Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent


“KO‘ZYOSH”  OQIZUVCHI  QOYA


Download 405.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana14.07.2017
Hajmi405.96 Kb.
#11225
1   2   3   4   5   6

“KO‘ZYOSH”  OQIZUVCHI  QOYA

Janubiy  Q ozog'istonning  “ m o‘jizakor”  buloq  chiqqan 

Jilag'onota daryosi vodiysi  haqidagi  rivoyatlardan  birida  hikoya 

qilinishicha  “Daqyonus  (qadimgi  Rim  imperatori  Diokletian 

ismining  musulmon  Sharqidagi  nomi)  zamonida  (284—305- 

yillar)  Qoratov  tog* lari  etaklarida  bir  boy  suyukli  xotini  bilan 

yashagan ekan.  Ular tinch, osoyishta hayot kechirishibdi. Lekin, 

afsuski,  uzoq  yillar  farzand  ko'rish  baxti  ularga  nasib  etmabdi. 

Nihoyat,  boy  orziqib  kutgan  kun  kelibdi  -   uning  xotini 

homilador bo'libdi, oy-kuni yetib, o‘g‘il  ko‘ribdi.  Boy katta to'y 

qilib, elga osh bcribdi.  Lekin, qaysi ko'z bilan ko'rsinki, dunyoga 

kelgan chaqaloqning na beli,  na oyog‘i,  na qo'li  bor ekan.  Bola 

bamisoli  sariyog'  solinadigan  meshga 

0

‘xshab,  faqat  onasini 



emishni-yu, yig'lashni bilarkan.  Bu holatni ko'igan boy va uning 

xotini  qattiq  iztirob  chekib,  nima  qilishlarini  bilmay,  xudodan 

bolani  odam  qiyofasiga  keltirishni  so'rab,  iltijo  qilar  ekanlar. 

Ammo, bola hech o'zgarmay, asl holicha qolaveribdi, o'smabdi 

ham,  odam  qiyofasiga  kirmabdi  ham.  Farzandining  sog'ayib 

ketishiga ko‘zi yetmagan ota va ona, bolani Qoratovdagi Jilag'on- 

ota daryosi bo‘yiga olib borib tashlashibdi.  Mo‘jizani ko‘ringki — 

bolani yeiga qo'yganlari zahoti, xudoning qudrati bilan u birdan 

toshga aylanibdi. Ota va ona esa karaxt holda uylariga qaytishibdi. 

Og'ir  va  zalvorli  kunlar  ketidan  kunlar  o'taveribdi.  Chuqur 

qayg‘u va iztirobga botgan ona chiday olmay, bir kun Jilag'onota 

daryosi  bo'yiga  boribdi.  Toshga  aylangan  bolasining  oldiga 

yaqinlashishi  bilan  tosh  ichidan  qoM-oyoqli,  chiroyli  bola 

chiqibdi-da,  onasiga  ham  qaramay  daryo  bo'yidagi  buloqning 

yuqorisida joylashgan g'orga kirib, g'oyib boiibdi.  Buni ko‘rgan 

bechora ona shu  yerda qolib,  bir necha  kun  davomida  qon-qon





 fio  Q’osh

 " 


oqizuvchi qoya

21

yig'labdi, dod-faryod chekibdi.  Biroq, onasining shuncha nolalari 

va  iztiroblaridan  keyin  ham  bolasi g'ordan  chiqmabdi.  Mushti- 

par onaning holini ko'rgan butun borliq unga achinibdi, g'amiga 

sherik bo'libdi, qushlar motamsaro kuylami sayrab, uning yig'isiga 

jo'r bo'lishsa,  tosh  qoyadan  shashqator “ko‘zyosh”lar shaklidagi 

suvlar jildirab oqib chiqa boshlabdi. Xullas, onaning shuncha azob 

chekishiga  qaramay  bolasi  g'ordan  chiqmabdi.  Yig‘lab-yig‘lab, 

butunlay  madori  qolmagan  va  farzand  g'amiga  chiday  olmagan 

bechora ona, shu joyda vafot etibdi.  Bu voqeaning shohidi bo'lgan 

o'sha qoya haligacha ham “ko‘zyosh”larini  to'xtata olmay, hamon 

jildirab yig'lamoqda”,  deb  hikoya qilinadi  rivoyatda.

Darhaqiqat,  daryoning o‘ng qirg‘og‘ida,  Jilag‘onota g‘origa 

qarama-qarshi tomonda daryodan tik ko'tarilgan baland qoya bor. 

Bu qoya ohaktoshlardan lashkil topgan. Toshqoya nihoyatda zich 

va qattiq  bo'lishiga qaramay,  undan  doimo  zilol  suv tomchilari 

sizib  chiqib  turadi.  Ayniqsa,  erta  bilan  qoyaga  quyosh  nurlari 

tushib turganda uning orasidan chiqayotgan suv tomchilari ajoyib 

sirli  manzara kashf etadi. Qoyadan oqayotgan va odamlarga sirli 

“ko‘zyosh”lar  bo'lib  ko‘ringan  ushbu  manzara,  aholi  orasida 

mazkur rivoyatning vujudga kelishiga asos bo'lgan.

Xo'sh,  bu  qoya  qanday  hosil  bo'lgan  va  u  nega  “ ko'zyosh” 

oqizib,  yig'laydi?  Bu  hodisaning  hech  qanday  siri  yo'q.  Qoya 

joylashgan hududdagi tog'jinslari sayyoramiz geologik tarixining 

devon  va  toshko'mir  davri  ohaktosh  yotqiziqlaridan  tashkil 

topgan.  Bu tog‘ jinslari Yeming ichki kuchlari ta’sirida ko'tarilib, 

turli tomonlarga qarab burilgan. Hududdagi bu joy boshqa yerlarga 

nisbatan  baland  bo'lib,  uni  daryo  chuqur  o'ygan,  natijada 

Jilag'onota darasini, uning tik yonbag‘rida esa rivoyatda keltirilgan 

qoyani hosil qilgan. Ichki va tashqi geologik kuchlar ta’sirida qoya- 

da  turli  tomonlarga  yo‘na)gan  yoriqlar  paydo  bo'lgan.  Daryo 

yonbag'rining  ustiga  tushadigan  yomg'ir  va  erigan  qor  suvlari 

yerostidan shimilib, qoya yoriqlariga kiradi va ulardan “ko'zyosh” 

shaklida miltillab, sizib chiqib turadi.  Ko'rib turibsizki, ilm-fanni 

bilish  har qanday jumboqni  yechishga  yordam  berar ekan!

SULAYMON  BARMOQLARINING  “IZLARI”

Farg'ona vodiysida Shohimardondek go'zal,  rohatbaxsh joy 

topilmasa  kerak.  Qishloqning baland  tepaligidagi  shoir  Hamza


22

TABIAT MO'JtZALARI

Hakimzoda  Niyoziyning  qabridan  chap  tomonga  yurilsa, 

yonbag‘irlari  yam-yashil  daraxtlar,  maysazorlar  orasida  yashi- 

ringan  va  baland  qoyalar  bilan  o'ralgan  xushmanzara,  havosi 

yoqimli va musafïo vodiy namoyon bo'ladi. Vodiyda bir qancha 

shifoxonalar  va  dam  olish  oromgohlari  tashkil  qilingan  bo'lib, 

ularda  yoz  faslida  O'zbekistonning  turli  viloyatlari  va  qo'shni 

davlatlardan  kelgan  kishilar  dam  oladilar va  shifo  topadilar.

V odiydan  daryo  b o ‘ylab  yuqoriga  yurilsa,  daraxtlar 

kamayib,  tog'  yonbag'irlarida  tik  qoyalar  namoyon  bo'ladi, 

vodiy ham torayib boradi.  Undan sal yuqoriroq chiqilsa, shiddat 

bilan  mavjlanib  oqib  kelayotgan  zilol  suvlar  yo'qolib,  daryo 

o'zanini,  diametri  15-20  m ga yetadigan  xarsangtoshlar to'sib 

qo'yganini  ko'rasiz.  Xarsangtoshlar  orasidan  chiqib  turgan 

buloqlar  qo'shilib,  daryo  vujudga  kelishining  guvohi  bo'lasiz. 

Bundan ham yuqoriroq ko‘tarilishingiz bilan bilan daryo vodiysi 

kengayadi  va  qarshingizda  moviy  osmon  gumbazi  singari 

maftunkor  tog'  ko'li  paydo  bo'ladi.  Mahalliy  aholi  bu  ko'lni 

Qurbonko'l deb ataydi. Suvining nihoyatda tiniq va toza bo'lganli- 

gi  hamda  ko'k  tusda  tovlanishi  bois,  u  Ko'kko‘1  nomi  bilan 

ham  ma’lum.

Xo‘sh, daryo o'zani xarsangtoshlar bilan to'silishi  va toshlar 

orasidan  buloqlar oqib  chiqishining  sababi  nimada  ekan?  Xalq 

rivoyatlarida, Shohimardonda, qachonlardir musulmonlar bilan 

birga  g'ayridinlar  ham  yashagan  ekan.  Sulaymon  payg'ambar 

kelib, bu yerda yashayotgan g'ayridinlami ham islom diniga o'tishga 

ko'ndirgan.  Biroq, Sulaymon Shohimardondan ketishi bilan ular 

g'alayon  ko'tarib,  islom  dinidan  qaytishgan.  Bundan  xabar 

topgan  Sulaymon juda  g'azablangan  va  Shohimardonga  qaytib 

kelib,  g'ayridinlar  ichadigan  daryo  o'zani  yonbag'rini  qulatib, 

daryoni  bo'g'ib  tashlagan.  Buning  oqibatida  ular  suvsiz  qolib, 

juda qiynalishgan va Sulaymonga suvni ochib yuborishni  iltimos 

qilib, yana islom diniga qaytishga va’da berganlar.  Sulaymon ko'l 

qirg'og'iga  kelib,  daryoni  to'sib  turgan  tabiiy  to'g'onga  qo'lini 

tiqqan.  Uning barmoqlari to'g'onni teshib o'tgan.  Natijada ko'l 

suvi teshiklar orqali  to'g'on  pastidan buloq bo'lib chiqib,  daryo 

o'zaniga  oqa  boshlagan.  Rivoyatda  aytilishicha,  Sulaymon 

barmoqlarining  yo'g'onligi  turlicha  bo'lganligi  uchun,  to'g'on 

teshiklari  ham  turli  kattalikda  bo'lib,  buloqlardan  chiqayotgan 

suvning  hajmi  ham  har xil  bo'lgan.



Sulaymon  Huasining  “¡z¡ ”,

23

Albatta,  bu  xalq  tomonidan  aytilgan  rivoyatdir.  Aslida  esa 

daryoni 

to'sgan  tabiiy to‘g‘on geologik  kuchlar ta’siri  natijasida 

vujudga kelgan.  Ushbu to‘g‘on paydo bo'lgunga qadar daryoning 

shu  joyi  tik  yonbag'irli  chuqur  dara  ko'rinishida  shakllangan. 

Ohaktosh yotqiziqlaridan hosil bo‘lgan daraning yonbag'iriaridagi 

yoriqlarga 

qor  va  yomg‘ir  suvlari  kirib,  ularni  asta-sekin 

kengayt


irgan  hamda  chuqurlashtirgan.  Natijada,  sodir  bo'lgan 

zilzilalar 

vaqtida  ohaktoshlar,  diametri  15  m  gacha  bo'lgan 

xarsangtoshlarga bo'linib,  daryo o'zaniga  qulagan  va  uni  to'sib 

qo'ygan.  Shundan  so‘ng  to‘g‘on  oldida  aholi  tomonidan  Qur- 

bonko‘l  deb  nomlangan  ko‘l  vujudga  kela  boshlagan.  Ko'lning 

suvi  ko'paygach  (bosimning ortishi  natijasida), suv pastga oqish 

uchun yo'l axtara boshlagan va xarsangtoshlar orasidan yo'l  to- 

pib,  to'g'onning pastki  qismidan buloq shaklida oqib chiqqan.

Dengiz sathidan  1725 m balandlikda joylashgan Qurbonko‘1 

o'zining  go'zal  manzarasi  bilan  mashhur.  Uni  hosil  qilgan 

to'g'onning uzunligi  I  km ga yaqin, eni esa  160 m. To'g'onning 

ko'l sathidan balandligi  20—25  m.  Qurbonko'lning uzunligi  866 

m,  eni  o'rtacha  162  m  (eng  keng joyi  255  m)  ni  tashkil  etadi. 

Hozirgi kunda Qurbonko‘1 atrofi va uning sohillari sayyohlaming 

sevimli  dam olish  maskanlaridan biriga aylangan.



SULAYMON  TIZZASINING  “IZI”,  SIRLI  G‘OR, 

SHIFOBAXSH  BULOQ,  FARZAND  ATO  ETUVCHI

TOSH

Qirg'izistonning O'sh  shahri yaqinida Taxti  Sulaymon tog'i 

bor.  Rivoyatlarga  ko'ra, bu tog'  tepasiga  Sulaymon  payg'ambar 

dafn  qilingan  ekan.  Taxti  Sulaymon  tog'ining  yonbag'irlarída 

o 'n q ir-ch o'n q ir  joylar  ko'p  uchraydi.  Din  peshvolarining 

aytishicha,  bu  o'nqir-cho'nqir  joylar  Sulaymonning  namoz 

o'qiyotganidagi tizzalarining o'mi ekan. Ilmiy jihatdan yondoshilsa 

Taxti Sulaymon tog'i, asosan, suvda oson eruvchan ohaktoshlardan 

tashkil  topgan.  Tog'  yonbag'iriaridagi  o'nqir-cho'nqiriar,  buloq 

va g* orlar ohaktoshlaiga qish va bahor fasllarida yoqqan yomg'ir va 

qor suvlarining  yoriqlarga  tushishi  va jinslami  yuvib,  asta-sekin 

kengaytirishi natijasida paydo bo'lgan. Shu bois, Taxti Sulaymon 

tog'idagi “tizza o'm i” shaklidagi o'nqir-cho'nqiriar siriga kelsak, 

ular tabiatdagi  nurash  hodisalari  natijasidir.



24

TABIAT MO'JIZALARI

M a’lumki.  g‘or!ar  bir  necha  ming,  hatto  million  yillar 

davomida yuzaga keladi.  Ulaming shakllanishida tog' jinslaridagi 

yoriqlar va ulaming suvdagi  kimyoviy elementlar ta'sirida erislii 

katta ahamiyatga ega. G ‘orlar qadimda kishilar nazarida allaqan- 

day  sirli  tilsimotlar  makoni  sifatida  aks  etgan.  Taxti  Sulaymon 

tog'i  atrofida  joylashgan  g'orlar  bilan  bog'liq  afsonalar  ham 

mavjud. Afsonalaming birida aytilishicha, 0 ‘sh shahrida katta bir 

eshon  yashagan  ekan.  U  jangda  yaralanib,  Taxti  Sulaymon 

tog'idagi  g'orlardan  biriga yashirinibdi.  Xudoning qudrati  bilan 

o'sha tog'  ichidagi g‘ordan ochilgan yo'l  orqali eshon  Makkaga 

yetib  borgan  emish.  Afsonada  tilga  olingan  ushbu  Chiltonxona 

g'orining  uzunligi  90  m.

Taxti  Sulaymon  tog'ining  yonbag'rida  kichik  buloq  bor. 

Mahalliy  aholi  bu  buloq  suvini  ko'z  og'rig'i,  bosh,  qo‘l-oyoq 

kasalliklarini  davolashda  shifobaxsh  deb  ta’riflaydi.  Aytishlari- 

cha,  buloq  suvi  tekkan  joyning  dardi  shu  zahoti  yengillashib, 

vaqt  davomida  butkul  sog'ayib  ketar ekan.  Buloq  suvining shi- 

fobaxshligini  quyidagicha  tushuntirish  mumkin:  suv  tarkibida 

odam sog'lig'i  uchun zarur bo'lgan turli  foydali  kimyoviy  mod- 

dalar bor.  Shu  foydali  moddalar  tufayli  buloq  suvi  sog'ayishga 

yordam  berib,  davolanish jarayonida  bu  suvga  e’tiqod  qo'ygan 

bemorlarga  qo'shimcha  ruhiy  madad  ham  bag'ishlaydi,  uning 

shifobaxshlik ta'sirini oshiradi.

Taxti Sulaymon tog'idagi  yana bir narsa borki — bu mashhur 

silliq  toshdir.  Mahalliy  aholining  aytishicha  qornini  bu  toshga 

uch marta surkagan befarzand ayol albatta, farzand ko'rar emish! 

Shu bois (farzandli bo'lish  maqsadida), ayollar unga  qorinlarini 

surkay berganlaridan,  tosh  yeyilib,  nihoyatda silliqlanib  ketgan.

Albatta, bu rivoyatlar va taomillar tabiatning slrli va g'aroyib 

bo'lib  tuyulgan  hodisalarini  o'zicha  izohlash  va  tushuntirish 

maqsadida kelib chiqqan.  Shu yo'sinda xalqimizning nihoyatda 

boy fantaziyasi, tabiat ajoyibotlari va “sirli” hodisalami avliyolar, 

payg'ambarlar,  g'ayri  tabiiy  kuchlar  bilan  bog'lashga  moyil 

bo'lishiga qoyil qolish  kerak.

“TAQYATOSH”  SIRI

Toshkent  atrofidagi  qishloqlardan  birida  “Taqyatosh”  zi- 

yoratgohi joylashgan.  Bu yerga Janubiy Qozog'iston va Toshkent


Toe ' cfio 'qqisidagi  “o/tin  beshik "

25

viloyatidan 

ziyoratchilar  kelib  turishadi.  Ziyoratgohni  “Taq- 

y a 

tosh”  deb  nomlanishiga  bu  yerdagi  tepaliklarning  do'ppi 

(“taqya”)  shaklidagi  tuzilishi  sabab  bo'lgan.  Agar  hududning 

gcologik 

tuzilishiga murojaat qilsak, bu yerda bo‘r davri (taxminan 

70  min  yil  awal)  qum,  qumtosh  va  ohaktoshlardan  tashkil 

topgan turli qalinlikdagi tog* jinslari  tarqalganini  ko'ramiz. Tog* 

jinslari  ko'p  yillar  davomida  nuratuvchi  omillar  (suv,  shamol, 

quyosh) 

ta’siriga bardosh berib kelgan.  “Taqyatosh” ziyoratgohi 

joylashgan  yerdan  bir  vaqtlar  tezoqar  suv  o ‘tgan  va  tabiiy 

to‘g‘onga  uchrab,  uning  uch-to‘rt joyidan  ko‘ndalangiga  yorib 

o'tib,  o'z  oqimini  davom  ettiigan.  Vaqt  o'tishi  bilan  suvning 

oqishi to'xtagan, shamol ishga tushib, bu yerdagi qum zarralarini 

uchirgan.  Shamol  uchira olmagan  qattiqroq  qumtosh  va ohak- 

toshlar  kam  yemirilgan,  ya’ni,  bo'rtgan  holda  saqlanib qolgan. 

Bu  hududga  uzoqdan  diqqat  bilan  qaralsa,  relyefi  haqiqatan 

ham  “taqya”  shaklini  eslatadi  (“taqyatosh”  nomi  shundan).



TOG*  CHO‘QQISIDAGI  “OLTIN  BESHIK”

Farg'ona vodiysining janubidagi Turkiston tog'larida dengiz 

sathidan  4807  metr balandlikka  ko'tarilgan bir cho'qqi  bor.  Bu 

cho‘qqi 


0

‘zining balandligi, abadiy qorlari bilan uzoqdan ko‘zga 

tashlanib  turadi.  Cho'qqining  balandligi  va  unga  chiqishning 

murakkabligi  bois,  mahalliy  aholi  o'rtasida  quyidagi  afsona 

tarqalgan:

“ Farg'ona vodiysidagi bir davlat shohining qancha farzandi 

tug'ilmasin,  chaqaloq  tug‘ilganidan  keyin  uni  biy  (qora  qurt) 

chaqib o'ldiravergan.  Shoh bu baloni  bartaraf qilish  yoki  uning 

oldini olishga qancha urinmasin, buning hech ilojini topa olmagan. 

Bir  kuni  vaziri  davlat  hududidagi  tog'da  hech  bir  mavjudot, 

hattoki hasharot ham chiqa olmaydigan baland cho'qqi borligini 

shohga  ma’lum  qiladi.  Buni  eshitgach,  shoh  darhol  homilador 

malikani  shu  cho'qqiga  olib  chiqishlarini  buyurgan.  Shohning 

amri  bajarilib,  ma’lum  vaqt  o'tgach  malikaning  ko'zi  yorib, 

o'g'il  farzand  ko'rgan.  Shoh  chaqaloqning  beshigini  oltindan 

yasatib,  u  katta  bo'lgunga  qadar  shu  cho'qqi  ustida  yashashni 

buyurgan.  Malika yangi tug'ilgan farzandi va bir necha kanizaklari 

bilan  cho'qqida  yashay boshlagan.  Maxsus  tayinlangan  kishilar 

ularga zarur kiyim-kechak va oziq-ovqatlami yetkazib turishgan.


26

TABIAT MO JIZALARI

Shohning farzand ko'rgani haqidagi xabar hamma yoqqa tarqa- 

lib, biyga ham  yetib borgan.  Biy cho'qqining ustiga chiqib, bolani 

chaqib o'idirish payiga tushgan.  Kunlardan bir kun ularga savatda 

uzum va boshqa mevalar olib bormoqchi bo‘lishadi.  Bundan xa­

bar  topgan  biy  hech  kimga  ko'rinmasdan  uzum  solingan  savat 

ichiga tushib oladi.  Savatni cho'qqiga olib borgach biy 

0

‘zining 



qora niyatiga yetib,  bolani chaqib oMdiradi.  OMgan bolani oltin 

beshigiga solib shu cho'qqining tepasiga qo'yishgan. Shundan keyin 

cho'qqi “oltin beshik" nomi bilan yuritilgan”, deb hikoya qilinadi 

afsonada.

Aslida  cho'qqining  “oltin  beshik”  deb  nomlanish  sababi  — 

kun  botish  vaqtida  shafaqning  oppoq  qor  bilan  qoplangan 

ohaktosh  qoyalardan  aks  etishi  tufayli,  cho'qqining  uzoqdan 

oltinga o'xshab,  yarqirab ko'rinib turishidadir.



NAQQOSH  TABIAT

Siz  sayohatga  qiziqasizmi?  Yelkangizda  sayohatchining 

ajralmas  do'sti  bo'lgan  sayyoh  ryukzagini  olib,  tog'lam i 

kezganmisiz?  Bu savolni berishimiz bejiz emas, albatta. Chunki, 

diyorimiz go'zalligi shunday sayohat damlarida namoyon bo'ladi. 

Bunday  sayohatlarda  o sm o n o 'p ar  togMarni,  qor  bosgan 

cho'qqilami,  toshdan-toshga  shiddat  bilan  urilib  oqayotgan 

daryolami, ko‘m-ko‘k vodiylami ko'rasiz, tabiatning go'zalligiga 

mahliyo  boMasiz.

Yer  yuzining  tuzilishida  ham  g'aroyib  hodisalar  ko'plab 

uchraydi. Sayohat vaqtida qo'ziqorinsimon va ustunsimon toshlar, 

tebranuvchi  qoyalar,  turli  jonivorlar  shaklini  eslatuvchi  tog' 

jismlariga  duch  kelishingiz  mumkin.  Bunday  ko‘rinishlar juda 

ko'p uchraydi.  Masalan,  Misming Giarfeh vodiysida, Saksoniya 

Shveysariyasida shamol kuchi bilan vujudga kelgan tosh darvoza 

va qo'ziqorinsimon toshlar bor. Shimoliy Amerikadagi  Kolorado 

vodiysida “XudolarbogM” deb atalgan joyda tog'jinslaridan xilma- 

xil  shakllar  paydo  bo'lgan,  bulardan  eng  g‘aroyibi  tebranuvchi 

xarsangtoshdir.  Shamollar  ta’sirida  qimirlaydigan  Tandil  toshi 

Argentinada  ham  bor.  Tog* jinslaridan  vujudga  kelgan  shakllar 

ichida  “toshga  aylangan  odamlar”  deb  nomlangan  va  odam 

gavdasiga o'xshab ketadigan toshlar ham uchrab turadi.  Sharqiy 

QozogMstondagi  Jung'ariya  Olatovining  Dam  daryosi  bo'yida


Naqqosh  labial

27

shamol ta’sirida vayronaga aylangan shahar ko'chalari, devorlari, 



minoralari,  ustun va ayvonlami eslatib turuvchi shakllar vujudga 

kelgan.  Shimoli-sharqiy Qozog‘istondagi  Kalbin tog'ida “Oyoqli 

tosh”  va  “ Baqatosh”  deb  nomlangan  xarsangtoshlar  ma’Ium.

Tabiat  tom onidan  yaratilgan  bunday  m o‘jizakor  relyef 

shakllari 

O'zbekiston hududida ham uchraydi.



“Qirqqiz”  baqida  arsons  va  haqiqat

Turkiston.va Moiguzar tog*lari tutashgan xushmanzara joyda 

Zomin tog‘-o‘rmon davlat qo'riqxonasi joylashgan. Qo‘riqxonada 

yilning barcha fasllarida, yoz-u qishda, o'zining yam-yashil libosi 

bilan  atrofdagi  hududdan  ajralib  turuvchi  archazoriar  o‘sadi. 

Go'yoki tabiat o‘zining bor go‘zalligini shu yerga in’om etganday. 

Archazoriar  orasidagi 

yolg‘iz  so‘qmoqdan  borar  ekansiz,  ko‘z 

oldingizda ajoyib manzara namoyon bo'ladi, ya’ni, xalq orasida 

“Qirqqiz  qal’asi”,  “Savat  ko'targan  kelinlar”,  “ Kuyovtosh” , 

“Qirq go‘zal” nomlari bilan ma’Ium bo‘lgan tabiat yodgorliklariga 

duch  kelasiz.  Ushbu  tabiat  yodgorliklari  vujudga  kelgan  hudud 

Guralash  va  Zomin  massivlari  (dengiz  sathidan  2000-3200  m 

balandlikda) deb atalib, Zomin va Sangzor daryolari vodiylarida 

joylashgan.  Bu  hududda  40  ming  gektar  maydonni  archazor, 

500  gektarga  yaqin  maydonni  yong'oqzor,  100  gektaiga  yaqin 

maydonni bodomzor va pistazorlar egallaydi. Asosan,  10—12 m 

li  archalar  ichida  bo'yi  15—20  m  ga  yetadigan  archalar  ham 

uchrab turadi. Archazorlarda na’matak, do‘lana, olcha, irg'ay va 

boshqa  mevali  daraxtlar o'sadi.  Yowoyi  hayvonlardan  qo‘ng‘ir 

ayiq,  qobon,  sug‘ur,  turli  qushlar  (kaklik,  bedana,  bulbul  va 

boshqalar)  yashaydi.  Ushbu  hududdan  Guralash,  Qizilto'rg'ay, 

G'aldirovut,  Qoramozor,  0 ‘rikli,  Ingichka  kabi  daryolar  oqib 

o'tadi. Qizilto‘ig‘ay daryosining o‘ng tomonida, uning o'zanidan 

300—700  m  balandlikda  joylashgan  va  tabiatning  nodir 

yodgorliklaridan  hisoblangan  “Qirqqiz  qal’asi”  (maydoni  3 -4  

gektar) bu yerda alohida o'rin egallaydi. Qal’aningjanubi-sharqida 

qiz tasviri haykal sifatida (balandligi  12 m, belining diametri  1  m, 

yerga  tegib tuigan  etagining diametri  2  m  ga  yaqin)  ko‘tarilgan. 

B.Baxritdinov va A.SaidovIaming  yozishicha,  “Qirqqiz qal’asi” 

haqida turli rivoyatlar mavjud.  Rivoyatlaming birida aytilishicha, 

qadimda shu  yerda bo'lib  o'tgan janglarda dushmanlaiga  qarshi



28

TABIAT MO'JIZALARI

erkaklar  bilan  birga  ayollar  ham  qatnashgan.  Shiddatli janglar- 

ning birida dushmanning qo'li baland kelayotganini  ko'rgan qirq 

jangchi  qiz,  dushmanga asir tushmaslik  uchun  o'rmonzor ichiga 

chekinib, jangni shu yerda davom ettirgan. Jang tobora qizib,  har 

bir qizning o‘zi bir necha dushmanga ro‘para bo'lgan. 0 ‘z vatani, 

ona yeri uchun jahd-u jadal birla jangga kirgan qizlar dushmanni 

dovdiratib  qo‘yishgan.  Ular  zarbasiga  bardosh  bera  olmagan 

dushman yengilib, qal’adan chekingan.  Mard qizlarjangda guia­

ba qilgan joy Qizilto'risoy deb nom oigan.  Mahalliy qariyalaming 

hikoya qilishicha, keyinchalik, bu qal’a toshga aylangan emish.

Tarixdan ma’lumki, har bir rivoyat va afsona tagida oz bolsa­

da haqiqat yotadi, unda asi voqeaning birbo'lagini topish mumkin. 

Rivoyatda  keltirílishicha,  aholi  qizlami  palaxmon,  qarsildoqlar 

bilan  ta’minlab  turgan.  Shu  atrofda  Palaxmon  qishlog'ining 

o'rnidagi ko‘hna xarobalar hozir ham saqlanib qolgan. Aholi esa 

qadimgi  qishloq  joylashgan  havzani  hozirgacha  Palaxmonsoy 

havzasi  deb  ataydi.

Yana birafsonaga ko‘ra, bu yerda “qadim zamonda qudratli, 

kuchlilikda tengi yo‘q, mag'rur bir shoh hukmronlik qilgan ekan. 

U  sevikli  malikasi  uchun  tog‘lar  orasidagi  eng  go'zal  joyda 

hashamatli  qasr  qurdirgan  va  dam  olish  uchun  o'zi  ham  bu 

yeiga  tez-tez  kelib  turgan.  Kunlardan  bir  kun  ko'ngilsiz  voqea 

yuz  beradi.  Shohning  bu  yerga  kelib  turíshidan  voqif bo'lgan 

dushman  qo‘shini  qasmi  qurshab  oladi.  Shoh  yonida  kelgan 

soqchilarí, malika va qirq kanizak bilan o'zidan bir necha barobar 

katta  bo'lgan  dushman  lashkari  bilan  mardonavor jang  qiladi. 

Lekin,  kuchlar  teng  emasdi.  O'shanda  dushmanga  bas  kela 

olmasligini  tushungan  shoh  va  malika  “ Ey  parvardigor, 

mag'lubiyat  alamini  torttirgandan  ko'ra,  bizni  yaxshisi  toshga 

aylantir” deb xudoga iltijo qiladilar.  Ulaming iltijosi ijobat bo'lib, 

hammasi toshga aylanadi”.

Albatta,  tabiat  yodgorligining go'zalligi,  uning sirliligi  xalq 

fantaziyasini yanada jo'sh urdirib,  chiroyli va go'zal afsonaning 

kelib chiqishiga asos bo'lgan.

Vatanimiz sarhadlarida turli davrlarda dushmanlar bilan jang 

qilib,  o'z  yurtini  himoya  qilgan  jangchilar  qatorida  jangchi 

qizlaming  bo'Iishi  tarixdan  ma’lum.  Ulaming  qahramonligi 

to'g'risida hikoya qiluvchi bunday afsona va rivoyatlaming kelib 

chiqishini inkor etmagan holda, bu yodgoriikning kelib chiqishiga



Naqqosh  tabiat

29

ilmiy  jihatdan  nazar  tashlab  ko‘raylik.  Ushbu  yodgorlik  Yer 



tarixining paleogen davri oxirí va neogen davrida tashkil topgan 

va  nurash  jarayonlariga  chidam li  b o ‘lgan  (to g‘  jinslari) 

konglomeratlardan  hosil  bo'lgan.  Keyinchalik  bu  tog‘  jinslari 

yumshoq tog‘ jinslari bilan qoplangan. To'rtlamchi davrda sodir 

bo'lgan yangi tektonik harakatlar ta’sirida ular joylashgan hudud 

ko'tarilgan,  oqibatda  nurash  va  turli  denudatsion  jarayonlar 

natijasida  yumshoq  tog‘  jinslari  yemirilib,  ularning  ostidagi 

ycmirilishga chidamli boMgan tog' jinslari ochilib qolgan  hamda 

ularda qadimiy qal’aga o'xshash  relyef shakllari  vujudga kelgan. 

Ushbu  qal’a  ko'rinishidagi  relyef shakli  xalq  orasida  “Qirqqiz 

qal’asi”  nomini  oigan.


Download 405.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling