Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent
YER OSTI QASRLARI (G‘ORLAR)
Download 405.96 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- TABIAT MO JIZALA*, Yer osti qasríari (goriar)
- Yer osti qasrlari (gorlar)
- -Ko‘r" g orlar
- G‘ORLARNlNG HOSIL BO‘LISHI VA GURUHLARI
YER OSTI QASRLARI (G‘ORLAR) Tabiat ko'rinishlari o'zining xilma-xilligi bilan odamni hayratda qoldiradi. Sayyoramizda baland tog‘lar, uzoq masofaga yastanib ketgan tekisliklar, tubi degiz sathidan ancha past bo'lgan chuqur botiqlar, okeanlarda esa nihoyatda chuqur, kishi tushib bo‘lmaydigan cho'kmalar, suvosti tog‘ tizmalari va boshqa relyef 3 8 __________________________________
Yer osti qasríari (g'oriar) 39
borligi ma’Ium. Ular ichida o'zining ajoyibotlari bilan inson e’tiborini jalb etuvchi inshootlar — yer osti bo'shliqlari va ulardagi ajoyib tabiiy yer osti q asrlaridir. Bu yer osti inshootlaming inson kira oladiganlariga g'oriar deyiladi. Ko‘p hududlarda kirib bo'lm aydigan g'o riar ham bor. Bularni g'orshunos olimlar “ko'r g'or’Mar deb atashadi. Umuman olganda g'oriar, yeming eng ustki qatlamidagi bo'shliq demakdir. Lekin, bo'shliqdan bo'shliqning farqi bor. Masalan, qazilma boyliklar kavlab olinishi, hayvonlaming qazishi va boshqa sabablaiga ko'ra ham yer ostida bo'shliqlar hosil bo'lishi mumkin. Bu o'rinda biz tabiat yaratuvchaníigi bilan hosil bo'ladigan, g'oriar deb ataluvchi yer osti bo'shliqlarí haqida so'z yuritamiz. G 'oriar sirliligi va mo'jizalarga boyligi bilan qadim za- monlardan kishilami o'ziga maftun etib kelgan. Biroq o'tmishda g'orlaming o'ziga xos tabiati, ular ichidagi qorong'ulik, zulmat va sukunat kishilami cho'chitgan. Shuning uchun bolsa kerak, tabiatning yer qa’rida hosil bo'lgan bu mo'jizasi haqida ko'pdan ko'p afsona va rivoyatlar to'qilgan. Ularda hikoya qilinishicha, g'orlarda afsonaviy qahram onlar yoki tarki dunyo qilgan darveshlar, dcvlar, yirtqich va bahaybat hayvonlar yashagan, dur-u javohirlar yashirilgan. Ayrim badiiy asarlarda esa g'oriar ta’qibdan qochganlarga, qaroqchi va yo'lto'sarlarga o'z boylik va qurol-aslahalarini yashirish uchun maxfiy joy bo'lib xizmat qilganligi to'g'risida bayon etiladi. Ayniqsa, yunon mifologiyasida g'oriarga katta e’tiborberílgan. Afsonalarda aytilishicha, vafot etganlaming jonlari yer qa’ridan katta va chuqur g'oriarga tushar ekan. Bu yerda yer osti dunyosi- ning xudosi Aida podshohligining, ya’ni, “arvohíarsharpasi”ning hukmroni yashagan. Shu bilan biiga yunonlar o'zlarining asosiy xudosi Zevsni ham O'rta dengizdagi Krit orolida tug'ilgan degan afsonani yaratganlar. G 'orlardagi tovush effekti ham tabiatning o'ziga xos mo'jizalaridan biridir. Aslida bu hodisaning siri nimada? Mutaxassis olimlaming ta’kidlashicha, g'orlaming o'ziga xos akustikasi sababli, bu yerda oqayotgan yer osti suvlarning jildirashi ham yer qa’ridan chiqayotgan inson tovushi eflektini beradi. Shuning uchun ham qadimda ba’zi xalqlarda g'orlarda yashayotgan turli g'ayri-tabiiy jonzotlar to'g'risida afsonalar
40 TAB!AT MO'JIZALARl tarqalgan. Masalan, yevropaliklar afsonalarida g'orlarda yashagan afsonaviy jonzotlar — metallami eritib, qayta ishlaydigan gnomlar (mitti odam!ar)ga ko‘p o ‘rin berilgan. Sibirdagi buryatlar g'omi qo'rqinchli xudo — “tog'lar xo‘jayini” yashaydigan joy deb hisoblaganlar va uni qahridan tushirish uchun g'orlar atrofida' diniy marosimlar o'tkazganlar. Baykal ko‘li atrofida joylashgan Baydin g'orida ruh bo'lganligi uchun, undan chiqayotgan suv turli dardlami davolash xususiyatiga ega deyishadi. Ruhni xursand qilish maqsadida suvga kumush tangalar tashlashadi. Xitoyfikfarda g'orlar haqida afkina va rivoyat juda ko‘p. Ulardan birida aytilishicha, “Yunnan tog'larida (Yuan-Szyanchen shahriga] yaqin joyda) Katta Ajdarho g‘ori joylashgan bo'lib, uning ichij juda qorong'i va zax emish. G'oming devoriga zanglab ketgan qilich sanchilgan ekan. Mahalliy aholining tasawurida bu g'orda qadimda ajdarholar podshosi yashagan. Agar ajdarho g'ordan chiqsa barcha ekinzorlardan olinadigan hosilni yo‘q qilib yuboradigan suv toshqini sodir bo'lar ekan. Danay nomli bir cho'pon ajdarhoni o'ldirish uchun temirchidan sehrli qilich yasab berishni iltimos qilgan. Temirchi uning iltimosini bajargach, Danay sehrli qilich bilan qurollanib ajdarhoni jangga chaqiribdi. Ular o'rtasida dahshatli jang boshlanibdi. Oxir-oqibat Danay ajdarhoni yen- gib, boshini tanasidan judo qilibdi. Lekin, Danay g'ordan chi- qayotganida uning yo'lini to'sib turgan katta xarsangtoshga duch kelibdi. 0 ‘shanda u toshni yo'lidan olib tashlash uchun qilichi- ni bor kuchi bilan xarsangtoshga sanchibdi. Lekin, xarsangtosh o‘z joyidan siljimabdi. Oqibatda g'ordan chiqa olmagan Danay, shu yerda qolib, halok bo'libdi. Aytishlaricha, bu xarsangtosh ajdarhoning toshga aylangan xotini boMib, shunday tarzda Danaydan erining o'chini olgan ekan. Har yili hosil yig'ib olingach, mahalliy dehqonlar g‘or oldida Danayga o ‘z min- natdorchiligini bildirib, uning sharafiga xalq sayilini o'tkazib keladilar. 0 ‘rta Osiyodagi ba’zi bir g'orlar to'g'risida ham ajoyib va g'aroyib afsonalar saqlangan. Zarafshon tog' tizmasi tarkibiga kirgan Qoratepa tog'ida (Qashqadaryo viloyatida) “Amir Temur” nomini olgan g'or bor. Mahalliy aholi orasida bu g'or haqida tarqalgan afsonada aytilishicha, “Amir Temur shiddatli jang- lardan birida mushkul ahvolga tushib qolgan. O'z sarbozlari bi lan ushbu g'or atrofiga chekinib, ketidan bostirib kelayotgan Yer osti qasrlari (g'orlar) 41 ko‘p sonli dushman qo'shinlaridan yashirish to ‘g‘risida xudoga iltijo qilgan emish. Shunda tog* yorilib, g‘or og‘zi ochilibdi va Amir Temur sarbozlari bilan unga kirib, g‘or ichidan yo‘l topib, S am a rq an d d ag i Shohi Zinda m aq b arasi yonidan chiqqan ekan. G'orning bir og‘zi Amir Temur tug'ilgan Tarag'ay qishlog'ida bo'Isa, ikkinchisi Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasi ichida emish”. O lim lar to m o n id an ushbu g ‘o r tek sh irilg an d a, uning atrofidagi tog1 jinslari silur davrining ohaktoshlaridan iborat ckanligi va ohaktoshlardagi yoriqlar orqali suv kirib erishi na- tijasida g‘or vujudga kelganligi aniqlangan. Yana bir rivoyatda hikoya qilinishicha, “ Marv (hozir Turkmanistondagi Mari shahridan 30 km sharqda) shahrini poytaxt qilib olgan saljuqiylar davlati hukmdori Sulton Sanjar Moziy Xorazm shohining qizi To'rabekxonimga oshiq boMib, unga sovchi qo‘ygan ekan. Xorazm shohi sovchilarga rad javobini bergach, g'azablangan Sulton Sanjar lashkar tortib, Xorazmni suv bilan ta’minlaydigan Amudaryoni to‘sib qo‘yibdi. Natijada daryo boshqa tomonga oqa boshlabdi. Bu holatni ko'rgan Xorazm shohi Sulton Sanjardan daryoni ochib berish evaziga, unga qizini berishga rozi bo'libdi. Daryoni ochish marosimi katta tantanaga aylanibdi. Maqsadiga yetgach, taltayib ketgan Sulton Sanjar, mali- ka To'rabekxonim va boshqalar to'g'on tepasiga kelishibdi. Suv yo'li ochilishi bilanoq, To'rabekxonim bir uchqur otga minib, ko'zdan g'oyib bo'libdi. Malikaning ketidan quvib ketgan eng mohir chavandozlar ham To'rabekxonimga yeta olishmabdi. Aldanib, sharmanda bo'lgan Sulton Sanjar odamlar yuziga qarashdan uyalib, yurtiga qaytish uchun yer osti yoMini ochib berishni xudoga yolvoribdi. Buni qarangki, xudoning qudrati bilan yer yorilib, Sulton Sanjarni o ‘z bag'riga olibdi. Xorazm viloyatidagi Pitnak shahrining janubi-sharqida haqiqatan ham mavjud bo'lgan Sulton Sanjar g‘ori shu tariqa hosil bo'lgan emish”. Janubiy QirgMzistondagi Olay vodiysining shimoliy qismida Qorakovak degan joy yaqinida birg'orbor. Xalq orasida bu g‘or “Zindon” deb nom olgan. Aytishlaricha, o ‘tmishda Olayning zolim hokimi o‘ziga bo'ysunmagan va yoqmagan odamlami qo‘l -eyog'ini bog*lab shu g'orga tashlagan. Unga tashlangan odam g'oming dahshatli manzarasidan aqldan ozib, o'lgan.
42 TABÍAT MO'JlZALARl Pomir tog'Iaridagi Rangko‘1 ko'li atrofida bir qancha g'orlar joylashgan. Shu yerdagi Motatosh g'ori haqida 1898-yilda Toshkentda chop qilingan “Turkestanskiye vedomosti” gazetasi (92-soni)da qiziqarti maqola e’lon qilingan. Maqolada Motatosh g‘orida katta xazina borligi to‘g‘risidagi mish-mishlar haqida ftkr yuritilgan. Unda hikoya qilinishicha “cho'ponlarg'orga kirish uchun qancha urinmasin, buning uddasidan hech chiqa olishmagan. Bora-bora xalq orasida bu g‘or jinlar makoni, ular shu yerda yashirilgan bebaho xazinani qo'riqlaydi degan so'zlar tarqalgan”. Maqola davom ettirilib, unda “ 150 yil muqaddam bir boy qirg'iz ham g‘orga kirmoqchi bo'ladi. Lekin, u g‘orga kirishi bilanoq g‘ordan qo'rqinchli ovozlar chiqa boshlabdi. Boy bu ovozlardan qo'rqib pastga yiqilib tushib, o'lgan. Bu voqeadan biroz vaqt 0‘tgach yana bir kishi g'orga kirib, o‘z kuchini sinamoqchi bo'lgan. U qoyalarga tirmashib, g‘or tomon chiqa boshlagan. G'orga kirib, yarim yo'lni o'tgach, uning ko'ziga sandiqlar va turli xil narsalar va buyumlar ko'rinibdi. Buyumlar orasida esa daxshatli bir qora jin o‘tirgan emish. U odam jinni ko‘rib, qo'rqqanidan shosha- pisha g'ordan chiqib qochibdi va baland qoyadan yiqilib, qovurg'alarini sindiribdi. Shundan keyin hech kim g'ordagi boyliklami qo‘lga kirítishga ju r’at qilmabdi. Cho'ponlarning aytishicha, g'orda juda ko‘p mol-dunyo borligini, ular ba'zida qoyadan to'satdan tushgan qimmatbaho buyumlardan bilishgan. Bir marta ular ustiga g’ordan zarrín chopon va kumush chelakcha kelib tushgan”. Maqolada hikoya qilingan bu g‘or hozir Katta Rangko‘l g'ori deb ataladi. 20-asr boshiarída g‘omi tekshirishga urínishlar bo'lgan. 0 ‘tgan asming o'rtalarida bu baland g‘oi^a birguruh alpinistlar chiqishga muvafTaq bo‘lishgan. Ular g'orga kirganida bu yerda burgutlar uyasini topganlar. Burgutlarg'omi o‘ziga makon qilib, ko'p yillar shu yerda yashaganlar. Masala oydinlashib, g‘or joylashgan qoya ostiga tushib turadigan zar choponlar, kumush buyumlar va qimmatbaho narsalar qayerdan kelganligi ravshan bo‘ldi. Chunki, burgutlarda inlariga turli-tuman buyumlarni tashish odati bor. G 'orlar qadimda ajdodlarimizning dastlabki makonlaridan birí ekanligi ko'pchilik kitobxonlarga ma’lum, albatta. Ibtidoiy davrdagi odamlar uy qurishni bilmaganlar. Shu sababli g'orlarda yashaganlar. Ulardan sovuq va yomg'ir, yirtqich hayvonlar, v*r osti gasrlari (g'oriar) 43 dushman qabilalaridan saqlanish uchun ishonchli boshpana sifatida foydalanishgan. Umuman,
insoniyat tarixida g'oriar muhim o'rin tutadi. Shunga
ko'ra insoniyat madaniyali ilk bor g'orlarda shakllangan desak,
mubolag'a bo'lmaydi. Dastlabki davrlarda inson o'z manzilgohlarini g'orlarda barpo etgan. Qadimgi ibtidoiy haykaltaroshlik namunalari va ajdodlarimiz tomonidan g'oriar devorlariga chizilgan turli rasmlarbuningdalilidir. Davrlar o'tishi bilan sirli tuyulgan g'orlarga har xil in’omlar, hatto qurbonliklar keltirishgan. Ko'p yerlarda, shu jum ladan, O 'rta Osiyo va 0 ‘zbekistonda ba’zi g'oriar muqaddaslashtirilgan. Yer kurrasida g'oriar juda keng tarqalgan. Ba’zi mam- lakatlardagi uzunligi bir necha o'n va yuz kilometrdan ziyod g orlar topib o'rganilgan. Masalan, AQSHda umumiy uzunligi 560 km dan ziyod Mamont g'ori, G'arbiy Ukrainadagi 218 km li Optimik g'ori, G'arbiy Gruziyada chuqurligi 1823 m li Kruber g'ori, Fransiyada chuqurligi 2733 m li Guflr-Mirolda-Lusyen Buklis g'orlari va boshqalar mavjud. Uzun va chuqur g'oriar O 'rta Osiyo, shu jum ladan, O 'zbekistonda ham topilgan. Shulardan uzunligi 46100 m dan ziyod boigan Qopqo‘ton g’ori majmuasiga kiruvchi g'oriar, chuqurligi 1000 m dan ziyod bo'lgan Kiyev g'ori va boshqalami misol qilish mumkin. Tuzilishining go'zalligi bilan e ’tibor qozongan yer osti qasrlaridan biri Farg'ona vodiysidagi Katta Barit g'oridir. G 'o r unchalik katta bo'lmasa-da (uzunligi 60 m ga yaqin), uning devorlarida chiroq nurlarida yarqirovchi barit va kalsit minerallari chiroyli manzara kashf etadi. O'zining go'zalligi, g'aroyibligi bilan kishini maflun etuvchi g'oriar Yer yuzida juda ko'p. Shujihatlari bois ulami tomosha qilish uchun har yili minglab sayyohlar keladi. Hozirgi kunda sayyohlar kelib tanishishi mumkin bo'lgan g'orlarning soni 200 ga yaqin. Ulardan eng mashhurlari: Ukrainadagi Kiyevo-Pechorskaya lavra (I yilda 1 mln 800 ming kishi), Xitoydagi Gulin Rid Fluyt (930 ming kishi), Slo- veniyadagi Postoynskaya Yama (800 ming kishidan ziyod), Polshadagi Velichka (700 ming kishi) g'orlari va boshqalar. G'orlarning hosil bo'lishi juda murakkab geologik jarayondir. Bu jarayon bilan karstshunoslik asosida vujudga kelgan speleologiya (yunoncha spelaion-g'or va ...logiya—fan) ya’ni, g'orshunoslik fani shug'ullanadi. Bu fan g'orlarning hosil bo'lishi, tuzilishi, tarqalishi, iqlimi, o'simlik va hayvonot dunyosi, ular ichida vujudga kelgan turli hosilalar, umuman yer osti landshaftlarini o'rganadi. 0 ‘rta Osiyo karstshunos va g‘orshunoslari tomonidan 1800 dan ziyod g‘orlar topib o'rganilgan. Shulardan 800 dan ortig'i mamlakatimiz hududida joylashgan va ulaming katta qismi tabiat yodgorliklari qatoriga kiritilgan. “KO*R” G‘ORLAR Tabiatda yer yuzasi bilan biron yo'lak orqali bog'lanmagan, ichiga kirib bo‘lmaydigan “ko‘r” g‘orlar mavjudligini yuqoridaj aytib o‘tgan edik. Ular ham, suvda eruvchan tog' jinslarida hosil bo'lgan yer osti yoriqlaridan yuzaga keladi. Bunday tog' jinslari tarqalgan hududlarda turli qazilma boyliklar qazib olishda, gidrotexnik inshootlar (sun’iy to ‘g‘onlar) barpo etilishida, avtomobil va ternir yo'llar, tunnellar o'tkazish, yoki burg'i: quduqlarini qazish vaqtida ana shunday “ko'r” g'orlarga duchj kelinadi. “ K o'r” g'orlar juda katta xavf tug'dirishi mumkin. Masalan, Italiyadagi Monte-Orso tog'i orqali Rim—Neapol temir yo'lini qurish uchun tunnel o'tkazishda uzunligi 70 m, balandligi 12 m li “k o 'r” g'orga duch kelinib, tem ir yo'l yo'nalishini o'zgartirishga majburbo'lishgan. Italiyaning Antrev va Fransiyaning Shamoni-Monblan shaharlari o'rtasida avtomobil yo'li qurish uchun Alp tog'larining Monblan cho'qqisi ostidan uzunligi 11,6 km li tunnelni o'tkazish mo'ljallangan edi. Italiya tomonidan endigina 370 m masofada tunnel qazilganida yer ostidan 300 1/sek tezlikda suv chiqa boshlagan. Ishlar davom ettirilib, yana 130 m qazilgach, tunnel ichida o'pirilish ro'y bergandan keyin qurilish ishlari to'xtatilgan. Suv inshootlari qurilishida ham “ko'r” g'orlar bilan bog'liq ko'ngilsiz voqealar sodir bo'lib turadi. Jumladan, Ispaniyada, balandligi 72 m keladigan M onte Xake to 'g 'o n i qurilib, suvombor hosil qilingan. Biroq, unda suvni hech yig'a olishmagan. Chunki, suvomboming zamini ohaktoshlardan iborat bo'lib, suv ohaktoshlardagi bo'shliqlaiga va yoriqlarga singib ketavergan. Bunday to'g'onlaming bora-bora o'z og'irligi ta’sirida cho'kishl fanga ma’lum. Chirchiq daryosining yuqori oqimidagi Xo'jakent daryosida Chorvoq to'g'oni barpo etilgan. Bu yer ohaktoshlardan tuzilgan
-Ko‘r" g 'orlar 45 b o 'I ib, olib borilgan tekshiruv natijalari daryo yonbag* irla rida katta-katta yer osti bo'shliqlari borligi aniqlangan. Ushbu bo'shliqlar yumshoq, tez yuvilib ketadigan qum, gil bilan to‘lib qolgan ekan. Darvoqe, bunday bo‘shliqlar, barpo etilgan to‘g‘on uchun katta xavf tug'dirishi turgan gap edi. Bu bo'shliqlar mukammal o'rganilib, qurilgan to‘g‘onga zarar yetkazmasligi uchun tegishli muhandislik choralari ko‘rilgan. Ba’zan, “ko‘r” g'orlarning tepa qismi o‘pirilishi tufayli, hangomali voqealar ham sodir bo'ladi. Shulardan biri Rossiyaning Perm o'lkasidagi Chusovoy shahri militsiya bo'limida ro‘y beigandi. "... Kechqurun uch-to‘rtta mast kishini tergovchining xonasiga qamab qo'yishgan. Ertalab kayfi tarqalgach, ular navbatchi militsioner oldida bundan buyon bu la’nati ichimlikni og‘ziga olmasligi to‘g‘risida qasam ichishdi. Ulaming aytishlaricha, yer qa’ridan allaqanday dahshatli, gulduragan ovozlar eshitilgan ernish... Bu iblis bo‘Isa kerak deyishadi ular vahimaga tushib, u bizning gunohkor jonlarimizni olib, jahannamga ravona qilmoq- chi”. Bir vaqt qo'shni maktab qorovuli ham navbatchi militsioner oldiga kelib, yer ostida allanim alar gulduraganligini aniq cshitganligini aytdi. Ammo, bu gaplarga hech kim ishonmadi. Oradan kunlar o'tdi. Ba’zida tergovchining o'ziga ham nimadir yer qa’rida gulduragandek eshitilar, xuddi bo'sh bochkani dumalatib yuborgandek tuyulardi. Bayram arafasida militsiya boiimining hamma xonalari muhrlandi. Binoda faqat navbatchi militsioner qoldi. Tunggi soat 3 larda militsiya bo'limi boshlig'ining uyidagi tclefon birdan jiringlab qoldi: - Militsiya bo'limining navbatchisi axborot beradi. Militsiya bo'limi binosining bir qismi cho‘kib ketdi... - Qani go'shakka pufla-chi, hazilllashdi boshliq. Lekin, navbatchi chindan ham shunday voqea sodir bo‘lganligini kuyib- pishib uqtirardi. Rahbar militsiya bo’limiga yetib keldi-yu, ko'zlariga ishonmay, angrayib qoldi. Ertasi kuni bu yerga chaqirilgan geologlar bino zaminida ohaktosh qatlamlarining darzlarida yer osti bo‘shlig‘i vujudga kelganligi, bu bo'shliqning shipi militsiya bolim i binosining og’irligini ko'tarolmay bino bilan birga qulab tushganligini tushuntirib berdilar. Qamab qo‘yi|gan tartibbuzarlar, shuningdek, maktab qorovuliga ana shu yer osti bo‘shlig‘ining devor va shiplardan xarsangtoshlaming qulashi tufayli “sirli” ovozlar eshitilgan ekan. 46 TABIAT MO'JIZALAR Ikkinchi hangomali voqea Rossiyaning Kishert shahr chekkasida ro‘y berdi. Uy bekasi hovlining etagida joylashgar hammomini isitib yuvinadi-da, uyiga qaytib, qizini yuvinishgi yuboradi. Ammo, bir lahzadan so'ng qizcha halloslagancha uygj kirib kelib, onasiga hammom joyida yo'qligini aytadi. Awaligj onasi: b
haziJingni qo'y” debqizining gapiga ishonmaydi Keyin hovliga chiqib qarasa, ne ko'z bilan ko'rsinki, haqiqatar ham hammom joyidan yo'qolib, uning o'mida ko'l paydo bo'libdi “ Bo'ri qulog'i ovda" deganlaridek bir zumda tumonat odan yig‘ilibdi. Kimdir koMning chuqurligini o'lchab ko'rishni takli qilibdi. Narvonni chuqurga tiqib ko'rishibdi, lekin. uning tubigj yetisholmabdi. íkkita narvonni bir-biriga bog'lab ham tíqil ko'rishibdi, barí bir chuquming tagiga yetisholmabdi. Shundi bu yerga yig‘ilganlar cho‘kkan joyning chuqurligi yeming qo< markazigacha yetib borsa kerak, degan fikrga kelishibdi. “ Ko‘r” g'orlar 0 ‘rta Osiyoning ba’zi hududlarida ma'danla qazib olish davrida topilgan. Bular qatorida Janubiy Farg‘on¡ tog'laridagi Haydarkon va Qadamjoy konlari ham bor. Karstshuna olim Z. Sultonovning ma’lumotiga ko'ra, bu konlarda morfologil tuzilishi har xil (qopchiqsimon, quvursimon va boshqa shaklda bo'lgan 50 dan ortiq “ko‘r” g‘or aniqlangan. Bu g'orlar katta kichikligi bo'yicha ham turlicha: diametri 3 m dan 100 m vi undan
ziyod, balandligi 26— 60 m ¡arorasida. Ushbu
g'orhrn¡n¡ ichida turli va ajoyib ko'rinishdagi har xil hosila (stalaktit stalagmit, stalagnat) lar uchraydi. Shu bois ulami geología “ Uzumli”, “Sharli”, “ Dada” va boshqa nomlar bilan atashgan Haqiqatan ham g'or ichidagi hosilalar xuddi tok ishkomida osilil turgan uzum boshlarini yoki soqqalami eslatadi. Konlarda “ko'r g‘orlam¡ng mavjudligi tog‘ ishlarini olib borishni qiyinlashliradi Chunki, ular burg'ilash paytida qo'llaniladigan suyuqliklam “yutib” yuboradi hamda ichiga burg‘ilash asboblari tushib ketadi
G 'orlar kelib chiqishi jihatidan ikki guruhga: tabiiy va sun'i; g‘orlarga bo‘linadi. Tabiiy g‘orlar tog‘ jinslariga tabiiy jarayonla (suv, shamol, olov, yemirilish, o'pirílish va boshqalar) ta’si etishi natijasida yer ostida hosil bo‘ladi. Bular ichida eruvchi toj
jinslari (ohaktosh, dolom it, gips,
turli tuzlar) ga tabiiy suvlarning (yer osti va yer usti) ta’siri natijasida hosil bo'lgan g‘orlar keng tarqalgan va ular fanda karst g‘orlari deb ataladi. Boshqa tog‘ jinslarida (kvarsit, bazalt, konglomerat, gil, soz tuproq va boshqalar) hosil bo'lgan g'orlar “psevdo" yoki “soxta” g'orlar deb yuritiladi. Bu ikki xil g'orlar u m um iy ko'rinishí jihatidan bir-biriga juda o'xshash bo'lsa-da, hosil bo'lish jarayoni jihatidan farq qiladi. Bundan tashqari, karst g‘orlari “soxta” g'orlarga qaraganda uzun va chuqur bo‘ladi. G 'o rla rn in g ichida turli kattalikdagi zallar, kishi zo'rg'a kira oladigan yo'laklar, odamni hayratga soluvchi hosilalar, daryolar, sharsharalar, ko'llar uchraydi. Ular bir necha qavatli ham bo'lishi m um kin. G'orlarning tuzilishi, hajmi, qavatligi, asosan, ular joy- lashgan hududlardagi tektonik harakatlaming turiga bog'liq. Agar g'orlar hosil bo'layotgan hududda uzoq vaqt tektonik ko'tarilish- lar sust bo'lsa yoki pasaya borsa, g'orlarda ko'ndalang yo'nalish- dagi
zallar va yo'laklar hosil bo'ladi. Mazkur hududda tektonik harakatlar faóllashib, hudud ko'tarilsa, u holda g'orni hosil qilayotgan yer osti suvlari tog' jinslari ni past tomonga qarab erita boshlaydi va yemiradi. Natijada, quduqlarga o'xshash tik yo'nalishdagi g'orlar hosil bo'ladi. Tabiiy g'orlarning tuzilishi xilma-xildir. Ulaming ayrimlarini kirish qismi juda tor, ichi esa keng bo'ladi Ba’zilarining kirish qismi quduqlarga o'xshab, pastga tushib boradi. M a’lum chuqurlikda ular o'z yo'nalishini o'zgartirib, gorizontal tuzilishga ega bo'lgan zallar va yo'laklar hosil qiladi. Xullas, tabiiy g'orlar o'zlarining tuzilishi bilan sun’iy g'orlardan ajralib turadi. Sun’iy g'orlar inson faoliyati natijasida bunyod etiladi. Ular, asosan, yer qa’ridan foydaii qazilmalar zaxiralarini aniqlash va ularni qazib olish yoki turli gidrotexnik inshootlar barpo etish maqsadida tog' jinsíarining xususiyatlarini tekshirish ishlarini olib borish uchun qaziladi va shtolnya deb yuritiladi. Sun’iy g'orlarning uzunligi va diametri unchalik katta bo'lmaydi. Inson qo'li bilan yaratilgan g'or-qal’alari va ulardagi uylar Xitoyda soz tuproqlarda hosil bo'lgan tepalaming tik yonbag'irlarida uchraydi. Ulaming devoriari ohak bilan suvalgan. Shu sababdan bu uylar o'z mustahkamligini 100 yillar davomida saqlab kelgan. Ispaniyadagi Gaudiksa shahri yaqinida hozir ham lo'lilar
________________________ 47
48 TARIAT MO JIZALARl yashaydigan katta g'or-qishloq mavjud bo'lib, aholisi 10 mingdan ziyod. 0 ‘ziga xos bu yer osti qishlog‘ida do‘konlar, mayxonalar, maktablar, hatto ibodatxona ham bor. Download 405.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling