Toponimika va geografik terminshunoslik


Download 371.5 Kb.
bet3/37
Sana05.02.2023
Hajmi371.5 Kb.
#1167785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
portal.guldu.uz-TOPONIMIKA VA GEOGRAFIK TERMINSHUNOSLIK

Gibrid nomlar - turli qismlari turli tildagi so'zlardan iborat bo'lgan murakkab geografik nomlar: Ko'hitangtog', Gugurttog, Taxtapul.
Gidronim - okean, dengiz, ko'l, daryo, soy, buloq, quduqlarning nomi: Sirdaryo, Uchquduq, Qorako'l, G'ovasoy, Volga, Chirchiq va boshqalar. Gidronimlarning ayrim turlari ham mavjud: potamonim - daryolar, soylar, irmoqlar, kanallarning nomlari; limnonim - ko'llar, buloqlar, hovuzlar va quduqlarning nomlari; pelagonim - okeanlar, dengizlar va qo'ltiq (ko'rfaz) lar nomlari.
Indikator (toponimikada) - toponimlarni hosil qiluvchi mahalliy geografik terminlar: qum, tepa, qo'rg'on, daryo, suv , kent va boshqalar.
Makrotoponimlar - ko'pchilikka ma'lum bo'lgan, tez - tez tilga olinadigan yirik nomlar: Yevropa, Osiyo, Tyanshan, Tinch okean, Sibir va boshqalar.
Memorial nomlar - buyuk kishilar nomi, yirik voqealar bilan bog'liq bo'lgan nomlar: Navoiy, Beruniy, Vashington, Pushkin, Magellan, G'alaba cho'qqisi va boshqalar.
Metafora atamalar(terminlar): bo'g'iz, bo'yin, og'iz, etak, lab, tirsak, quloq va boshqalar. Ayrim adabiyotlarda anatomik terminlar deyiladi.
Metafora nomlar - ko'chma ma'noda ishlatiladigan ta'rixiy, o'xshatma nomlar: Odamtosh, Qo'ytosh, Qirqqiz, Temir darvoza, Jinko'cha.
Metateza bilan shakllangan toponimlar- (grekcha “metatesis” - joy almashtirish) so'zdagi tovushlarning o'rin almashinishi (Beshog'och - Bechog'osh, Sayram - Saryom).
Mikrotoponimlar - mayda geografik nomlar: mahalla, ko'cha, mavze, bekat, guzar nomlari.
Oronimlar - Yer yuzasi relyefi shakllari (tog', tizma, vodiy, tekslik, qirlar) nomlari: Himolay, Tyanshan, Pomir, Chotqol, Farg'ona vodiysi.
Oykonimlar - aholi yashaydigan joylar (shahar, qishloq, ovul) nomlari: Toshkent, Parkent, So'qoq, Go’zalkent va boshqalar.
Polisonimlar - (grekcha “polis” - shahar) - shaharlarning nomlari, shahar ichidagi obyektlarning nomlari urbonimlar deb ham ataladi.

Download 371.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling