Toponimika va geografik terminshunoslik
Anatomik xalq (mahalliy) geografik terminlaridan namunalar
Download 371.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-TOPONIMIKA VA GEOGRAFIK TERMINSHUNOSLIK
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toponimik terminlar
Anatomik xalq (mahalliy) geografik terminlaridan namunalar
Toponimik terminlar Joy nomlari (toponimlar) tarkibida qatnashib, ular ifodalagan obyektni bildiruvchi so'zlar (turdosh otlar) toponimik termihlar (topoterminlar) deb yuritiladi. Ayrim ilmiy adabiyotlarda toponimik aniqlagich (TA), indikator deb ham ataladi. Atoqli geograf terminshunos E.M.Murzayev aytganidek, turdosh otlar toponimlarning asosini tashkil etadi va tabiiy geografik obyektlarning turini ifodalaydi. Xalq geografik terminshunosligini atroflicha bilish joy nomlarini o'rganishni osonlashtiradi. Hech bir xalq tilida mahalliy terminlar ishtirok etmagan toponimlar bo'lmasa kerak. Aksariyat joy nomlari asosida oddiy geografik terminlar yotadi, shuning uchun E.M.Murzayev: “Har qanday toponimik tadqiqot geografik terminlarni o'rganishdan boshlanishi kerak” deb to'g'ri ta'kidlab o'tgan. Toponimik terminlar barcha tillarda takrorlanadi. Bu haqida H.Hasanov quyidagicha yozadi: “...Bordi - yu o'ntacha asosiy tilni biladigan kishi kartadagi nomlarni shu tillarga tarjima qilib o'qisa, aksari shahar, tog', daryo va ko'llarning nomlari deyarli bir ma'noda ekanini ko'rib hafsalasi pir bo'lar edi”. Reka, missi, rio, river, shott, xe, yoyiq so'zlari - daryo demakdir. Jayhun, ob, ganga so'zlari ham suv, daryo ma'nosida. Ko’h, jabal, shan (min), maunt, berg (gebirge), montana, kordilyera, syerra, monte - tog' demakdir. Obod, kent qo'shilgan nomlarning ma'nodoshlari - pur, grad, kin, taun, vil, pol, burg, shtadt qo'shilgan toponimlardir. Toponimik terminlarni o'zi ifodalayotgan obyektlarga qarab quyidagicha guruhlashtirish mumkin. Download 371.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling