To’pni pastdan va yuqoridan o’yinga kiritish Usullari Reja Kirish. O’yin texnikasiga o’rgatish uslubiyati va


Download 1.81 Mb.
bet4/5
Sana04.02.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1165848
1   2   3   4   5
Bog'liq
To’pni pastdan va yuqoridan o’yinga kiritish usullari

To’g’ri zarba berish 3-4m masofadan qisqa yugurib kelish bajariladi. Ayniqsa to’rga nisbatan taxminan 45o-50o burchak ostida yugurib kelish qulay bo’ladi. Yugurib kelish ikki oyoqda depsinib va to’g’ri qo’lni oldinga-yuqoriga vaol harakatlantirib tugallanadi. Zarba beruvchi qo’l tirsakdan bukilib, keyin to’g’rilanadi va keskin harakat bilan to’pga yo’naltiriladi. Dastlab bilak chiqariladi, keyin esa panja chiqariladi. qo’l panjasi to’g’ri taranglashtirib to’pni past-old tomoniga zarba beradi.o’yinchi topga zarba berishgachan uchish vaqtida sharoitni to’g’ri baholab va to’g’ri qaror qabul qilishi kerak. o’yinchi zarba bergandan keyin oyoqlarni bukib yumshoq qo’niladi.

O’tkazish bilan to’g’ri zarba berish. Bu usulda raqibni to’siq vaqtda uchrashganda qo’llaniladi. O’tkazish bilan zarba berish texnikasini bajarish xuddi shundayo to’g’ri zarba berishga o’xshash bo’ladi. Farqi shundan iboratki, ya’ni o’yinchi zarba berish paytida bilak va panjani keskin harakatlantirib to’pni uchish yo’nalishini o’zgatiradi.

Yon boshdan zarba berish. Bu zarbani bajarish uchun o’yinchi sakrashdan oldin to’rga yon tomoni bilan turadi. Oyoqni tagi parallel qo’yiladi, depsingandan keyin qo’l yuqoriga, taxminan elka balandligida tepaga ko’tariladi. Shu yordam zarba beruvchi qo’l siltash uchun past-yon tomonga tushiriladi. Siltash gavdani beldan kirishib va burilish bilan davom etadi.


Yon boshdan zarba berish shuningdek o’tkazish bilan bajarilishi mumkin. Yuqori malakali jamoalarda yoki boshdan zarba berishda panjani o’tkazish bilanva bir vaqtda gavdani burishni birga qo’shib olib boriladi.
Himoyada o’yin texnikasi. Keyingi vaqtda himoyada o’yin texnikasi birmuncha yaxshilandi, nisbatan juz’iy bir xolni o’yinda to’pning o’rtancha vaqti, 5-6 sekunddan to 7-9 sekundgacha oshganligini ko’rsatadi. Bunday texnik usul, to’siq qo’yish bo’lib, u tozagina himoya vositasidan hozirgi vaqtda hujum vositasiga aylanib qolmoqda. Lekin baribir to’siq qo’yish va to’pni qabul qilish himoyasini asosiy vositalari bo’lib qoladi.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling