Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent


Download 405.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana14.07.2017
Hajmi405.96 Kb.
#11225
1   2   3   4   5   6

TOG‘  JINSLARI

Ma'lumki,  0 ‘zbekiston  hududining  katta  qismi  qadimgi 

geologik davrlarda vujudga kelgan,  qattiq yemirilishga chidamli 

bo'lgan cho'kindi, otqindi va metamorflk tog1 jinslaridan tashkil 

topgan.  Shu  bois  ular  ustida  paydo  bo'lgan  tabiat  yodgorliklari 

uzoq  davrlar  mobaynida  yaxshi  saqlanib  kelmoqda.

Respublikaning  tog‘li  va  tog'oldi  hududlarida  tabiat 

yodgorliklarining  hosil  bo'lishi  va  yer  yuzasida  o ‘z  qiyofasini 

shakllantirishida tog* jinslari qatlamlarini turli yo'nalishda kesib 

o'tgan yeryoriqlari muhim ahamiyatga ega bo'lgan va bo'lmoqda. 

Bu  yoriqlar  orqali  sodir  bo‘layotgan  tektonik  harakatlar  Yer 

po'stining ichkarisida joylashgan  tosh  qatlamlarini  yer yuzasiga 

olib  chiqib,  ajoyib  relyef  shakllarini  keltirib  chiqargan.  Tosh 

qatlamlari  yer  yuzasiga  chiqqandan  so‘ng,  turli  kuchlar  ta’siri 

natijasida  ulaming  tashqi  ko'rinishi  chiroyli  naqshinkor  bo'lib 

qolgan.  Tog'  jinslarining  hammasi  ham  tabiat  yodgorliklarini 

yuzaga  keltiravermaydi.  Chunki,  ular  yumshoq  bo‘lsa,  nurash 

jarayonlari  natijasida  yemirilib,  maydalanib,  yo‘qolib  ketadi. 

Tabiat yodgorliklarining hosil bo'lishi uchun ular qattiq,  nurashga 

chidamli bo'lishi kerak.  Bunday tog' jinslariga kvarsitlar, granitlar 

va  boshqalar  kiradi.  Shu  bilan  bir qatorda  Yer  kurrasida  suvda


12

TABIAT MO'JIZALARI

eruvchan tog‘ jinslari (ohaktosh, dolomit,  marmar, gips va  tuz- 

lar)  keng tarqalgan.  Suvda oson erishi va  maydalanib  ketmaslik 

xususiyatlari tufayli karst jarayonlari sodirbo'lib, ularturli noyob 

tabiat yodgorliklarining hosil bo'lishida ishtirok etadi. Bunga misol 

qilib  Toshkent  viloyati  Xo'jakent  qishlog'i  yonida  toshko'mir 

davrida yotqizilgan ohaktoshlardan tashkil  topgan hamda yangi 

tektonik harakatlar ta’sirida, Yeming tashqi kuchlari ishi natijasida 

yer yuzasiga chiqib qolgan tabiat yodgorliklari (g'orlar)ni keltirish 

mumkin.


BU  -   TABIAT  QUDRATI

San'at  inuzeylarida saqlanayotgan durdona  rasmlarni zavq- 

shavq bilan tomosha qilamiz, ulami yaratgan rassomlaming aql- 

zakovati va mahoratiga tahsinlar o'qiymiz. Tabiat ham o‘z holicha 

“qudratli rassom”.  Uning uzoq geologik yillar* (davrlar) davomida 

“chizgan”  rasmlarini  Yer  sathi  asrlar.  ming  yillar  davomida 

saqlab keladi.

Baland,  qorli  tog‘  cho'qqilari,  go'zal  vodiylar,  chuqur 

daralar,  ulkan  sharsharalar,  “sirli”  g'orlar,  qaynoq  buloqlar, 

tosh “o'rmonlar” va boshqalar shularjumlasidandir. Tabiatning 

o'ziga xos bu tuhfalarini tomosha qilib, ular qo'ynida orom olish, 

hordiq chiqarish  mumkin.

Tabiat  ajoyibotlarga  to'la.  Baland  tog*  tepalaridan  hayqirib, 

to'lib-toshib oqayotgan zilol suvlar yonida ko'kka bo‘y cho'zgan 

kumush  rangli qoyalaming tik turishi,  tor daralarning to'satdan 

kengayib,  manzarali  vodiylarning  namoyon  bo'lishi  kishini 

ajablantiradi,  hayratga soladi. Ayniqsa, tog'li o'Ikalardagi baland 

tabiiy to'g'onlar oldida daryo suvlari to'planib,  ulkan ko'llaming 

vujudga kelishi, tezoqar sersuv daryolaming toshlar orasiga kirib. 

birdan g'oyib bo'lishi va nariroqda serqoya toshlar orasidan katta 

buloqlar shaklida chiqib, daryolar vujudga kelishi, tik ko'tarilgan 

oynadek  silliq  qoyalarning  qoq  o'rtasidan  teshik  ochilib, 

sharsharalar  quyilishi  insonni  tabiatning  mo'jizakor  kuchiga 

ishontirmasdan  qo'ymaydi!

Yer  bag'rida  uzunligi  bir  necha  kilometr  keladigan  katta 

g'orlar borligini eshitgandirsiz?  Ulaming tuzilishi turli xil bo'lib.

*  GeologiK  vil  ming,  million  va  milliard  villarga  leng.


Bu-tobiot qudrati

13

g'aroyibotlarga  boydir.  Ba’zi  g'orlaming  ichi  shu  qadar  keng 



bo'ladiki,  ko‘rib hayratda qolasiz.

To‘satdan qarshingizda shohona saroy namoyon bo'lib,  uni 

go'yo usta duradgor va naqqoshlar ataylab ishlagandek, saroyning 

chiroyli ustunlar bilan bezatilgan ulkan zallari, yuqoridan pastga 

yoyilib  tushgan  tosh  pardalari,  baland  sharshara-yu,  katta 

daryolami  ko'rib,  tabiat kuchiga tahsinlar o'qiymiz.

Keling, yaxshisi  misollarga o'taylik.  Masalan,  Bolqon yarim 

orolidagi 

bir g'oming  ichidan  oquvchi  daryoda  6  ta  sharshara, 

Shimoliy Amerikadagi  Mamont g'orining ichidan oqib o'tadigan 

3 ta daryoning 8 ta sharsharasi bor.  Fransiyadagi Bcije nomli g'or 

ichidagi  daryo  hosil  qilgan  sharsharaning  balandligi  30  m  dan 

ziyod.

G 'oyibdan,  odam lar  ishtirokisiz  paydo  bo'ladigan  vo- 



ronkasimon  chuqurlar,  tagi  ko‘rinmas  tabiiy  quduqlar,  ayrim 

joylarda  birdaniga  yer 

0

‘pirilib,  buning  oqibatida  zilzilalarning 



sodirbo'Iishi — bulaming hammasi, yuzaki qaraganda, mo'jizaga 

o'xshaydi.  Tabiat  tomonidan  yaratilgan  “ mo‘jizalar”ni  Yer 

kurrasining  issiq  iqlimli  joylarida,  asosan,  cho'llarda  ko‘proq 

uchratish  mumkin.  Bu  ycrlarda  shunday  ajoyib  manzarali joy- 

lar  borki,  ulaming  tabiiy  ravishda  paydo  bo‘lganligiga  ilk  bor 

kishining aqli  bovar qilmaydi.  Ulaming ba’zilari  yarim vayrona 

qo‘rg‘onlar,  qishloq  va  shaharlarga  o ‘xshab,  ayrim  shakllari 

qadimgi  Sharqning  katta  shaharlaridagi  qasrlar,  ulkan  qal’a 

devorlari,  ko‘p  qavatli  ibodatxonalar,  minoralar,  odam  va 

hayvonlar  haykallarini  eslatadi.  O ta-bobolarim iz  ularni 

“odamtosh”,  “qo'ytosh",  “qirqqiz  qal’asi”,  “savat  ko‘targan 

kelinlar”  nomlari  bilan  atashgan.

1906-yilda  rus  geologi  va  geografi  V.A.Obruchev  G'arbiy 

Xitoy bo'ylab qilgan sayohati vaqtida Sharqiy Qozog‘iston bilan 

chegaradosh  bo'lgan  Xitoy Jung‘ariyasining  Urxo degan joyida 

bir  necha  kvadrat  kilometr  maydonni  egallab  yotgan  “shahar” 

xarobalarini ochgan va unga “eol shahri” deb nom bcrgan (“col” 

so‘zi qadimgi yunon tilida “shamollarxudosi” ma’nosini bildiradi. 

Bu shahar haqida keyingi sahifalarda so‘z yuritamiz).  1956-yilda 

professor V.P.Shcheglov  Xitoyning  Kunmin  shahridan  120  km 

janubda tabiatning ajoyib manzaralaridan biri  -  tosh  o‘rmonini 

kuzatgan cdi.  Uzoqdan qaraganda, bu yeming umumiy ko'rinishi 

qop-qora  va  qalin  o'rmondan  iborat  tropik  manzarani  be rad i.


14

TAB/AT MO JIZALARI

Yaqinlashgan  sari  esa tropik  “o ‘rmon”  o'm ida  “butazor’Mar va 

baland  bo'yli  yo'g'on  kaktuslar  ko'rinadi.  Haqiqatda  esa,  bu 

manzara ohaktoshlaming suvda erishidan hosil bo'lgan.

Tabiatning  bu  qadar  go'zalligi,  rang-barangligi,  xilma-xil 

tarzda  ko'rinishi  va  mo‘jizalari  har qanday  kishining  diqqatini 

o'ziga jalb etadi. Bu tabiat ajoyibotlari ibtidoiy va qadimgi davriarda 

yashagan odamlar uchun sirii boiib tuyulgan. Natijada chaqmoq 

chaqishi,  momaqaldiroq,  sharros  yomg‘ir  yog'ishi,  zilziialar, 

tog*  va  qor  ko'chkilari,  daryolar  toshishi  kabi  hodisalar oldida 

ojizlik,  g'ayritabiiy  kuchlarga  ishonishni  vujudga  keltirib,  turli 

afsona va  rivoyatlar, odatlaming kelib chiqishiga sabab bo'lgan. 

O'zbekistonning qaysi joyiga bormang, hozirgi kunda ham tabiat 

ko'rinishlari va hodisalari to'g'risida turli afsonalar va rivoyatlami 

eshitasiz.  Lekin, tabiatshunoslar bu ajoyibotlaming kelib chiqish 

sirlarini  fanga tayangan holda aniq tushuntira oladilar.



DINOZAVRLAR  QOLDIRGAN  NOYOB  IZLAR

Yer  ku rrasin in g   b a ’zi  h u d u d la rid a,  shu  ju m la d a n , 

0 ‘zbekistonda  shunday  noyob  tabiat  yodgorliklari  borki,  ular 

million yillardavomida o'zgarishsiz, toshga aylangan holda yaxshi 

saqlanibqolgan.  Bunday yodgorlikJardan biri taxminan  ISO mln 

yil  avval  yashagan  dinozavrlar*  qoldiqlaridir.  M a’lumki, 

dinozavrlar Yer geologik  tarixi  mezozoy  erasining  yura  va  bo‘r 

davrlarida yashagan. Yura davrida ular yashashi uchun qulay tabiiy 

geografik  sharoit  (tekislik,  iliq  va  nam  iqlim,  boy  o'simlik 

qoplami)  mavjud  bo'lgan.

Sayyoramizning  geologik  tarixida  dinozavrlar  eng  yirik 

hayvonlar  hisoblanadi.  Ularning  jasadi  hozir  quruqlikda 

yashayotgan  fillardan  10  marta  katta bo'lgan.  Dinozavrlarning 

og'irligi  35-70  tonnani  tashkil  qilib,  tanasining  uzunligi  30  m 

ga yetgan.  0 ‘sha davriarda dinozavrlar turlarga bo'linib,  ba’zi- 

lari  ikki  oyoqda,  boshqalari  esa  to'rt  oyoqda  yurgan.  Bir  turi 

quruqlikda yashasa, boshqa qismi dengizlarda yashagan.  Ulardan 

ajralib  chiqqan  ma'lum  turlari  (arxeopterikslar)  qushlar  kabi 

uchgan.



Dinozavrso'zini fanga inglizolimi  R. Sucn Kiritgan. Yunonchadan 



“DeyMos" — dahshatli, “zauros” — 

KaltaKcsaK 

degan ma’noni bildiradi.



Dinozavrlar qoldirgan  noyob izlar

15

Dinozavrlarning  sayyoramiz  geologik  tarixida  mavjud 



bo'Iganligi  va  yashash  tarzi  to ‘g‘risidagi  dalillar  ham da 

ma’lumotlar, ulaming qadimgi tog1 jinslarida saqlangan izlari va 

olimlar tomonidan topilgan ulkan skeletlari va tanalarining ba’zi 

qoldiqlari  yordamida  aniqlangan.  0 ‘zbekistonning  ayrim 

hududlarida ham ulaming qoldiqlari va izlari topilgan.

Xuddi  shunday  dinozavrlar  izlaridan  bin  Qashqadaryo 

viloyatining  Kitob  geologik  qo'riqxonasi  hududida  joylashgan 

Vakkabog*  tog*  tizmasi  yonbag‘irlaridagi  Toshqo‘rg‘on  qish- 

log'idan  3,5  km  janubda  aniqlangan.  Ohaktoshlardan  tashkil 

topgan  va  uzunligi  30  m,  eni  15  m  ni  tashkil  qilgan  maydonda 

o'sha  davrda yashagan  dinozavrlarning 50 ga yaqin  panja  izlari 

tushgan  "so'qmoq” yaxshi saqlanib qolgan.  Dinozavrlar izining 

har  bin  0,5  m,  eni  0,45  sm  ni  tashkil  etadi.  Izlaming  katta- 

kichikligi  va  qadamlari  orasidagi  masofaning  ko'rsatishicha 

dinozavrlarning bo‘yi  7  m  ga yetgan.  Og‘irligi  esa  taxminan  35 

tonna bo'lgan.

Geolog  olim  Q.OIimovning  ta’kidlashicha,  0 ‘rta  Osiyo 

hududida  dinozavrlar izlarini  birinchi  bo‘lib,  1882-yilda  Pomir 

tog'larining  Yag‘nob  tumanida  rus  sayyohi  G.D.Romanovskiy 

topgan.  1961-yilda geolog E.A.Kochnevshujoyda dinozavrlarning 

yangi izlarini aniqlagan.  Bu izlaming barchasi yura davriga mansub 

bo‘lib, ularning yaqinida ushbu davrda o‘sgan va diametri 0,95 m 

ni  tashkil  etgan  daraxtlar qoldiqlari  ham  topilgan.

Dinozavrlar izlari 0 ‘rta Osiyoning boshqa hududlarida ham 

topib  o'rganilgan.  Masalan,  Turkmaniston  Fanlar akademiyasi 

akademigi  K.N.Omonniyozovning yozishicha,  ular 0 ‘zbekiston 

va Turkmaniston Respublikalari chegarasida ko'tarilgan  Ko'hitang 

tog*  tizmasining  g'arbiy  yonbag'ridagi  Xo‘jaifilota  qishlog‘i 

yaqinidan  topilgan.  Mazkur tizma  yonbag'rida  dinozavrlarning 

toshda  saqlanib  qolgan  4000  dan  ziyod  izlari  mavjud  bo‘lib, 

ulaming umumiy uzunligi  10 km ga yetadi.  Eng yirik izlar uzunli­

gi  86 sm,  eni  73 sm,  qadam orasi  esa o'rtacha 220 sm  ni  tashkil 

etadi.  Xo‘jaifilotaqishlog‘iningg‘arbiy qismidagi  izlar nihoyatda 

yaxshi saqlangan. Shuningdek, yonma-yon ketgan  izlaming ham 

uchrashi  ayrim  dinozavrlarning  juft-juft  bo'lib  yurganligini 

ko'rsatadi.  K .N .O m onniyozov  va  unga  ham roh  bo'lgan 

ekspeditsiya a’zolari  mazkur izlami  o'rganib,  dinozavrlarning  3 

turini ajratganlar.  Bir tunning orqa oyoqlari yaproqsimon va kalta,



16

TAB ¡AT MO'JIZALARI

yirik uchta panjasiga tayanib yuradigan bahaybat maxluq boMgan. 

Dinozavrlaming bu turini olimlar “turkmanzavrus” deb ataganlar. 

Dinozavrlaming ikkinchi turi  2 oyoqli,  ammo 4  panjali,  tovoni 

to'rtburchak va keng boMgan. Olimlar bu tumi “hisorzavrus” deb 

nomlaganlar.  Dinozavrlar 3-turining oyoqlarida uzun-uzun 3 ta 

panja bo'Igan, bu turga “xo'jaifilozavr”  nomi berilgan.  Mahalliy 

aholi  rivoyat  qilishicha,  bu  tog'lardagi  bahaybat  izlar  2300  yil 

ilgari O'rta Osiyoning bir qismini zabt etgan  Iskandar Maqduniy 

(Zulqamayn)  qo'shinidagi  fillarning  izlari  emish.

G'arbiy Gruziyaning Sataplia tog'ijanubiy qismida ham (Kutaisi 

shahridan  7  km  shimoli-g‘arbda)  bo'r  davriga  oid  ohaktosh 

yotqiziqlarda 2 oyoqli  ulkan  dinozavrlaming  150 dan oitiq  izlari 

juda yaxshi saqlanib qolgan.  Bu izlami  1933-yilda,  kutaisilik tarix 

o'qituvchisi  Petrc  Gabukiani  topgan.  1949-yilda  esa  geolog- 

paleontolog  olim  L.G.Gabuniya  bu  izlami  qoplab  yotgan  tog' 

jinslaridan  tozalab,  ko'p  yillar  davomida  ular  ustida  tadqiqot 

ishlari olibborgan va  1958-yilda nashretilgan “ Dinozavrlar izlari” 

nomli  kitobida tadqiqot  natijalarini yoritib bergan.

Akademik  K.N.Omonniyozovning  yozishicha,  dinozavrlar 

izlari  Marokashdagi  Atlas togMarining  markaziy  qismidagi yura 

davri yotqiziqlarida, AQSH  ning Texas shtatidagi  Peleksa-River 

va  Ulkanlarvodiylarida  hamda Glen-Rose yaqinida,  Konnekti- 

kut  shtatida  ham  topilgan.  Amerikalik  geolog  olimlarning 

ko'rsatishicha,  Texas  va  Konnektikut  shtatlaridagi  dinozavrlar 

izlarining z^ajirlari bir-biriga parallel holda clio'zilgan.  Bu  holat 

ba'zi  2 oyoqli  dinozavrlar guruh-gumh  bo'lib  harakat  qilganligi 

va poda bo'lib yashagnnligidan dalolat beradi.

Dinozavrlar izlari va qoldiqlarini o'rganishning ilmiy va amaliy 

ahamiyati  katta.  Chunki,  ularni  o'rganib, o'tgan geologik davr- 

larda  qanday  tabiiy-geografik  sharoitlar  mavjud  bo'lgani. 

o'simliklarning  qaysi  turlari  tarqalgani.  qumqliklar  va  dengiz 

sohillarining joylashishi,  iqlim  sharoitlarini  aniqlash  va  boshqa 

muammolarni  hal  qilish  mumkin.

Dinozavrlaming  paydo  bo'lishi  va  ulaming  qirilib  ketish 

sabablari olimlarni  uzoq yillardan qiziqtirib keladL Yer geologik 

tarixining mezozoy erasi boshlarida O'rta Osiyoning katta qismi 

quruqlikdan iborat bo'lib, supasimon tekislikni eslatgan.  Semam 

iqlim  qurg'oqehil  iqlim  sharoiti  bilan  almashinib  turgan.  ba’zi 

bir  hududlarni  dengiz  va  ko'llar  bosgan.  Bunday  sharoit



Dinozavrlar qoldirgan  noyob  izlar

17

dinozavrlarning  paydo  bo'lishi  va  yashashi  uchun  qulay  miihit 



yaratgan.  Ular, asosan, dengizbo'yi tekisliklari, daryo vodiylarida 

yashaganlar.  Keyinchalik muhitning o'zgarishi natijasida (taxminan 

65-70  mln  yil  awal)  dinozavrlar  qirilib  ketgan.  Bu  jarayon 

to'satdan  sodir  bo‘lmasdan  uzoq  davom  etgan.  Olimlarning 

fikricha,  ularning qirilib ketishiga yer yuzasi relyefining o'zgarishi 

bilan bog'liq holda tekisliklaming ko'tarilishi va botqoqliklaming 

yo'qolishi, shuningdek,  iqlimning quruqlashishi  va sovishi,  ular 

oziqlanadigan  o'simlik  qoplamining  yo'qolishi  sabab  bo'l- 

gan.  Ayrim  olimlar  dinozavrlar  qo'ygan  tuxumlar  boshqa 

sutemizuvchilar  tomonidan  iste’mol  qilinishi  hamda  o'simlik 

qoplam ining  o 'zg arish i,  y a ’ni,  d ag 'allash ish i  (ch u n k i, 

dinozavrlar  o'simliklar  bilan  oziqlanib,  ularning  tishlari  yum- 

shoq  va  sersuv  o'simliklami  chaynashga  moslashgan)  sabab- 

li  degradatsiyaga  uchragan  deb taxmin  qiladilar.

Dinozavrlarning qirilib ketishiga yana bir sabab -  koinotdan 

Yer yuzasiga tushayotgan  radiatsiyaning kuchayishidir.  Chunki, 

amerikalik  olimlarning  hisobiga  ko'ra,  taxminan  har  10  mln 

yilda  sayyoramizga  tushayotgan  kosmik  nurlar  odatdagidan  7 

ming  marta  oshib  ketar  ekan.  Ehtimol,  70  mln  yil  aw al 

sayyoramizga  kosmik  nurlar  “hujum”  qilgan  bo'lishi  mumkin. 

Nega  endi  bunday  kuchli  kosmik  nurlar  “ hujum i”  faqat 

dinozavrlan>a ta’sirqilib, boshqa jonzotlarga ta’sir etmagan?  Bu 

savolga hozircha aniq javob yo'q.

Bonn  universiteti  professori  G.K.Erbenning  taxmin  qi- 

lishicha,  dinozavrlar  hayotining  oxirgi  davrlarida  qo'yadigan 

tuxumlari  po'sti  qalinlashgan,  natijada  dinozavrlarning  pala- 

ponlari  tuxum  po'stini  qiyinlik  bilan  yorib  chiqqan.  Shu  bois 

ularning soni kamaya boshlagan.

Yer yuzida dinozavrlarning yo'qolib ketishi kosmosdan kelib 

tushgan  asteroid  va  meteoritlar  tufayli  sodir  bo'lgan  degan 

taxminlar  ham  bor.  Astronom  olimlar 4600  dan  ziyod  asteroid 

to'g'risidagi  ma’lumotlami  o'z  ichiga  olgan  katalog  tuzganlar. 

Bu asteroid va meteoritlar Quyosh sistemasidagi  Mars va Yupiter 

sayyoralari  orasida  harakat  qilib,  ba’zida,  Yer  orbitasiga  ham 

kirib  qoladi.  Olimlarning  fikricha,  bulardan  bittasi,  taxminan 

65 mln yil awal, tovush tezligidan 200 marta katta tezlikda Yerga 

kelib urilgan.  Bu asteroidning diametri  12 km ni tashkil etgan va 

uning Yerga urilishi oqibatjda 

km3 

ganiq tog'



 



, J  

2 2 - S &

18

TAB!AT MO'JIZALARI

jinslarbirjoydan  ikkinchi joyga ko'chirilgan.  Ushbu hodisaning 

izlarini  Shimoliy  Amerika  janubidagi  Yukatan  yarimoroli 

(Meksika)da  diametri  195  km  uzunlikdagi  kraterni  vujudga 

kelishidan  ham  ko'rish  mumkin.  Krater  cho‘kindi  tog' jinslari 

bilan ko'milib ketgan. Osmondan tushgan asteroid olovli bo'ron 

hosil  qilib,  atrofga  tarqalgan  va  okeanda  balandligi  bir  necha 

kilometrga yetgan to'lqinlami keltirib chiqargan, milliard tonnali 

tosh  parchalarini  har tomonga  tarqatgan, quyuq bulutlar paydo 

bo'lib, Yer bir oygacha qorong'ilik bilan qoplangan.  Havo harorati 

pasaygan, havoda katta miqdorda oltingugurt kislotasi yig'ilgan va 

Yer  yuzasini  kuydirgan.  Keyinchalik  Yerning  havo  qatlami 

oltingugurt  kislotasidan  tozalanib,  havo  harorati jadal  sur'atda 

ko'tarila boshlagan. Asteroidning Yerga urilgandagi portlashidan 

hosil bo'lgan uglerod dioksidi issiqxona eflektini vujudga keltirgan. 

Bu jarayon bir necha yuz yillar mobaynida davom etgan. Oqibatda 

o'simliklar qurigan,  hayvonlar ochlikdan qirila boshlagan. 0 ‘sha 

davrda  Yerda  yashagan  hayvonlaming  90%  (shular  qatori- 

da  dinozavrlar  ham)  qirilib  ketgan.  Olimlarning  fikricha, 

dinozavrlar  bilan  bir  davrda  boshqa  yirtqich  hayvonlar  ham 

yashagan.  Ular o'rtasidagi yashash uchun hayot-mamot kurashi 

natijasida  dinozavrlar  yashaydigan  hududdan  siqib  chiqarilgan 

va oqibatda asta-sekin yo'qolib  borgan.

TOSHGA  AYLANGAN  DARAXTLAR

Qadimgi  geologik  davrlarda  o'sgan  daraxtlardan,  asosan, 

ko'mir konlari hosil bo'ladi.  Biroq, ba’zi hududlarda ular toshga 

aylangan  holda  saqlanib,  tabiatning  noyob  yodgorliklariga 

aylangan.  Bu noyob tabiat yodgorliklarining ilmiyligi va nafosati 

bo'yicha ulkan ahamiyatini ko‘p yillar awal rus olimi, akademik 

V.l. Vemadskiy ko'rsatib o'tgan.

Toshga  aylangan  daraxt  qoldiqlari  o'zbek  geologlari 

tomonidan  Qozog'istonning  Sariog'och  qishlog‘idan  46  km 

shimoli-g'arbda,  bo'r davri  yotqiziqlari  (ohaktosh,  qumtosh  va 

boshqalar) orasida topilgan. Toshqotgan daraxt qoldiqlari topilgan 

hududda  sudralib  yuruvchilar  suyaklari  ham  saqlanib  qolgan- 

ligi  aniqlangan.  Topilgan  nam unalar  O 'zbekiston  Fanlar 

Akademiyasiga qarashli  H.M.Abdullayev nomidagi geologiya va 

geofizika institutiga olib kelinib, geolog olimlar — M.l.lsmoilov,


Tosh  "o 'rmonlari

 M

19



M.I.PIaksina va A.V.Sattorovlar tomonidan batafsil o'rganilgan. 

Toshqotgan  daraxtning  uzunligi  12  m  dan  ziyod,  diametri  92 

sm bo'lib, uning toshga aylangan po‘stlog‘i, yillik yoshi halqalari, 

markaziy qismidagi  o'zagi  yaxshi  saqlangan.  Paleobotanik olim 

R.X.Xudoybcrdiyevning  fikricha,  toshqotgan  daraxt  ignabargli 

o'simliklar  oilasiga  kiradi.  Bunday  daraxtlar  Toshkent  atrofl 

hududida bo‘r davrida o'sgan  ekan.  Daraxtlaming bu turi  hozir 

Yer yuzida yo‘q bo'lib ketish arafasida turibdi.  Ulaming ayrimlari 

Shimoliy  Amerika,  Xitoy  va  Yaponiya  orollarida  yakka  holda, 

juda oz miqdorda saqlanib qolgan.



TOSH  “0 ‘RM0NLARI”

Yer  yuzida  tabiat  tomonidan  yaratilgan  ajoyib  va  g'aroyib 

shakllar  ko'plab  uchraydi.  Kishilar  kundalik  hayoti  va  xo'jalik 

faoliyati davomida, tabiat tomonidan saxiylik bilan  in’om etilgan 

xilma-xil  shakllarga duch  keladilar.  Tosh  “o'rm on”lari  ana shu 

tabiat  manzaralari  namunalaridan biridir.  Ular qo'ziqorinsimon 

va  ustunsimon,  qimirlovchi  qoya  va  xarsanglar,  silliqlanib  shar 

shakliga kiigan dumaloq toshlar, odam va turli jonivorlar shaklini 

cslatuvchi  qoyalar  ko'rinishida  ko'plab  uchraydi.  Dunyodagi 

mashhurtosh  “o‘rmonlari”ningengg‘aroyibi esa  Bolgariyaning 

Dikimetash  tumanining Varna  — Sofiya  shox yo'Ii  kesib o'tgan 

hududda joylashgan. Shu yo'ldan borarekansiz, ajoyib manzaraga 

ko'zingiz  tushadi.  Yo'lning  ikki  tomonidan  son-sanoqsiz  tik 

niinoraiar  —  tosh  silindrlari  60  km2 maydonni  cgallab,  yaxlit 

tosh  “o‘rmon”ini  hosil  qilganining  guvohi  bo'lasiz.  Diametri 

bir yarim  metrgacha bo'lgan 6—7 m balandlikdagi tosh minoralar 

to‘p-to‘p bo'lib yoki  qatorlashib turadi.  Tosh  minoralar va  ular 

atrofidagi  dengiz  yotqiziqlaridan  vaqt  o'tishi  natijasida  toshga 

aylanib qolgan hayvonlaming topilishi, ulaming geologik yoshini 

aniqlashga imkon beradi.  Ma’lum bo'lishicha, ular Yer geologik 

tarixining  eotsen  davrida  (taxminan  38  mln  yil  awal)  vujudga 

kelgan ekan.  Bolgariyadagi  ikkinchi tosh “o'rmonlari” Gromadi 

qishlog'i yaqinidan topilgan.  Bu yerdagi  1,5 m2 ga yaqin maydonda 

tuproq yuzasidan  80 sm gacha bo'lgan  balandlikda  ustunchalar 

ko'tarilib turadi.  Bu manzaraga ilk bor qarashda,  kesilgan o'rmon 

o'mida qolgan to'nkazomi eslatadi. To'nkalaming yoshi geologik 

tarixning miotsen  (taxminan  5,1  mln yil  awalgi) davriga to'g'ri


20

TAB ¡AT MOJIZALARI

keladi.  “Ushbu  tosh  “o‘rmon”lar  tabiatning  qanday  kuchlari 

ta’sirida  bunyodga  kelgan?”  — degan  savol  tug'iladi.  Professor 

L.Sh.Davitashvili va  K.R.Zaxariyeva-Kovachyovalaming keltir- 

gan  dalillariga  ko‘ra,  bu  “tosh”  o'rmonlari  qadimgi  dengiz 

qirg'oqlarida  o'sgan  daraxtlarning  vaqt  o'tishi  bilan  toshga 

aylanishidan  yoki  qattiq  jinslar  saqlanib,  atrofidagi  yumshoq 

jinslarning yuvilib ketishidan hosil bo'lgan. Tosh  “o ‘rmon”larini 

Yer kurrasining boshqa joylarida  ham  uchratish  mumkin.


Download 405.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling