Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent


Download 405.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana14.07.2017
Hajmi405.96 Kb.
#11225
  1   2   3   4   5   6

TABIAT

MOJIZALARl



t


20.1

M23


Taqrfzchi: 

geografiya  fanlari  nomzodi, dotsent- 

Shuhrat Zokiroz

Tabiat mo'jizalarga boy.  Biz  tabiat yaratgan mo'jizalami ko‘rganda 

hayratga tushamiz, olam-olam taassurotlar olamiz. Yurtimizda ham tabiat 

mo‘jizalari  ko‘p.  Ularga  ota-bobolarimiz  “Odamtosh",  “Qo‘ytosh”, 

“Qirq  qiz”,  “Savat  ko‘targan  kelinlar*,  “Oltin  beshik”,  “Ko'zyosh 

oqizuvchi qoya", uShamol shaharlari" va boshqa nomlar berishgan.  Bu 

mo‘jizalarga bag‘ishlab turli afsona va rívoyatlar to‘qilgan.

Kitobda  ana  shunday  tabiat  mo'jizalari,  ular  haqidagi  afsona  va 

rivoyatJar, 

shuningdek  tabiat 



mo'jizalarining

  kelib  chiqish  sababiari 

haqidagi  ilmiy  xulosalar bayon  etiladi.

Mamatqulov,  Murod.

M23 

Tabiat moA



jizalari: (afsona, rívoyat va ilmiy 

xulosalar)/M. Mamatqulov.  —T.:*0‘zbekiston 

milliy ensiklopedivasi*  Davlat  ilmiy nashriyoti, 

2009-144 b.

BBK  20.1

I

ISB N   978-9973-07-107-0



€> * 0 ‘?bekiston  milliy ensiklopediyasi* 

Davlat  ilmiy  nashriyoti.  2009

3

KIRISH

Tabiat  mo'jizasi  nima?  Tabiat  —  butun  borliq,  olamdagi 

hamma  narsalar,  barcha  mavjudot.  Mo'jiza  —  kishini  hayron 

qoldiradigan hodisa, umuman odatdan tashqari barcha narsalar. 

Demak,  tabiat  mo‘jizalari  deganda,  butun  borliqdagi  kishini 

hayron  qoldiradigan,  odatdan  tashqari  barcha  hodisalarni 

tushunishimiz  kerak.

Aslida,  tabiatdagi  eng  kichik  hujayradan  Yer  yuzidagi  eng 

baland cho‘qqi — Jomolungma (Everest)gacha bo‘lgan hamma- 

hamma  narsalar  mo‘jiza.  Biroq,  insoniyat  tabiatni,  tabiat 

hodisalarini  o'rgana bordi  va  har biri  to‘g‘risida  ilmiy  xulosalar 

chiqardi.

Natijada odamlar nazarida “mo‘jiza” bo'lib tuyulgan ko'pgina 

tabiat  hodisalarining  mohiyati  ravshanlashdi,  endilikda  ular 

kishilarni  ajablantirmay  qo‘ydi. 

Lekin,  bu  bilan  barcha 

“ mo'jizalar” ayon bo'ldi,  ular endi tabiatda uchramaydi  desak, 

xato  o'ylagan  bo'lamiz.  Chunki,  hozirgacha  fanga  ma’lum 

bo'lmagan oddiy tabiiy hodisa va narsalar, masalan, qabristonlar- 

da  tunda  ko'rinadigan  shu’lalar;  yer qa’ridan  chiqayotgan  issiq 

buloqlar,  shuningdek,  turli  manzaralar  -   “teshik  tosh” ,  “tosh 

o‘rmonlari” ,  “kuylovchi  g‘or” ,  “olovli  g‘orlar”,  “g'orlardagi 

daryo  va  ko'llar”,  “ko‘zyosh” 

oqizuvchi

  qoyalar,  xohlaganda 

suv  beruvchi  buloqlar,  tosh  q o ‘ziqorinlari,  sangijumbon 

(qimirlovchi  tosh)  va boshqalar hanuzgacha  kishilarni  hayratga 

soladi.

Ma’lumki, tabiatdagi mavjud narsalaming hammasi  -  odam 



va  hayvonlar,  suv  va  o'simliklar,  tog‘-u  toshlar,  quruqlik  va 

okeanlar, barcha-barchasi tinmay harakatda, o'zgarishda bo‘lib, 

ular bir tomondan paydo bo'lsa,  ikkinchi tomondan yemiriladi, 

yoki  bir shakldan  ikkinchi  shaklga  o‘tib  turadi.

Kundalik  hayotingizda  kuzatib  borsangiz,  o'zingiz  ham 

tabiatda  yuz  berayotgan  o'zgarishlaming  ilg‘ashingiz  mumkin.



Yer qobig'ida sodir bo'lib turadigan zilzilalar, vulkan harakatlari, 

yonbag'irlarning  qulashi  va  surilmalar,  orollaming  suv  ostiga 

cho'kib ketishi va yangilarining paydo bo'lishi — buning yaqqol 

dalilidir.  Ulaming hammasi yeming ichki kuchlariga bog'liqdir. 

Lekin, yer yuzasida ham  ma’lum  kuchlar bor-ki,  ular vositasida 

tekisliklar  jarliklarga,  tog'lar  pasttekisliklarga,  qattiq  granit 

toshlar qum va gil jinslariga aylanib turadi.  Mana shu yer sathini 

0

‘zgartirib  turuvchi  kuchlar,  awalo,  oqar suv,  shamol,  quyosh 



nuri,  o‘simliklar  dunyosi,  yer  osti  suvlari,  qor, 

yom g‘ir

  va 


muztiklaming,  shuningdek,  insonlaming  bunyodkorlik  hamda 

buzuvchilik ishlaridan  iborat.

Agarda  qumli  cho'llardagi  barxanlar  ko'chishiga,  dar- 

yolarning  jo ‘shqin  to'lqinlariga,  okean-dengizlar  dovullariga, 

baland  tog'lardagi  qor  bo'ronlariga  va  u  yerdagi  bahaybat 

muzliklar  ko'chishiga  nazar  tashlasak,  ulaming  naqadar  katta 

kuchga ega ekanligini anglaymiz. Chunonchi, qor bilan shamol, 

Quyosh  bilan  qor birlashib  “harakat  qilsa”  bormi  — eng  qattiq 

tog' jinslari  ham  nurab,  maydalanib  ketadi.

Tabiat yaratgan yodgorliklarning ma’lum qismi Yergeologik 

tarixining dastlabki davrlaridan boshlab paydo bo'lgan va tashqi- 

ichki ta’sirlar tufayli yaxshi saqlanmagan.  Ulaming kelib chiqishi, 

yer yuzasida namoyon bo'lishi va saqlanishida asosiy omillardan 

biri  —  Yer  tarixining  neogen  —  to'rtlamchi  davrlarida,  ya'ni 

taxminan 23—25 min yillar ichida sodir bo'Iayotgan yangi tektonik 

harakatlardir. Yangi tektonik harakatlar natijasida biz hozir ko'rib 

turgan  bahaybat  tog‘lar orasidagi  ajoyib  manzaraga  ega bo'lgan 

oraliq va tog'oldi botiqlari vujudga kelgan.  Demak, Yer qiyofasi, 

shu jumladan,  tabiat  yodgorliklarining bunyod  bo'lishida  yangi 

tektonik  harakatlaming  ahamiyati  beqiyosdir.  Yangi  tektonik 

harakatlar natijasida kelib chiqqan  relyef shakllariga  yer yuzasi­

da  sodir  bo'Iayotgan  nurash,  eroziya,  eol,  glatsial  va  boshqa 

jarayonlar  ta ’sir  qilgan.  Biroq  hosil  bo'lgan  ko'plab  tabiat 

yodgorliklari  bu jarayonlar  ta’sirida  yo'qolib  ham  ketgan.  Yer 

tarixida  nafaqat  tabiat  yodgorliklari,  balki  ulkan  tog'lar  ham 

butunlay yemirilib ketgan,  ulaming o'rnini tekisliklar egallagan. 

Shu sababdan yer yuzida “qari” va “yosh” tog'lar mavjud. “Qari” 

tog'larga  Tyanshan,  Ural;  “yosh”  tog'larga  Pomir,  Hindukush 

va  boshqalar  misol  bo'ladi.  “Qari”  tog'laming  ba’zilari  yangi 

tektonik harakatlar ta’sirida qayta ko'tarilgan.

4  

___________________________________________ TAB1AT  M O 'JIZALARI



Yer  kurrasining  ichki  va  tashqi  kuchlarini  hamda  ular 

vositasida  paydo  bo'ladigan  foydali  qazilmalarni,  tekislik  va 

tog'laming kelib chiqishini o'rganuvchi fan geologiya (yunoncha 

“geo”  — yer,  “logos”  — fan) deb ataladi.  Yer haqidagi  bu fanlar 

ko‘p tarmoqqa bo'linadi. Yer sathiga muayyan manzara beruvchi

uning qiyofasini  o'zgartiruvchi  kuchlar tavsifini  geologiya  fani- 

ning bir tarmog'i bo'lgan dinamik geologiya o'rganadi.  Biz tabi- 

at  mo'jizalari va ularni  keltirib chiqargan omillar to ‘g‘risida fikr 



yuritganda  aynan  maria

  shu  dinamik  geologiya  fanining  ilmiy 

asoslariga tayanamiz.

Ushbu kitobda bayon qilingan ma’lumotlar, tabiat ajoyibot- 

lari  va  mo'jizalarining  kelib chiqish  sirlarini bilib olish  yoshlar- 

ning  tafakkurini  charxlash  bilan  bir  qatorda,  ulaming  geogra- 

fiya  va  geologiya  fanlariga  bo'lgan  qiziqishlarini  orttiradi  deb 

umid  qilamiz.

Mazkur  kitobni  nashrga  tayyorlashda  muallif  tomonidan 

hamkasblari  M.Zokirov,  M.Hoshimov,  G.O.Mavlonov,  Z.Sul- 

tonov,  I.Otajonov, A.01imov,  M.Yusupov,  K.Oripov,  P.Otayev- 

lar  bilan  hamkorlikda  to'plagan  ma’lumotlar  va  chop  etilgan 

materiallaridan  foydalanildi.

Tabiatning  noyob yodgirliklari  haqida

_________________________ 

5

TABIATNING  NOYOB  YODGORLIKLARI 

HAQIDA

Tabiatning noyob yodgorliklari atamasini birinchi bo'lib fanga 

mashhur nemis sayyohi, geograf va tabiatshunos olim Aleksandr 

Gumboldt  19-asrda kiritgan. Tabiat tomonidan yaratilgan barcha 

obyektlarni  ham  tabiatning  noyob  yodgorliklari  deb  bo'lmaydi. 

Tabiatning  noyob  yodgorliklariga,  odatda,  kishini  o'ziga  jalb 

qiluvchi, ichkî va tashqi tabiiy kuchlar yoki insonning muhandislik 

faoliyati ta’sirida yo'qolib ketishi mumkin bo'lgan, o'tgan geologik 

davrlarda  vujudga  kelgan  tog' jinslarining  yemirilishi  natijasida 

ochilib qolgan qoya va kesmalaming yer yuzasiga chiqib qolishi

qadimgi o'simlik va hayvonlarning toshqotgan qoldiqlari,  izlari, 

manzarali sharsharalar, g'orlar va ular ichidagi ajoyib  hosilalar, 

ko'liar,  daryolar  va  boshqalar  kiradi.  Noyob  tabiat  yodgor- 

liklarining muhim xususiyatlaridan biri — ulaming ilmiy,  nafosat 

va geologik tarixiy ahamiyatga egaligidir.


Ko'pchilik noyob tabiat  yodgorliklarining vujudga  kelishida 

tabiiy  omillar  (geomorfologik,  arxeologik)  bilan  bir  qatorda 

boshqa omillar ham qatnashadi. Yodgorliklaming vujudga kelishi­

da mazkur omillar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir.  Bunga 

misol  qilib  0 ‘zbekiston  va  boshqa  hududlarda  uchraydigan 

geologik,  geomorfologik,  arxeologik  yodgorliklami  ko'rsatish 

mumkin.  Toshkent  viloyati  Xo'jakent  qishlog'i  yonidagi  ohak- 

toshlardan  tashkil  topgan  qoyalar  ham  geologik  hamda  geo­

morfologik yodgorliklar bo'lib, bu yerlarda qadimiy ajdodlarimiz 

qurol yasagan ustaxonasi va g‘or devorlariga chizib ketgan rasmlar 

saqlangan.  Shuningdek, bunday yodgorliklar guruhiga 0 ‘zbekis- 

ton janubidagi  Ko'hitang  tizmasidagi  ohaktoshlarda  hosil  bo‘1- 

gan  Zarautsoy  g'orida  ibtidoiy  odamlar  tomonidan  tabiiy  bo‘- 

yoq  — oxra bilan  20—30  ming  yillar  ilgari  chizilgan  bir qancha 

hayvonlar,  hasharotlar va ov  manzaralarini aks ettinivchi rasm­

lar ham  misol  bo'la  oladi.



SUV,  SHAMOL,  QUYOSH

Yer tashqi kuchlarining ta’siri va ularning o'zgartiruvchanlik 

ishini  mukammal  bilish  uchun,  avvalo,  suv  va  shaniolning 

geologik faoliyati haqida biroz tasawuiga ega bo'lish lozim. Chunk!, 

ular  noyob  tabiat  yodgorliklarining  chin  mohiyatini  ochishda 

muhim  ahamiyat  kasb etadi.

Suv  Yer  kurrasining  katta  qismini  egallab,  atmosferaning 

10—15 km balandügida va Yer qobig’ining eng chuqur qatlamlarida 

ham uchraydi. Yer qobig'ining ichkarisida magmaning qotishidan 

ham  yuvenil suvlar (“yuvenil”  lotincha  -   “sof,  bokira")  paydo 

boMadi.

Qisqacha  aytganda,  Yer  sathining  71%  qismi  suv,  ya’ni, 



okean  va  dengizlar  bilan  qoplangan.  Okeanlarning  o'rtacha 

chuqurligi  4500  m.  Tinch  okeandagi  Mariana  botig‘ining 

chuqurligi  11022  m  ni  tashkil  etadi.  Dengiz va okean suvlarida 

Mendeleyev  davriy  sistemasidagi  qariyb  bare ha  kimyoviy 

elementlar uchraydi.  Suv juda yemiruvchi, erituvchi kuchdir.  U 

tog‘  jinslarini  yemiradi,  oqizadi  va  boshqa joylarga  olib  borib 

to'playdi.  Oqar suvlarining  yemiruvchanlik  faoliyatiga  Xitoyda 

Xuanxe (xitoycha “Sariq daryo”) va 0 ‘rta Osiyoda Amudaryoning 

bajargan  geologik  ishlarini  misol  tariqasida  keltiramiz.  Xuanxe

__________________________________



TABIAT MO'JIZALARI

daryosi 

bir yil  mobaynida dengizga 900 min  m3 dan ziyod  loyqa 

oqizadi. 

Bu — bir kvadrat kilometr maydondagi yerda, loyqadan 

balandligi  900  m  bo'lgan  sun’iy tog‘  yasash  mumkin demakdir. 

Amudaryo 

esa shu muddat ichida (20-asrning 60-yillariga qadar) 

Orol dengiziga qariyb 44,5 min m3 loyqa oqizib keltirgan.  Ko‘rib 

turibsizki,  Yer  qiyofasini  o'zgartirishda  suvning  roli  naqadar 

katta ekanligini!

Shamol  ham  Yer qiyofasini  o ‘zgartirishda  katta  kuchlardan 

hisoblanadi.  U  maydalangan tog‘ jinslarini uchiradi (chang, qum 

bo'ronlari),  uchirgan jinslari yordamida ikkinchilarini sindiradi, 

silliqlaydi va nihoyat, kuchi so'ngach, ko'chirilgan jinslami biron 

joyga turli shaklda to'playdi.

Sekin esuvchi  shabadalardan  tortib kuchli  shamollarni  kim 

ham  bilmaydi  deysiz?  Shamol  kuchi,  odatda,  m/sek  bilan 

o'lchanadi.  3  m/sek tezlikdagi  shabada barglami  qimirlatsa,  10 

m/sek tezlikda esayotgan shamol shoxlarni  siitab,  to ‘zon  ko‘ta- 

rib,  mayda tog‘ jinslarini uchiradi.  30 m/sek tezlikdagi va undan 

kuchliroq  shamollar  (dovullar)  esa  uylarni  vayron  qiladi,  da- 

raxtlarni  ildizi  bilan  sug'urib tashlaydi,  kishilar hayotiga  zomin 

bo'ladi.  Masalan,  1872-yilda  Hindistondagi  Gang  daryosining 

quyi oqimida esgan qattiq shamol ta’sirida bir kechada  100 mingga 

yaqin  kishi  halok  bo'lgan  va  bedarak  yo'qolgan.  Shunday 

dovullardan  bin  1876-yilda  Nyu-Yorkda  60  metrli  gumbazni 

qulatib tushirgan boMsa, ikkinchisi esa  1932-yilda Kubada okean 

toMqini  bilan  biiga  Santa-Krus shahrini  vayron  qilib,  3  mingga 

yaqin  kishi halok boMgan.

Kun  qizigan  paytda  paydo  bo'ladigan  “ajina”  (aylanma) 

shamollar  va  momaqaldiroq  vaqtida  vujudga  keladigan  quyun 

nihoyatda  katta  kuchiga  ega  bo'lib,  inson  uchun juda  xavflidir. 

Shunday shamollardan bin  1914-yilda Fransiya ustidan o'tganda, 

havoda yomg'ir bilan  birga qurbaqa  ham  yoqqan ekan.  Shunga 

o'xshash  voqea  1963-yilning  bahorida  Farg'ona  viloyatining 

Oltiariq tumanida ham bo'lganligi va havodan itbaliq yoqqanligi 

hanuzgacha mahalliy aholining yodidan ko'tarilmagan.  1944-yil 

Rossiyaning Voronej viloyatida ko‘tarilgan quyun yer bag'ridan 

kumush  tangalami  “qismlab  olib”  ketib,  yerga  qayta  sochgan. 

Ulaming  barchasi  shamolning  naqadar  ulkan  kuch  ekanligi- 

dan  dalolat  beradi  ( 0 ‘rta  Osiyodagi  nafas  qaytarar  “afg‘on 

shamoli”ning  “kirdikorlari” ,  qishloq-shaharlami  bosib  ketgan



Suv,  shamol,  quyosh

____________________________________ y



8

TABÍAT MO JIZALAR!

qum  bo  ronlari  ko'pchilikka  m a’lum  boMganligi  uchun,  bu 

shamollami tilga olmadik).

Quyosh  Yer  kurrasining  birdan  bir  issiqlik  va  yorug'lik 

manbayidir, uning hajmi Yerdan 332400 marotaba katta. Quyosh, 

asosan, qizigan gazlardan tashkil topgan bo'lib, uning negizidagi 

harorat  20  mln  darajaga,  Quyoshning  bizga  ko'rinuvchi  tashqi 

qismi  (fotosferasi)dagi  harorat  6000  darajaga  yetadi.  Quyosh 

o'zidan  bir  minutda  5,43* I027  kaloriya  issiqlik  ajratib  chiqara- 

di.  Bu  Yer  kurrasini  12  m  qalinlikda  muz  o'rab  olsa,  uni  eritib 

yubora oladigan issiqlik demakdir.  Shuni ham ta’kidlash joizki, 

Yer  Quyosh  energiyasini  to'liq  olmaydi.  Uning  ko‘p  qismi 

atmosferaning o'zida yutiladi.

Agar  Quyosh  nuri  Yerga  tushmaganda  edi,  uning  sathidagi 

sovuq  150—160 darajaga yetardi va unda hayot bo'lmasdi. Shunday 

ulkan  issiqlik  manbasi  mavjudligining  asosiy  sababi  -   yadro 

reaksiyasi natijasida vodorod elementininggeliyga aylanishidir.  Bu 

0‘zgarishlar tufayli  Quyosh  kun  sayin  kichrayib  boradi,  ya’ni,  u 

harsekundda 4 mln tonna hisobida o‘z og'irligini yo'qotadi.  Lekin, 

bu bilan Quyosh bir necha o'n yillar ichida butunlay tugab tamom 

bo'ladi  degan  ma’no  chiqmaydi,  albatta.  Chunki,  Quyoshning 

kattaligi oldida  “4 million tonna” deganimiz juda ham kichikdir. 

Olimlaming hisoblariga ko'ra, o'tgan 2 mlrd  yil davomida Quyosh 

0‘zining  7500  dan  bir  bo'lagini  yo'qotgan  xolos.

Biz  yuqorida  suv,  shamol,  Quyosh  va  ulaming  Yerga  ko'r- 

satadigan  ta’siri  haqida qisqacha  ma'lumotlar keltirdik.  Tabiat- 

ga bular alohida-alohida ta’sir ko'rsatniaydi, albatta.  Ularbirga- 

lashib, shunday katta kuchni tashkil qiladi-ki,  bu  kuch  Yer qiyofa- 

sini xohlaganicha yemiradi, o‘zgartiradi va qayta quradi. Agar bu 

kuchlaiga  organik  dunyo  —  o ‘simlik  va  hayvonlar  faoliyatini 

qo'shsak, Yerdagi tashqi kuchlar naqadar buyuk yemiruvchanlik 

va yaratuvchanlik qudratiga ega ekanligiga iqror bo'lamiz.  Mana 

shu  aytilganlar  —  suv,  shamol,  quyosh  va  organik  dunyoning 

birgalikda bajaigan ishi geologiya fanida  “nurash” deb ataladi.



NURASH

Umuman,  Yer  yuzasini  qoplagan  tog'  jinslari,  geologiya 

fani asoslariga ko'ra, uchga bo'linadi. Ulaming birinchisi magmatik 

tog*  jinslari  -   granit,  bazalt,  siyenit,  labradorit  va  boshqalar



Nurash

9

bo'lib,  ular  ko'pincha  tog'li  oMkalarda  uchraydi.  Ikkinchisi 



metamorfik  (siqilgan)  tog4 jinslari  — slanes,  marmar,  qumtosh 

va h.k.lardir. Aksar hollarda ular ham tog'lik joylarda va daralaming 

yonbag‘irlarida  uchraydi.  Uchinchisi  cho'kindi  tog*  jinslari  — 

ohaktosh,  tuz,  gil,  qum,  soz tuproq, gips va  boshqalardir. Tog* 

jinslari  muttasil o'zgarishda bo'lib, binning maydalanishi  natija- 

sida  ikkinchisi,  ikkinchisining siqilishi  natijasida esa  uchinchisi 

vujudga keladi.  Xullas,  tog‘-u soylaming toshi  o'ziga xos tarzda 

“hayot” kechiradi. Mana shu tog* jinslarining hayot yo‘lida ularga 

doimo quyosh,  havo,  suv va boshqa  omillar ta’sir ko‘rsatadi  va 

ulami  nuratadi.  Bu  murakkab  va  uzluksiz  kechadigan  nurash 

jarayoni  tabiatda  uch  yo‘l  bilan  rivojlanadi.

Birinchi  yo'l  — fizik  nurash.  Bu,  asosan,  tun  bilan  kunning 

almashinishi  hamda  fasllar  davomida  haroratning  o'zgarishi 

natijasida  tog‘ jinslarining keskin  kengayishi  va torayishi  tufayli 

sodir bo'ladigan jarayondir.  Bundan tashqari, fizik nurashga tosh 

yoriqlariga  kirgan  suvning  muzlashi,  harakatdagi  tog*  muz- 

liklarining yemiruvchi ishlari, shamol  uchirgan zarralaming tog* 

jinslariga  urilishi  natijasida  paydo  bo'ladigan  hodisalar,  yashin 

tushishi  tufayli  yuz  beradigan  silliqlanish,  parchalanish, 

yemirilish  hodisalari  ham  kiradi.  Isboti  uchun  shunday  misol 

keltiramiz. Granit tosh yoriqlarida suvning qotishi natijasida hosil 

bolgan  muz toshning  I  sm2 devoriga 890 kilogramm  kuch bilan 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Albatta,  bu  kuch  oldida  granitdek  qattiq  tog* 

jinsi  ham  parcha-parcha  bo'lishga  majbur.  Chunki,  granit  tosh 

turlicha  kengayish-torayish  xossasiga  ega  minerallardan  tashkil 

topgan bo'lib, issiqlik va sovuqlik natijasida, awalo, uning tanasi- 

da mayda yoriqlar vujudga keladi va unga singib kirgan yomg‘ir va 

erigan  qor suvlari  muzlab,  yuqorida  aytilgan  kuch  bilan  granit- 

ni  yorib  yuboradi  yoki  yemiradi.  Tog*  jinslarining  bunday 

xususiyatlaridan  ota-bobolarimiz  ham  foydalanib  kelganlar. 

Tarkibida  mis,  kumush,  qo'rg'oshin  kabi  foydali  ma’danlari 

bo'lgan qattiq katta toshni parchalash uchun, ustiga gulxan yoqib, 

uni  qizdirganlar,  so'ngra  sovuq  suv  sepganlar.  Natijada,  qizib 

kengaygan tosh birdan sovib torayishi tufayli parcha-parcha bo'lib 

ketgan.  Shu  tariqa,  ma’danlar osonlik  bilan  ajratib  olingan.

Fizik nurash ta’sirida tog* jinslari maydalanar, sinar, yemirilar 

ekan,  o*z  navbatida,  nurashning  boshqa  turlari  (kimyoviy  va 

biologik  nurash)  uchun  ham  qulay sharoit  yaratadi.



10

TABIAT MO'JIZALARI

Ikkinchi yo‘l — kimyoviy nurash.  Bu nurash havodagi, suvdagi 

va organik dunyo tarkibidagi turli  kimyoviy elementlaming tog' 

jinslariga  ko'rsatadigan  ta’siri  ostida  vujudga  keladi  va  turlicha 

yemirilishlarga sabab bo'ladi. Ta’sirchan elementfardan bo'lgan 

kislorod,  uglerod,  sof  ion  holidagi  vodorod  va  ishqorlar  tog* 

jinslariga juda  ham  “tajovuzkor  hujum”  qilib,  ularni  yemiradi. 

Bunga  oddiy  misol  qilib  ternir va  mis  asboblaming zanglashini 

keltirsa bo'ladi — ternir zanglasa (oksidlansa), sariq tusga va mis 

zanglasa  yashil  tusga  kiradi.  Yer  qatlamlaridagi  ohaktoshlar va 

tuzlarning  suv  ta'sirida  erib,  chiqib  ketishi  natijasida  turli 

o ‘pirilishlar  sodir  bo'lishi,  g'orlam ing  vujudga  kelishi  ko‘p 

kuzatilgan.  Mana shu  uzluksiz kimyoviy  nurash jarayoni  tufayli 

qattiq  otqindi,  magmatik  tog* jinslari  — granit,  siyenit,  porfirit 

va  boshqalar  yemirilib,  chinni  tayyorlanadigan  oq  gil  (kaolin) 

va undan so'ng ishlab chiqarishning turli sohalarida foydalaniladi- 

gan  gilmoyalar  paydo  bo'ladi.  Xullas,  kimyoviy  nurashga  oid 

misol la mi juda ko'p keltirish mumkin.  Ularko'plab sodir bo'lishi 

bilan birga, juda sodda  kechadigan jarayonlardir.

Uchinchi  yo‘l  — biologik  nurash.  Nurashning  bu  turi  ham 

Yer  sathida  sodir  bo'ladigan  buzuvchanlik  va  yaratuvchanlik 

jarayonida  faol  qatnashadigan  omillardan.  Oddiy  misol  qilib 

nytganda,  oziq-ovqatimiz  manbayi  bo'lgan  tuproq  qatlami, 

asosan.  biologik  nurash  mahsulidir.  Chunki,  har  bir  gramm 

tuproqda  3  mlrd  va  undan  ham ziyod juda  mayda  organizmlar

shuningdek,  chuvalchanglar,  qo'ng'izlar  va  boshqa  jonzotlar 

yashaydi.  Bir yil  davomida  chuvalchanglar o'z  tanasi  orqali  10 

tonna tuproqni  o'tkazib yuboradi.  Mashhur ingliz olimi  Charlz 

Darvin  ta'biri  bilan  aytganda,  "butun  yer  yuzasidagi  tuproq 

qatlami  chuvalchanglar  ichidan  o'tgan  va  yana  bir  necha  bor 

o'tadi”.

“ lldiz toshni teshadi” degan iborani ko'pchilik eshitgan. Agar 

tog'larga chiqqan bo'lsangiz — katta xarsangtoshlar ustida o'sgan 

mog'or va lishayniklaiga ko'zingiz tushgandir? Bunday o'simliklar 

qattiq tog'jinslari ustida o'sib va ildizlari orqali oziqlanib, toshlar- 

ni  yemiradi  hamda  parchalaydi.  Bu jarayonga  mikroorganizm- 

lar  ham  hissa  qo'shadi.  Chunki,  hech  bir joy  yo'qki,  u  yerda 

mikroorganizmlar  yashamasin.  Masalan,  O'rta  Osiyoning  eng 

baland  tog'laridan  biri  —  Pomiming  4000  m  balandligida  tog' 

jinsining  bir  grammida  20—30  ming  mikroorganizm  boriigi



Tog'jinslari_______________________________________________  

11

aniqlangan.  Shimoliy Afrikadagi  Sahroyi  Kabiming  bir gramm 



qumida  esa  100  ming  mikroorganizm  yashar  ekan.  Qisqacha 

aytganda,  biologik  nurash  Yer  sathida  katta  hajmdagi  geologik 

ishni  bajarar  ekan.  Bu  mikroorganizmlardan  tortib,  murakkab 

o'simlik va hayvonlargacha, qariyb barcha jonzot va o'simliklar- 

ning  faoliyati  bilan  chambarchas  bog'liqdir.

Modomiki,  har bir nurashning turi  katta va qudratli  kuchga 

ega bo'lib,  tabiatda birlashib  ish bajarar ekan  — bu jarayonlarga 

tog'lar, yonbag'irlar, yer qatlamlari bardosh bera olmasligi aniq. 

Lekin,  shuni  ham  aytish joizki,  tog‘  jinslari  nurash  hodisalari 

tufayli yemirilgach, eritilib, oqizilgach, o'pirilgach, bu murakkab 

jarayonlar  natijasida  ajoyib  va  g'aroyib  ko'rinishdagi  manzara- 

lar,  shu jumladan,  tabiat ning  noyob  yodgorliklari  vujudga  ke- 

ladi.  Hatto, agar o'zingiz ham bir paxsa devomi yiqitsangiz yoki 

bo'lmasa,  suv  yuvgan  soy  qirg‘og‘idan  o'tsangiz  —  har  xil 

shakllami  ko'rishingiz  mumkin.


Download 405.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling