Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent


J YER  OSTI  SUMALAKLARI


Download 405.96 Kb.
Pdf просмотр
bet6/6
Sana14.07.2017
Hajmi405.96 Kb.
1   2   3   4   5   6

J

YER  OSTI  SUMALAKLARI

Ko'pchilik yer osti qasrlarida har xil  minerallardan,  ba’zan 

esa  muzlardan  tarkib  topgan  ajoyib  va  go‘zal  ko'rinishga  ega 

bo'lgan  turli  shakllar  uchraydi.  Ularning  qanday  yo‘llar bilan 

paydo  bo'lganligi  sizni  albatta,  qiziqtirsa  kerak?  M a’lumki, 

yer  osti  qasrlarini  kesib  o ‘tgan  yoriqlardan  sizib  kirgan  suv, 

tog‘ jinslarini  eritish jarayonida  minerallashadi,  qasrlar devor- 

lari  va  shiplaridan  tomib  turadi.  Tomayotgan  suv  tomchilari 

bug'lanib, ularning tarkibidagi minerallar imoratlar tarnovlarida 

hosil  bo'lgan  sumalaklar  kabi  osilib  tusha  boshlaydi.  Bu 

sumalaksimon  tomchilar  stalaktitlar  (yunoncha  stalaktos  — 

tom chilab  oqish  so'zidan)  deb  ataladi.  Ba’zan,  yer  osti 

qasrlarining shipi va  devorlaridan tomayotgan suv tomchilari, 

ularning tubida to'plana boshlaydi. To'plangan suv bug'lanishi 

natijasida g'oming tog‘ jinslari tarkibidagi  minerallar yuqoriga 

qarab  o'sa  boshlaydi.  Bu  shakl  fanda  stalagmitlar  (yunoncha 

stalagma — tomchi so'zidan)  deb  nom olgan.  Stalagmitlarning 

ko'rinishi  turlicha  bo'ladi.  Yer  osti  qasrlarida  ular  minoralar, 

o'rmonlardagi  daraxtzorlar,  har xil  hayvonlar,  gul  dastalari  va 

boshqa shakllarga o'xshab o'sadi.  Ko'pchilik g'orlarda Stalaktit va 

stalagmitlar  yillar  o'tishi  bilan  bir-birlari  bilan  tutashib,  tik 

ustunlar  —  stalagnatlami  hosil  qiladi.

Yer osti qasrlaridagi bu shakllar yiliga  17—35 sm gacha o'sadi. 

Stalaktit,  Stalagmit  va  stalagnatlar Yer sharidagi  ko'pchilik  yer 

osti g'orlarida uchraydi.  Ularning kattaligi, yoshi ham turlichadir. 

Chexiyadagi  ba’zi  bir  yer  osti  qasrlari  ichidagi  stalagmitlar 

diametri 0,5  m, balandligi bir necha  metr bo'lib.  ularning yoshi 

1250  yildan  ziyodligi  aniqlangan.  AQSHdagi  Karlsbad  yer osti 

qasridagi  balandligi  18,9  m  va  diametri  4,9  m  li  stalagmitning 

yoshi 60  min yil ekanligi  ma’lum.  Bu qasrda  balandligi  21  m va 

diametri 5 m li, yoshi ham katta Stalagmit bor.  Italiya va  Fransiya 

chegarasidagi  Margare  tog'larida  hosil  bo'lgan  g'orlardagi 

stalaktitlar balandligi 50—100 m ga yetadi. Avstriyadagi Katerlax 

g'orida 2000 dan ortiq Stalagmit bor.



Yer osti  marvaridtari

49

Ayrim yer osti qasrlari  ichida havo harorati juda past bo'lib, 



tomayotgan suv tomchilari bug'lanmay, muzga aylanadi. Natijada 

bu g'orlardagi Stalaktit va Stalagmitlaming bir-biriga tutashishidan 

yirik muz ustun (stalagnat)lari hosil boMadi.  Mashhur karstshunos 

va  g'orshunos  olim  G.A.Maksimovichning  ta’kidlashicha,  200 

dan  ortiq  yer  osti  muz  qasrlari  bor  ekan.  Ulaming  ichida  eng 

kattasi  Uraldagi  Kungurg'oridir. Yozning issiq kunJarida g'oming 

ayrim  zallaridagi  muz shakllari  erib,  yo‘q  bo'lib  ketadi,  qishda 

esa yana paydo boMadi.

Samarqand  Davlat  universiteti  dotsenti  M.Abdujabborov 

Zarafshon 

togMarida ana shunday muz g‘orini topib, uni Nuriddin 

deb atagan. 0 ‘rta Osiyoning issiq iqlimli sharoitida muz  g'oriarining 

mavjud  bo‘lishi  kishini  ajablantiradi.  Dengiz  sathidan  2500  m 

balandlikda,  qor  chizig‘idan  deyarli  1000  m  pastda joylashgan 

bu  g'orning  umumiy  uzunligi  45  m ga  yetadi.  Yoz  faslida  ham 

g'or ichida qor va muz saqlanib turadi.  G'orga qor qish  kunlari 

uning  shipidagi  teshiklardan  tushadi.  Erigan  qor  suvidan  esa 

muzlar  hosil  boMadi.  G'ordagi  qor  qoplamining  qalinligi  1—5 

m,  uning ostida qalinligi 0,5—0,6 m li muzli  qatlam joylashgan. 

G ‘or  ichida  qor va  muzlardan  tashkil  topgan  har xil  shakldagi 

(konus,  pichoq  va  hokazo)  stalagmitlar  hosil  bo'lgan.

0 ‘rta  Osiyodagi  yana  bir  muzli  yer  osti  qasri  Zarafshon 

vodiysining  yuqori  qismida joylashgan  Makshevat  g'oridir.  Bu 

g‘or dengiz sathidan 3000 m baland (Yer kurrasida eng balandda 

joylashgan  g‘orlardan).  U  murakkab  tuzilishga  ega  bo'lib,  bir 

qancha yo'lak va zallandan iborat. Zaliaming osti va devoriari muz 

bilan qoplangan.  G 'om i tekshirgan  M.  Hoshimovning fikricha, 

bu  yerda  muz  paydo bo'lishining  asosiy sababi  — uning dengiz 

sathidan balandda joylashganligidir.  Haqiqatan ham bu yerda qish 

fasli  uzoq  davom  etadi,  yog'ingarchilikning  asosiy  qismi  qor 

shaklida tushadi, g'or ichkarisida havo harorati doim past.

YER  OSTI  MARVARIDLARI

Yer osti qasrlarida sumalaklardan tashqari g'or “marvaridlari” 

ham  uchrab  turadi.  Asl  marvarid  qimmatbaho  mineral  bo'lib, 

asosan, dengizlardagi chig'anoqlar ichida vujudga keladi.

Ko'rinishi  va  katta-kichikligi  bir  xil  bo'lganligi  sababli 

g'orlardagi  bu  hosilalarga  g'orshunoslar  “g'or  marvaridi”  deb


50

TABIAT MO JIZALAki

nom  berishgan.  G'orlardagi  kalsit  mineralidan  tashkil  topgan 

marvaridlar  ham  shar  va  tuxum  shaklida,  och  sariq  rangli, 

diametri  0,5—1,5  sm  bo'ladi,  yuzasi  g'adir-budir.  Yer  osti 

“marvaridlari”ni  1955-yilda  Ural  togMaridagi  Qizil  g‘ordai| 

G.A.Maksimovich  topib  o ‘rgangan.  Bu  “marvaridlar”  Perm 

universitetining dinamik geologiya muzeyida saqlanadi.

Fransiyaning Averon departamentidagi Gussun g'orining  100 

m chuqurlikda hosil bo'lgan zalida bir necha kvadrat metr joyn( 

g‘or  “marvaridlari”  gilamdek  qoplab  olgan.  Ulaming  soni  bir 

necha  ming bolib,  har xil  ko'rinishda.  0 ‘rta  Osiyoda  1700 dart 

ziyod  g‘or  tekshirilgan  bo‘lsa-da,  g‘or  “marvaridlari”  faqaf 

Turkmanistondagi Qorliq g'orlar guruhida topilgan. 

>

G‘OR  ONIKSI

Tinib-tinchimas suvning yaratuvchanlik faoliyati tufayli ayrinj 

g‘orlarda  oynasimon  marmar oniksi  hosil  bo'lgan.  G ‘or oniksi 

(yunoncha  onuks — timoq) asosan, Stalaktit, Stalagmit, stalagnat 

ko'rinishidagi kalsiy va aragonit yoki issiq suvdan ajralgan ohakdan 

tashkil topgan aragonitning qatlamli yotqiziqlaridir.  Sof holda u 

marvarid  yoki  oppoq  sutsimon  ko'rinishga  ega,  tarkibida  temir 

va  nikel  aralashmasi  bo'lsa-qizg'ish,  ko'kish,  yashil, jigarrang 

tuslarga  kiradi.  Oniksning  o'ziga  xos  xususiyati  shundaki,  uni 

oynadek  silliqlash  mumkin.  Oniksning  tashqi  ko'rinishi  juda 

chiroyli bo'lganligi sababli,  odamlar undan  turli  nafis buyumlar 

tayyorlashgan.  Ba’zi  xalqlar  oniksni  muqaddas  tosh  deb 

hisoblaganlar.

Oniksning ba’zi turlari  shu qadar shafTofki,  undan qadimda 

ko'zgu o'm ida  ham foydalanganlar.  Devon, deraza va eshiklari 

oniks  bilan  bezatilgan  qadimgi  xashamatli  zallar juda  yorug* 

b o 'lg an .  S am arqand dagi  G o 'ri  A m ir  m aqbarasi  ichki 

devorlarining  pastki  va  tepa  qismlari,  Parijdagi  Katta  opera 

teatrining  asosiy  zinapoyalarining  yon  tutqichlari,  Moskva 

metrosining  Kiyev  vokzalidagi  chiroyli  ustunlar  oniks  bilan 

qoplangan.

0 ‘rtaosiyolik geolog, karstshunos va g*orshunoslar tomonidan 

g'orlami tekshirish davomida bir qancha g'orlarda oniks zaxiralari 

borligi ma’lum bo'ldi.  Bulardan eng ahamiyatlilari Turkmaniston 

va  0 ‘zbekiston  chegarasidagi  K o'hitang  tog'idagi  Qorliq,


Ajinakamar, 

Ziyovuddin tog'idagi G'unjak, Tojikistonning Isfa- 

ra shahri yaqinidagi  Xo‘jag‘or,  Qirg'izistondagi Chuvay, Jiydali 

g'orlaridir.

Yuqori  yura  davri  ohaktoshlarida  hosil  bo'lgan  va  mahalliy 

aholi  orasida  Ajinakamar deb  nom  oigan  oniksli  g‘or,  ayniqsa 

diqqatga sazovor.  Uning ichidagi stalaktitlar, stalagmitlar va g‘or 

devorlarini qoplab oigan hosilalaming barchasi oniksdan iborat. 

Bu g'ordan olingan  oniks  namunalari  mutaxassislar tomonidan 

yuqori  baholangan.  Rangi,  asosan,  to‘q jigarrang va och sariq, 



qatlamlari 

turlicha bo'lgan ushbu oniksdan binolar va inshootlami 

bezatishda foydalanish  mumkin.  Qopqo'ton g‘ori devorlarining 

150  m2  sahnini  60  sm  qalinlikda  egallagan  oniksning  amaliy 

ahamiyati kattadir.

Bunday g'orlami  muhofaza qilish va ulardagi  oniksni  qazib 

olishni  nazorat  ostiga  olish,  ulardan  oqilona  foydalanish  zarur. 

Chunki,  ular ming yillar davomida tabiat tomonidan yaratilgan 

noyob  yodgorliklardir.

ASR  MINERALI

O'tkir qirrali  billur toshlami  ilk  bor  ko'rganda,  ular dunyo 

bozorida,  aynan  shu  kattalikdagi  oltin  quymasidan  qimmat 

bo'lishiga ishongingiz kelmaydi.  Ko'rinishidan go'yoki oddiy bir 

shisha  parchasiga  o'xshash  kalsit  minerali  tabiatda  juda  kam 

uchraydi. Optikada foydalaniladigan bu mineral tabiiy polyarizator 

sifatida ham ma’lum.  Kalsitning kristallari o'ziga xos shaklda bo‘- 

lib, sochilib, tarqoq  ravishda kelayotgan  nurlami o'zida jamlab, 

bitta qilib o'tkazish xususiyatiga ega.  Uning tagiga o'rmalab kirgan 

chumoli shisha ostida ikkita boiib ko'rinadi. Qadimda bu mineralga 

island  shpati  deb  nom  berishgan.  Chunki,  u  dastlab  sanoatga 

yaroqli miqdorda Islandiyada topilgan edi.  Hozirda u asr minerali 

deb  ataladi.

Bu noyob kristall (billur) fan va texnika sohalari uchun ajoyib 

imkoniyatlami ochib berdi.  Billur nafaqat optika sohasida, balki 

elektronika, kibemetika, elektron hisoblash mashinalarida, ilmiy 

asboblar yasashda, optik kvant generatorlarida, suvosti va kosmik 

tadqiqotlarda ishlatilmoqda.

Hozir bu mineral Janubiy Afrika,  Meksika,  Rossiya va boshqa 

davlatlarda qazib olinadi. 0 ‘zining nihoyatda “injiq’Migi tufayli u



Asr minerali

__________________________________________ 51





Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling