Masshtab aniqligi. Masshtab bo‘yicha planda ko‘rsatish mumkin bo‘lgan joydagi eng kichik chiziq, uzunligi masshtab aniqligi deyiladi va t bilan belgilanadi. Planda lupaciz, sog‘lom ko‘z bilan 0,1 mm kesmani ajratish mumkin. 0,1 mm dan kichik chiziqni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, plandagi 0,1 mm grafik aniqlik deyiladi; joyda bunga to‘g‘ri kelgan uzunlik masshtab anitligi deb ataladi. Masshtab aniqligi masshtab maxra–jining 0,1 mm ga ko‘paytirilganiga teng, ya’ni
(II. 12)
Masalan, 1:2000 masshtabning aniqligi t=0,1•2000=200mm=0,20 m; 1:5000 masshtabniki t=0,1•5000=0,50 m. Normal yuzlikli masshtabda aniqlik masshtab eng kichik bo‘lagining yarmiga teng, ya’ni
(II. 13)
Masalan, 1:2000 masshtabda 1:5000 masshtabda esa m, m bo‘ladi. (II. 12) formula bo‘yicha hisoblangan turli soniy masshtablar aniqligi 2–jadvalda keltirilgan.
2–jadval.
Sonli masshtablar
|
Masshtab aniq–
ligi, m
|
Sonli masshtablar
|
Masshtab aniqligi, m
|
1:200
1:500
1:1000
1:2000
1:5000
|
0,02
0,05
0,1
0,2
0,5
|
1:10 000
1:25 000
1:50 000
1:100 000
1:200 000
|
1. 0
2,5
5,0
10,0
20,0
|
Masshtab aniqligi bo‘yicha kichraytish darajasi M ni va plan massh–tabni topish mumkin. Masalan, t=0,5 m bo‘lganda. bo‘yicha bo‘ladi; shunga ko‘ra, plan masshtabi 1:5000 bo‘ladi. Bulardan tashqari, masshtab aniqligi yordamida karta masshtabi bo‘yicha kartada tasvirlash mumkin bo‘lmagan joy konturi shaklini va narsalar o‘lchamini aniqlash, joydagi kerakli ob’ektlarni o‘ziga o‘xshash qilib planga tushi-rish uchun qanday masshtab olish kerakligini ham bilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |