taqozo etadi. Talabaning ijro
etish paytidagi umumiy holati: turib va o‘tirib ijro etish paytidagi gavda holati,
noxunni ushlash, o‘ng qo‘l bilaklarini erkin tutishiga va chap qo‘l barmoqlarining
rubob pardasi va dastasi bo‘ylab to‘g‘ri, tekis ketma-ketlikda harakat qilishiga
doimo e’tibor berib turish kerak. Shuning uchun ham dars boshlanishida ta’limning
13bosqichidan qat’iy nazar albatta musiqiy bezaklar va shtrixlardan tuzilgan mashqlar ijro etish, gamma ustida ishlash, o‘ng qo‘l mushaklari va chap qo‘l barmoqlarini yengil harakatlarini rivojlantirish usullari yuzasidan mashg‘ulotlar olib borish tavsiya etildi.

Download 127.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling