O
22-расм
‘tma masshtab. Eski rus o‘lchovida chizilgan plan, karta va aerosurat masshtablarining maxrajlari o‘nlik sistemadagi yaxlit son bo‘lmay, balki o‘nlar sistemasi qoidasiga xilof sonlar bo‘ladi. Bunday masshtablardan foydalanish ancha noqulay. Shunga ko‘ra plan yoki aerosuratdagi masofani (chiziq uzunligini) hech qanday hisoblash qilmas-dan metr sistemasidagi o‘lchov birligida ifodalash uchun o‘tma masshtab yasaladi. Masalan, aero-surat son masshtabi 1:15400 bo‘lsin. Bunga o‘tma masshtab yasash uchun quyidagi propbrsiya tuziladi: aerosuratda son masshtab bo‘yicha 154 m ga 1 sm to‘g‘ri kelsa, 200 m ga x to‘g‘ri keladi. Bundan x=200: 154=1,298 sm, yaxlitlasak, x=1,3 sm bo‘ladi. Asos uzunligi 2 sm dan kichik bo‘lmasin deyilsa, u 2 ga ko‘pay-tiridadi. Shunda asos uzun-ligi 2,6 sm bo‘lib, bunga a 400 m to‘g‘ri keladi. Masshtab yasash uchun to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 2 sm o‘rniga 2,6 sm dan qo‘yiladi, Yuzli masshtab qoidasiga ko‘ra t=10, n=10 olib yuqoridagidek yuzli (o‘tma) masshtab yasaladi. Masshtab asosining qiymati m bo‘lib, r=40 m, eng kichik bo‘lagi 4 m bo‘ladi O‘tma masshtabning metrik masshtabdan farqi shundaki, metrik masshtabda asosga 2 sm olinadi, o‘tmada esa 2,6 sm yoki soniy masshtabga qarab boshqa son olinadi. Bu masshtab bo‘yicha olingan kesma uzo‘nligi chiziqning metr sistemasidagi uzunligi bo‘ladi.
Planda siniq chiziq uzunligini aniqlash. Plandagi to‘g‘ri chiziq uzunligining qiymatini aniqlashda chiziq uzunligi o‘lchagichda olinib, so‘ngra masshtabga qo‘yiladi. Agar planda uzunligi aniqlanishi kerak bo‘lgan chiziq bir necha kalta av, vs,... chiziqlardan iborat bo‘lsa, avsde uzunligini aniqlashda har bir kalta chiziq uzunligini alohida aniqlab, keyin ular birbiriga qo‘shiladi. Buning o‘rniga siniq chiziqlardan bir chiziq yasab, keyin uning uzunligini topish qulay. Masalan, sirkul uchini d ga qo‘yib, de radiusi bo‘yicha yoy chiziladi–da, sd davomidagi ye' topiladi. Keyin s markazdan se' radius bo‘yicha yoy chizib, vs davomidagi s' topiladi. Oxirida v ni markaz qilib, vs' radius bo‘yicha yoy chizilib, v' topiladi. So‘ngra hosil bo‘lgan av' hamma chiziqlar yig‘indisi bo‘l-ganidan uning uzunligi masshtab bo‘yicha aniq-lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |